Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Superstress

- Vitrum Superstress qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Superstressning tarkibi
- Vitrum Superstress ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Superstress narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Superstress qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

VITRUM® SUPERSTRESS

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd qilish raqami:

Xalqaropatentlanmagan nomi yoki guruhlash nomi: Polivitaminlar+Mineral tuzlar

Farmasevtik substansiyalar va yordamchi moddalarning nomi va miqdori ko‘rsatilgan dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi:

Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                                      30 XB1)

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                                          500 mg

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                                                      15 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                        10 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                             5 mg

Nikotinamid                                                                                                          100 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                             12 mkg

Folat kislotasi                                                                                         400 mkg

Biotin                                                                                                         45 mkg

Kalsiy pantotenati pantoten kislotasiga qvyta xisoblaganda      20 mg

Temir fumarati temirga qayta xisoblaganda                                        60 mg

1). 30 mg alfa-tokoferol asetatga ekvivalent.

Yordamchi moddalar: kalsiy sulfati – 322,67 mg, mikrokristallik sellyuloza – 50 mg, kolloid kremniy dioksidi – 50 mg, natriy kroskarmelloza – 50 mg, stearin kislotasi – 28 mg, magniy stearati – 13,3 mg.

Parda qobig‘i: gipromelloza – 26 mg, qizil bo‘yovchisi (Ye129) – 3,2 mg, sariq quyosh botishi bo‘yovchisi (Ye110) – 3,2 mg, titan dioksidi – 1,3 mg, triasetin – 0,004 mg.

Ta‘rifi:

To‘q-qizil ranli plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.

O‘ziga xos xidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Dori preparatining farmakoterapevtik guruhi:

polivitamin vosita + minerallar

ATX kodi: [A11AA01].

Farmakologik xususiyatlari

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va temirning majmuasi bilan belgilanadi.

Ye vitamini kuchli tabiiy antioksidant sifatida erkin radikal reaksiyalarning rivojlanishini tormozlaydi, xujayra va subxujayra membranalarni shikastlovchi perekislarning hosil bo‘lishini oldini oladi, bu organizm uchun, nerv va mushak tizimining normal faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.

S vitamini kollagen, proteoglikanlar va tishlar, suyaklarning boshqa organik komponentlari, kapillyarlarning endoteliysini sintezida ishtirok qiladi.

V1 vitamini stress sharoitlarida markaziy, periferik nerv tizimi, yurak-tomir tizimi va endokrin tizimining faoliyatini normallashtiradi.

V2 vitamini metabolik ta‘sir ko‘rsatadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, to‘qima nafasida, karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, ko‘zlarning normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetinning sintezida ishtirok qiladi, nerv tizimi, teri, shilliq pardalarning ishini yaxshilaydi.

V6 vitamini markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.

V12 vitamini nuklein kislotalarining sintezida ishtirok qiladi, qon yaratish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi, nerv tizimining faoliyatini normallashtiradi.

Biotin – almashinuv jarayonlarida ishtirok qiladi, glyukoza, yog‘ kislotalari, steroid birikmalar va aminokislotalarning sintezida muhim rol o‘ynaydi.

Folat kislotasi qon yaratish jarayonlarida ishtirok qiladi, xolesterin almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan, glisin, metionin) sintezida ishtirok qiladi.

Nikotinamid organizmda oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, yog‘lar, proteinlar, aminokislotalar, purinlar metabolizmida, to‘qima nafasida, glikogenolizda ishtirok qiladi.

Pantoten kislotasi metabolik ta‘sir ko‘rsatadi, koenzim A ning tarkibiga kiradi, asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynab, karbonsuv va yog‘larning almashinuvida, asetilxolin va steroid gormonlarning sintezida ishtirok qiladi. Miokardning qisqaruvchanlik faoliyatini energetik jihatdan ta‘minlanishini yaxshilaydi, regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi.

Temir ichakda asta-sekin ajralib chiqadi, organizmda biokatalizator faoliyatini bajaradi, shuningdek gemoglabin va ba‘zi fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, suyak ko‘migida eritopoezni rag‘batlantiradi.

Qo‘llanilishi:

Preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va temir tanqisligini oldini olish uchun vosita sifatida tavsiya qilinadi:

–           o‘tkazilgan kasalliklar, jarohatlar, operasiyalardan keyingi sog‘ayish davrida;

–           yuqori ruhiy va jismoniy yuklamalar davrida.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning komponentlaridan har qandayiga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga bir tabletkadan ovqatdan so‘ng. Preparatni qabul qilish kursi – 2-3 oy. Takroriy kuslar shifokorning tavsiyasi bo‘yicha.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari:

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin

Dozani oshirib yuborish simptomlari, doza oshirib yuborilganida yordam ko‘rsatish choralari:

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynish, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani  yuvish, simptomatik davolash.

Dori preparatini qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari:

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi, ahlat to‘q rangga bo‘yalishi (temir borligi sababli) mumkin.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:

Preparat tarkibida temir saqlaydi va shuning uchun ichakda tetrasiklinlar guruhi antibiotiklarning so‘rilishini kechiktiradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) sulfanilamid guruhi mikroblarga qarshi dori vositalarning ta‘sirini va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek xolestiramin temirning so‘rilishini kamaytiradi.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun o‘xshash polivitamin-mineral komplekslar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik, emizish davrida ayollarga dori preparatini qo‘llashni mumkinligi va imkoniyati:

Homiladorlik va emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori preparatini ta‘sir qilishi haqida ma‘lumot:

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Chiqarilish shakli:

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30 yoki 60 tabletkadan polietilen buraladigan qopqoqli va folgadan himoya klapani bo‘lgan polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan tortiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati: 5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Saqlash sharoiti:

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi:

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Superstress savollari

Vitrum Superstress fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil