Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum kardio OMEGA-3

- Vitrum kardio OMEGA-3 qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum kardio OMEGA-3ning tarkibi
- Vitrum kardio OMEGA-3 ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum kardio OMEGA-3 narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum kardio OMEGA-3 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® KARDIO OMEGA-3

VITRUM CARDIO OMEGA-3

Preparatning savdo nomi: VITRUM® KARDIO OMEGA-3

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Omega-3 trigliseridlar

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining etil efirlari       1000 mg

shu jumladan  ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Eykozapentaen kislotasi (YeRA)                                                     300 mg

Dokozageksaen kislotasi (DHA)                                                     200 mg

Alfa-tokoferol (Ye vitamini)                                                      2,00 mg.

Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin – 261,7 mg, gliserol – 117,8 mg, tozalangan suv –
235,5 mg.

Ta‘rifi: Tiniq, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan oval shaklli yumshoq kapsulalar. Kapsula ichidagisi – tiniq, yog‘simon, o‘ziga xos hidli, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita.

ATX kodi: C10AX06

Farmakologik xususiyatlari

Preparat Omega-3 oilasi eykozapentaen kislotasi (YeRA), dokozageksaen kislotasi (DHA), ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari (KTYOK) va Ye vitaminining majmuasidir.

Preparat yaqqol gipertrigliseridemiya bilan ifodalanadigan lipidlar almashinuvining buzilishlarida qo‘llanadi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. PZLP va JPZP miqdorini normallashiga, xujayralar membranalarini suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishiga va membrana reseptorlarining funksional faolligini oshishiga yordam beradi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan lipid-xujayra o‘zaro ta‘sirini yaxshilanishiga, lipoproteidlar metabolizmini yaxshilanishiga yordam beradi. Qon lipidlarining almashinishini normallashishiga yordam beradi. Preparatning antiagregant ta‘siri, xujayra membranalaridagi fosfolipidlari tarkibidagi araxidon kislotasini almashishi yoki tromboksan A2/prostaglandin N2 bilan reseptorlarning lipid xujayralariga bog‘liq. Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri essensial yog‘ kislotalarining biosinteziga qo‘shilishi bilan erishiladigan prostaglandin Ye2 metabolitlarini hosil bo‘lishini kamayishi bilan bog‘liq. Omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari yallig‘lanishni tormozlaydi, arteriyalarning torayish qobiliyatini kamaytiradi, trombositlar agregasiyasini pasaytiradi.

O‘rnini bosib bo‘lmaydigan ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar majmuasi lipidlar almashinuvini me‘yorlashtirish va ateroskleroz rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Ye vitamini antioksidant xususiyatiga ega bo‘lib, to‘qimalar nafasida va boshqa to‘qima metabolizmining muhim jarayonlarida ishtirok etadi; xujayra va to‘qimalarni ko‘p miqdorda hosil bo‘lgan erkin radikallar va perekisli oksidlanish mahsulotlarning shikastlovchi ta‘siridan himoyalaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • dislipidemiyani (lipid almashinuvni buzilishi) oldini olish;
  • lipidlar almashinuvining buzilishlarini majmuaviy davolash, shu jumladan parhez, statinlarni o‘z ichiga oluvchi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga ichga suv bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi:

  • oldini olish maqsadida – sutkada 1 kapsuladan ovqatdan keyin 30 minut o‘tgach;
  • davolash uchun – 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta, ovqatdan keyin 30 minut o‘tgach

Davolash kursi kamida 3 oy. Takroriy kurslar shifokor maslahati bo‘yicha.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: gastroezofagal reflyuks yoki baliq hidi yoki mazasi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida surunkali pankreatitning zo‘rayishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surunkali xolesistit va pankreatitni zo‘rayishi, gepatobiliar tizim kasalliklarini zo‘rayishi, o‘t-safro tosh kasalligi, gemorragik sindromni o‘z ichiga oluvchi patologik holatlar. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilish qon ketishi vaqtini oshishiga yordam beradi. Varfarin bilan bir vaqtda qabul qilish gemorragik asoratlarning rivojlanishiga olib kelmaydi (lekin majmuaviy qabul qilishda yoki preparat bilan davolash kursi to‘xtatilganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak). “VITRUM® KARDIO OMEGA-3” preparatini qabul qilish vaqtida Ye vitaminini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish tavsiya qilinadi.

Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ol00000olmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: epigastral sohasida og‘riqlar, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya).

Davolash: simptomatik, preparat bekor qilish.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar.

60 kapsuladan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

10-300S haroratda, quruq joyda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum kardio OMEGA-3 savollari

Vitrum kardio OMEGA-3 fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Минурахон
27.02.2020 09:47
5
Хорошие витаминки, с ними чувствую себя бодрее, активнее. Если есть цель поддержать и восстановить сосуды, то лучше принимать с вазаламином, он единственный содержит пептиды-биорегуляторы для сосудов и оздоравливает их. Принимаю оба препарата и выровнялось давление, ушли головные боли и шум в ушах.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil