Vitrum Osteomag ko'rsatmalar
VITRUM® OSTEOMAG
DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA
YO‘RIQNOMA
Qayd qilish raqami
Preparatning savdo nomi: VITRUM® OSTEOMAG
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi: bir qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:
Faol ta‘sir qiluvchi moddalar:
Ustrisalar chig‘anoqlaridan olingan
kalsiy karbonati kalsiyga qayta hisoblaganda 600 mg
Kolekalsiferol (D3 vitamini)1) 200 XB2)
Magniy oksidi magniyga qayta hisoblaganda 40 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisoblaganda 7,5 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblaganda 1 mg
Marganes sulfati marganesga qayta hisoblaganda 1,8 mg
Natriy borati borga qayta hisoblaganda 250 mkg.
1) ozuqa yog‘i, kartoshka kraxmali, jelatin, sukraloza, alfa-tokoferol saqlovchi kolekalsiferol konsentrati ko‘rinishida solinadi.
2) – 5 mkg kolekalsiferolga ekvivalent.
Yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza – 80 mg, mikrokristallik sellyuloza – 20,70 mg, magniy stearati – 20 mg.
Plyonka qobig‘i: gipromelloza – 19,345 mg, titan dioksidi – 10,00 mg, triasetin – 0,20 mg, qizil bo‘yovchi AS (Ye129) – 0,44 mg, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110) – 0,01 mg, indigokarmin (Ye132) – 0,005 mg.
Ta‘rifi:
Oval shaklli, chetlari qiya, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida “VITRUM” gravirovkasi va ikkinchi tomonida “OSTEOMAG” gravirovkasi bor.
Ko‘ndalang kesimda – tabletkaning yadrosi oqdan to kulrang rangligacha.
Farmakoterapevtik guruhi:
Kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi.
ATX kodi: [A11AA03]
Farmakologik xususiyatlari:
Organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Preparatning farmakologik ta‘siri uni tarkibiga kiruvchi ingredientlarning xususiyati bilan belgilanadi.
D3 vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi, suyak skeletining shakllanishida ishtirok etadi, suyaklar strukturasini saqlanishiga yordam beradi, ichakda kalsiyning so‘rilishini va buyrak naychalarida fosfor reabsorbsiyasini kuchaytiradi.
Magniy D3 vitamini bilan birga kalsiyning o‘zlashtirilishini oshiradi, suyaklarning o‘sishi va mineralizasiyasiga ta‘sir qiladi, kalsiy-oksalatli – toshlar hosil bo‘lishini oldini oladi.
Kalsiy suyak to‘qimasining shakllanishida, arterial bosimni nazoratida va qon ivishi jarayonida ishtirok qiladi. Suyaklar, tishlarning shakllanishiga, suyak to‘qimasining zichligini oshishiga yordam beradi. Osteoporoz rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Nerv va mushak tizimini normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.
Rux suyaklarning shakllanishida ishtirok qiladi.
Marganes energiya hosil bo‘lishi jarayonlarida, oqsillar va yog‘lar metabolizmida, suyaklar va qo‘shiluvchi to‘qimalarning hosil bo‘lishida, osteosintezda ishtirok qiladi.
Mis suyak massasi, gemoglobin va eritrositlar hosil bo‘lishi jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Suyak va qo‘shiluvchi to‘qima tarkibiga kiruvchi kollagenning shakllanishida ishtirok qiladi, osteoporozni oldini olishga yordam beradi.
Bor suyaklar xolatini sog‘lom tutib turishda, kalsiy, fosfor, magniyning metabolizmi jarayonlarida ishtirok qiladi. Kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi, D3 vitaminining tanqisligini rivojlanish xavfini kamaytiradi, menopauzadan keyingi osteoporozni oldini olishga yordam beradi.
Qo‘llanilishi:
- osteoporozni (menopauzal, senil, steroid va boshq.) va uning asoratlarini (suyaklarni sinishi) oldini olish va kompleks davolash;
- menopauza vaqtida va undan keyingi vaqtda kalsiy, magniy va D3 vitaminining yetishmovchiligini to‘ldirish;
- keksalik yoshida kalsiy, magniy va D3 vitaminining yetishmovchiligini to‘ldirish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari, siydikda yoki qonda kalsiy miqdorini yuqori bo‘lishi (giperkalsiuriya, giperkalsiemiya), siydik-tosh kasalligi (kalsiyli toshlarini hosil bo‘lishi), kalsiyni siydik bilan ko‘p chiqishi. D vitamini va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ichga. Kattalarga osteoporoz va uning asoratlarini oldini olish va kompleks davolash uchun, menopauza vaqtida va keyin kalsiy, magniy va D3 vitaminining tanqisligini to‘ldirish uchun, shuningdek keksa yoshli shaxslarda – kuniga 1-2 tabletkadan. Qabul qilish kursi shifokorning tavsiyalariga muvofiq. 12 yoshdan oshgan bolalarda osteoporoz va uning asoratlarini oldini olish va kompleks davolash uchun – kuniga 1-2 tabletkadan. Qabul qilish kursi shifokorning tavsiyasiga muvofiq.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida dozalash shifokor tavsiyasiga muvofiq. Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari va doza oshirib yuborilganidagi yordam ko‘rsatish choralari:
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.
Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.
Dori preparatini qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari:
Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Me‘da-ichak yo‘llarining disfunksiyasi (qabziyat yoki ich ketishi, qorinni dam bo‘lishi, epigastriyda og‘riqlar, ko‘ngil aynashi). Katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida siydik va qonda kalsiy miqdorini oshishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:
Preparat tetrasiklin guruhi antibiotiklari, asetilsalisil kislotasi va boshqa salisilatlar, sulfanilamidlar, beta-adrenoblokatorlar va bilvosita antikoagulyantlarning so‘rilishini sekinlashtiradi. Shuning munosabati bilan preparatni boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.
Tiazid diuretiklar kalsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi. Shuning uchun ular preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkalsiemiya rivojlanishi xavfini ko‘zda tutish kerak. Angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarga katta dozalarda buyurish, aritmiyalar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
Homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar va kattalarda qo‘llashni imkoniyati va o‘ziga xosligi:
Homiladorlik davrida kalsiyning sutkalik dozasi 1500 mg dan oshmasligi kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori preparatining mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar:
Avtomobilni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli:
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
30 yoki 60 tabletkadan polietilen materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati:
5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti:
10-300S haroratda, quruq joyda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi:
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari