Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Prenatal forte

- Vitrum Prenatal forte qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Prenatal fortening tarkibi
- Vitrum Prenatal forte ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Prenatal forte narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Prenatal forte qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® PRENATAL FORTE

VITRUM PRENATAL FORTE

Preparatning savdo nomi:  VITRUM® PRENATAL FORTE

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

betakatoten                                                                                                  1500 mkg1

retinol asetati (A vitamini)                                                                  860 mkg2

kolekalsiferol( D3 vitamini)                                                               10 mkg3

alfa Tokoferol asetati (Ye vitamini)                                                        30 mg4

askorbin kislotasi (S vitamini)                                                                       120 mg

tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                                        3 mg

riboflavin (V2 vitamini)                                                                        3,4 mg

piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                                          10 mg

nikotinamid                                                                                                20 mg

sianokobalamin (V12 vitamini)                                                              12 mkg

folat kislotasi                                                                                         800 mkg

biotin                                                                                                         30 mkg

pantoten kislotasiga qayta hisoblaganda kalsiy pantotenati       10 mg

kalsiyga qayta hisoblaganda kalsiy karbonati                                200 mg

magniyga qayta hisoblagandan magniy oksidi                                      25 mg

temirga qayta hisoblaganda (temir fumarati)                                      60 mg

misga qayta hisoblaganda mis oksidi                                                     2 mg

ruxga qayta hisoblaganda rux oksidi                                                     25 mg

marganesga qayta hisoblaganda marganes sulfati                              5 mg

xromga qayta hisoblaganda xrom xloridi                                              25 mkg

molibdenga qayta hisoblaganda natriy molibdati                              25 mkg

selenga qayta hisoblaganda natriy selenati                                         20 mkg

yodga qayta hisoblaganda kaliy yodidi                                                 150 mkg

  • 2500 XB Betakarotenga ekvivalent
  • 2500 XB A vitaminiga ekvivalent
  • 400 XB D3 vitaminga ekvivalent
  • 30 XB Ye vitaminga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 195,66 mg, stearin kislotasi – 45,00 mg, natriy kroskarmelloza – 28,00 mg, magniy stearati – 15,00 mg, kolloid kremniy dioksidi – 7,0 mg;

qobig‘i: gipromelloza – 19,500 mg, titan dioksidi – 9,860 mg, triasetin – 0,600 mg, brilliant qora bo‘yovchisi (Ye151) – 0,036 mg, qizil bo‘yovchi (Ye129) – 0,004 mg.

Ta‘rifi: kapsulasimon shaklli, bir tomonida “PRENATAL”, ikkinchi tomonida “FORTE” gravirovkali, o‘ziga xos xidli, och-kulrangdan to to‘q-kulranggacha rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin vosita

ATX kodi: A11AA

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik xususiyatlari tarkibidagi vitaminlar va minerallar majmuasi bilan belgilanadi. Preparat ayol organizmini homiladorlikka tayyorgarlik davrida, homiladorlik vaqtida va emizish davrida vitamin va mineral moddalarning tanqisligini to‘ldirilishini ta‘minlaydi.

Qo‘llanilishi

– homiladorlikka tayyorgarlik davrida, homiladorlik vaqtida va emizish davrida gipovitaminoz va mineral moddalarning yetishmovchiligini oldini olish;

– homiladorlarda temir tanqisligi anemiyasini, ona organizmida kalsiy tanqisligini  oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.

Ayollarga homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, homiladorlik davrida va tug‘ishdan keyin kuniga bir tabletkadan nonushtadan keyin ichga suv bilan qabul qilish tavsiya qilinadi. Preparatni qabul qilish kursi shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Siydik to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparat tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

A va D gipervitaminozida, organizmda temirni me‘yoridan ortiq to‘planishida, qonda kalsiy miqdorini oshishida, siydik bilan kalsiyning chiqarilishini oshishida va siydik-tosh kasalligida ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat temir va kalsiy saqlaydi va shuning uchun ichakdan tetrasiklin guruhi antibiotiklarini, shuningdek ftorxinolonlarning hosilalari bo‘lgan antimikrob vositalarning so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin. S vitamini sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi preparatlarning ta‘sirini va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishini ham). Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek Xolestiramin temirning so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi siydik haydovchi vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida giperkalsiemiya rivojlanishini ehtimoli oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan doza oshirilmasin.

“Vitrum® Parenteral Forte” dozasini oshib ketishidan saqlanish uchun A va D vitaminlarni saqlovchi preparatlar bilan birga ishlatish tavsiya etilmaydi

Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, ko‘rishning buzilishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar.

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi, me‘da yuviladi, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100 yoki 120 tabletkadan buraluvchi polietilen qopqog‘i va folga himoyalovchi klapani bo‘lgan polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Prenatal forte savollari

Vitrum Prenatal forte fikr-mulohazalari

Reyting 4.0, 1 ta sharh asosida
Кизларбас
20.12.2020 20:12
4
Всю беременность пила витамины витрум пренатал, хорошие, мне понравились, чувствовала себя нормально, не болела за всю беременность ни разу. Но при планировании, мне кажется, важнее всего здоровые яйцеклетки, поэтому лучше пить такие натуральные препараты как овариамин, в которых кроме витаминов есть еще и пептиды и аминокислоты, в общем все что нужно для отличной работы яичников, для овуляции.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil