Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Byuti

- Vitrum Byuti qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Byutining tarkibi
- Vitrum Byuti ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Byuti narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Byuti qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM®  BYUTI

VITRUM BEATY

Preparatning savdo nomi:  VITRUM® BYUTI

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi:

Faol ta‘sir etuvchi moddalar:

Betakaroten1                                                            1700                XB2

Alfa tokoferol asetati (Ye vitamini)              10                    XB3

Kolekalsiferol6 (D3 vitamini)                         67                    XB4

Askorbin kislotasi (S vitamini)                      40                    mg

Folat kislotasi                                                     133                  mkg

Tiamin monogidrati (V1 vitamini)                    2                      mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                    2                      mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)          5                      mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                          4                      mkg

Nikotinamid                                                                      10                    mg

Biotin                                                                      133                  mkg

Pantoten kislotasiga qayta  hisoblangan

kalsiy pantotenati                                              10                    mg

Rutozid5                                                                   10                    mg

Inozit                                                                      20                    mg

Xolin tartrati                                                       50                    mg

Bioflavonoidlar                                                   20                    mg

Betain gidroxloridi                                             10                    mg

para-Aminobenzoy kislotasi                               10                    mg

Sistein                                                                   3,3                   mg

Metionin                                                                3,3                   mg

Papain                                                                     3,3                   mg

Kalsiy (kalsiy gidrofosfati)                        200                  mg

Yod (kaliy yodidi)                                                75                    mkg

Temir7                                                                       2                      mg

Magniy (magniy oksidi)                                       50                    mg

Fosfor (kalsiy gidrofosfati)                          155                  mg

Rux (rux oksidi)                                                     5                      mg

Marganes (marganes glyukonati)                          3,3                   mg

Selen7                                                                       8,3                   mkg

Bor (bor sitrati)                                                    0,5                   mg

Dala qirqbo‘g‘in o‘ti                                                20                    mg

1 – beta-karotin sinonimi

2 – 1,02 mg beta-karotenga mos keladi

3 – 10 mg alfa tokoferol asetatiga mos keladi

4 – 1,68 mkg kolekalsiferoliga mos keladi

5 – rutin sinonimi

6 – kolekalsiferol sinonimi

7 – xelatli aminokislota majmuasi ko‘rinishida.

Yordamchi moddalar: stearin kislotasi – 61,90 mg, mikrokristallik sellyuloza – 40,36 mg, magniy stearati – 13,81 mg, kremniy dioksidi – 7,40 mg, kroskarmelloza natriy – 7,40 mg.

Qobig‘i: gipromelloza – 30 mg, titan dioksidi (Ye171) – 17 mg, karmin bo‘yovchisi (Ye120) –
2,9 mg, triasetin – 0,2 mg, indigokarmin bo‘yovchisi (Ye132) – 0,06 mg, vanilin – 0,005 mg.

Ta‘rifi: oval, ikki tomonlama qavariq, pushti-binafsha rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, biroz to‘qroq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin vosita + boshqa preparatlar

ATX kodi: A11AB

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘siri preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat. Preparatning faol komponentlari asosiy metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi fermentativ tizimlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kollagen va teri, tirnoqlar va sochlarning strukturasini yaxshilash qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa oqsillarning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarni saqlaydi; moddalar almashinuvini me‘yorlashtirish qobiliyatiga ega antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagilarda qo‘llanadi:

  • gipovitaminozlar, organizmda mineral moddalar tanqisligini davolash va oldini olish;
  • moddalar almashinuvini tiklash, teri, tirnoqlar, sochlarning strukturasini yaxshilash uchun;
  • yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;
  • davomli shu jumladan infeksion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatdan keyin. Maksimal samaraga erishish uchun dozalashni 3 tabletkagacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin majmualarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutlaqo bezarar va preparatda riboflavin mavjudligi bilan tushuntiriladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar. Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: og‘izni qurishi, holsizlik, ishtahani yo‘qolishi.

Doza tasodifan oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30 yoki 60 plyonka bilan qoplangan tabletkadan buraladigan polietilen qopqoqchali va himoyalovchi folga klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

10 dan 30°S gacha haroratda, quruq joyda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Byuti savollari

Vitrum Byuti fikr-mulohazalari

Reyting 4.8, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil