Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Vijn

- Vitrum Vijn qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Vijnning tarkibi
- Vitrum Vijn ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Vijn narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Vijn qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® VIJN

VITRUM VISION

 

Preparatning savdo nomi: VITRUM® VIJN

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): polivitamin + boshqa preparatlar&

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

askorbin kislotasi (S vitamini)                                                225 mg

alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                          36 mg

betakarotin                                                                         1,5 mg

lyutein                                                                                 2,5 mg

zeaksantin                                                                           0,5 mg

misga qayta hisoblaganda mis sulfati                         1 mg

ruxga qayta hisoblanganda rux oksidi                                       5 mg

yordamchi moddalar: kalsiy sulfati – 203,95 mg, mikrokristall sellyuloza – 28,00 mg, natriy kroskarmelloza – 14,00 mg, magniy stearati – 7,00 mg, kolloid kremniy dioksidi – 14,00 mg, stearin kislotasi – 35,00 mg;

plyonka qobig‘i: gipromelloza – 16,038 mg, titan dioksidi – 2,000 mg, propilenglikol – 0,0002 mg, riboflavin (Ye101) – 1,360 mg, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110) – 600 mg.

Ta‘rifi: oval shaklli, ikki tomoni qavariq, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin vosita.

ATX kodi: A11AV.

Farmakologik xususiyatlari

Vitaminlar majmuasi, minerallar va o‘simliklardan olinadigan karotinoidlar ko‘zlarga yuqori yuklamalarda kuzatiladigan vitaminlar va minerallar tanqisligini qoplaydi, yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ko‘rishni yaxshilaydi, antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘z to‘qimasini erkin radikallar ta‘siridan himoyalaydi), ko‘rishni me‘yorlashishiga yordam beradi, katarakta rivojlanish va ko‘zning to‘r pardasi degenerasiyasi xavfini kamaytiradi.

Qo‘llanilishi

Ko‘zga yuqori yuklamalarda (kompyuter, televizor, quyosh nurlari va b.), tungi ko‘rishni buzilishlarida vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga ikki marta ovqatdan keyin.

Takroriy kurslar – shifokor maslahati bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Polivitamin komplekslar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar va kattalarga dori preparatini tibbiy qo‘llashning mumkinligiga ko‘rsatma va o‘ziga xosligi: Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Dori preparatini homilador ayollar va emizish davridagi ayollar tomonidan tibbiy qo‘llashning o‘ziga xosligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Tibbiy qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 30 yoki 60 tabletka buraluvchi polietilen qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Vitrum Vijn savollari

Vitrum Vijn fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil