Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Memori

- Vitrum Memori qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Memorining tarkibi
- Vitrum Memori ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Memori narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Memori qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® MEMORI

VITRUM® MEMORY

Preparatning savdo nomi: VITRUM® MEMORI

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ginko biloba barglarining standartlangan quruq ekstrakti

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir parda qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

faol modda: ginko biloba barglarining ekstrakti                     – 60 mg

(flavonli glikozidlar 24%*)

*- 14,4 mg flavonli glikozidlarning miqdori bo‘yicha standartlangan

yordamchi moddalar: kalsiy fosfati – 313 mg, mikrokristallik sellyuloza – 50 mg, stearin kislotasi – 9 mg, natriy kroskarmelloza– 11 mg, magniy stearati – 5 mg, kremniy dioksidi – 2 mg;

qobig‘i: gipromelloza – 9,7 mg, triasetin – 2,8 mg.

Ta‘rifi: Ikki tomoni qabariq dumaloq, tiniq parda qobiq bilan qoplangan, och jigarrangdan to to‘q-jigarrangacha rangli, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida bo‘luv riskali tabletkalar. O‘ziga xos xidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olinadigan angioprotektor vosita.

ATX kodi: N06DX02

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simlikdan olinadigan preparat (Gingo biloba/Gingo biloba saqlaydi), miya qon aylanishini va miyaning kislorod va glyukoza bilan  ta‘minlanishini yaxshilaydi, xujayralarda modda almashinuvini, qonning realogik xususiyatlarini va mikrosirkulyasiyani normallashtiradi. Tomirlar tizimiga boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, mayda arteriyalarni kengaytiradi, venalar tonusini oshiradi va shu bilan tomirlarni qonga to‘lishini boshqaradi; tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi; shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi (bosh miya, periferik to‘qimalarda); markaziy nerv tizimidagi neyromediator jarayonlarni me‘yorlashtiradi. Antigipoksik ta‘sir ko‘rsatadi, xotira va o‘rganish qobiliyatini yaxshilaydi; miya faoliyatini rag‘batlantiradi.

Qo‘llanilishi

Diqqatni, xotirani, fikrlash tezligini pasayishi, intellektual qobiliyatlarni, eshitishni, ko‘rishni, nutq faoliyatini (shu jumladan yoshga bog‘liq o‘zgarishlar natijasidagi) pasayishi. Periferik qon aylanishini va oyoqlarning mikrosirkulyasiyasini buzilishlarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatlanish vaqtida 1 tabletkadan sutkada 2 marta qabul qilinadi.  Davolashning o‘rtacha davomiyligi – 3 oy. Takroriy kurslar shifokor bilan maslahatlashgandan keyin o‘tkaziladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dispepsiya, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, teri allergik reaksiyalari, bosh aylanishi.

 

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik, gipokoagulyasiya, miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari, o‘tkir miokard infarkti, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit, arterial gipertenziya, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsalisil kislotasi, varfarin, tiazid diuretiklar, trisiklik antidepressantlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, gentamisinni muntazam qabul qiluvchi pasientlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas.

Davolanish boshlanganidan keyin 1 oy o‘tgach holatni yaxshilanishi kuzatiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparatni qabul qilish davrida alohida e‘tiborni va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (avtotransportni boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) bajarish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, xolsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Dozani oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani  yuvish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 60 mg.

30 tabletkadan parda qobiq bilan qoplangan alyuminiy folga/PVX blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Memori savollari

Vitrum Memori fikr-mulohazalari

Reyting 4.3, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil