Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Kids

- Vitrum Kids qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Kidsning tarkibi
- Vitrum Kids ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Kids narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Kids qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® KIDS

VITRUM® KIDS

Preparatning savdo nomi: VITRUM® KIDS

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar

Tarkibi:

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini) 2500 XB1)
Kolekalsiferol (D3 vitamini) 400 XB2)
Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini) 15 XB3)
Askorbin kislotasi (S vitamini) 60 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) 1,05 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 1,2 mg
Piridoksin (V6 vitamini) 1,05 mg
Nikotinamid 13,5 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 4,5 mkg
Biotin 20 mkg
Folat kislotasi 300 mkg
Kalsiy pantotenati 5 mg
Kalsiy karbonati kalsiyga qayta hisoblanganda 100 mg
Magniy fosfati magniyga qayta hisoblanganda 40 mg
Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda 15 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblanganda 1 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisoblanganda 10 mg
Marganes sitrati marganesga qayta hisoblanganda 1 mg
Natriy selenati selenga qayta hisoblanganda 25 mkg
Xrom aminoati xromga qayta hisoblanganda 20 mkg
Magniy fosfati fosforga qayta hisoblanganda 50 mg
Kaliy yodidi yodga qayda hisoblanganda 150 mkg

1) 0,86 mg retinolga ekvivalent

2) 10 mkg kolekalsiferolga ekvivalent

3) 15 mg alfa-tokoferol asetatiga ekvivalent.

Yordamchi moddalar: saxaroza – 488,53 mg, stearin kislotasi – 29,53 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, qulupnay xushbo‘yi – 10,0 mg, sukraloza –    1,0 mg, qizil bo‘yovchi (Ye129) – 1,6 mg.

Ta‘rifi: och-pushtidan to to‘q-pushti rangligacha bo‘lgan, och va to‘q rangli dog‘lari bo‘lgan, yengil meva ta‘mli va hidli, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin vosita + minerallar.

ATX kodi: [A11AA04].

Farmakologik xususiyatlari

Vitaminlar va minerallarning muvozanatlangan majmuasi bolalarning sog‘lom o‘sishi va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Maxsus tanlab olingan dozalari 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga to‘g‘ri keladi. Preparatning farmakologik ta‘siri uni tarkibiga kiruvchi ingredientlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.

Qo‘llanilishi

  • bolalarda jadal o‘sish davridagi gipovitaminoz, mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
  • muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanish, ishtahani pasayishi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin, tabletka yaxshilab chaynab qabul qilinadi.

4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Siydikni to‘q sariq rangiga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshrib yuborilishidan saqlanish uchun, A, Ye, D vitaminlari va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Fosfatlar va kalsiy tuzlari me‘da-ichak yo‘llarida magniyning so‘rilishini pasaytiradi; magniy tetrasiklinning so‘rilishini pasaytiradi. Piridoksin levodopaning faolligini susaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etiladigan dozalar oshirilmasin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: ma‘lumotlar yo‘q.

Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar: ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar.

30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta‘minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-30oS haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Kids savollari

Vitrum Kids fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil