Vitrum Vijn forte ko'rsatmalar
VITRUM® VIJN FORTE
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Dori vositasining nomi (savdo nomi): VITRUM® VIJN FORTE
Farmasevtik substansiyalar va yordamchi moddalarning nomi va miqdori ko‘rsatilgan dori shakli:
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi:
Ta‘sir qiluvchi faol moddalar:
Askorbin kislotasi (S vitamini) 60 mg
Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini) 10 mg1
Riboflavin (V2 vitamini) 1,2 mg
Betakaroten 1,5 mg
Lyutein 6 mg
Zeaksantin 0,5 mg
Rutozid2 25 mg
Selen aminoati selenga qayta hisoblanganda 25 mkg
Rux oksidi ruxga qayta hisoblanganda 25 mg
25% antosianlar yig‘indisini saqlovchi 60 mg
oddiy chernika mevalarining quruq ekstrakti3
1 __ 10 XB Ye vitaminiga ekvivalent.
2 __ rutinning sinonimi.
3 __ 25% antosianlar yig‘indisini saqlovchi oddiy chernika mevalarining quruq ekstrakti3.
Eriksiyalar – Ericaceae oilasi, Oddiy chernika – Vaccinium myrtillys L o‘simliklardan olinadi.
Yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfat digidrati 350,07 mg, stearin kislotasi 39,25 mg, mikrokristallik sellyuloza 31,75 mg, kolloid kremniy dioksidi 15,50 mg, natriy kroskarmelloza 14,50 mg, magniy stearati 8,00 mg; qobig‘i: gipromelloza 7,85 mg, titan dioksidi 3,85 mg, propilenglikol 0,001 mg, makrogol-400 0,0001 mg, sariq opadray II (polivinil spirti, talk, titan dioksidi, makrogol-3350, soya lesitini, temir II oksidi bo‘yovchisi, temir III oksidi bo‘yovchisi) 42,30 mg.
Ta‘rifi:
Oval shaklli, ikki tomoni qabariq, qobiq bilan qoplangan, jigarrang tusli sarg‘ish-oq ranglidan och-sariq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.
O‘ziga xos xidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Dori preparatining farmakoterapevtik guruxi: Polivitamin vosita + boshqa preparatlar.
ATX kodi: [A11AV].
Farmakologik xususiyatlari
O‘simlik komponentlari bo‘lgan polivitamin va minerallar kompleksi. Lyutein, zeaksantin va oddiy chernika mevalarining ekstraktini saqlaydi. Antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi (ko‘z to‘qimasini erkin radikallar ta‘siridan himoya qiladi). Metabolik ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘zlarning kapillyarlarini mustaxkamlaydi, ko‘z o‘tkirligini (shu jumladan, miopatiya bilan asoratlangan bemorlarda) kuchaytiradi, oqshomdagi ko‘rishni yaxshilaydi, ko‘zlarga yuqori yuklamalarda ko‘rishni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi:
O‘qishda ko‘zlarni toliqishi (ko‘zlarda charchoqlik va og‘riq), kontakt linzalarni taqish, komp‘yuter bilan ishlash; turli darajadagi uzoqni yaxshi ko‘raolmaslikni majmuaviy davolash, diabetik retinopatiya, to‘r pardaning markaziy va periferik distrofiyasi; ko‘zlarda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlaridan keyingi tiklanish davri; ko‘rishni qorong‘ilikka moslashish mexanizmlarini buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatning komponentlaridan har qaydayiga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga bir tabletkadan kuniga ikki marta ovqatdan so‘ng. Davolash kursi 3 oy. Takroriy kurslar – shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari:
Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.
Dozani oshirib yuborish simptomlari, doza oshirib yuborilganida yordam ko‘rsatish choralari:
Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.
Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘da yuvish, simptomatik davolash.
Dori preparatini qo‘llashda mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari:
Allergik reaksiyalar.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun polivitamin komplekslarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik, emiziklik davrida ayollarga dori preparatini qo‘llashning o‘ziga hosligi va imkoniyati:
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Homiladorlik va emiziklik davrida dori preparatini tibbiy qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori preparatini ta‘sir qilishi haqida ma‘lumot:
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Yaroqlilik muddati va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng dori preparatini qo‘llashni ta‘qiqlashga ko‘rsatma:
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 10-300S haroratda.
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan joyda saqlashga ko‘rsatma:
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Qobiq bilan qoplangan 15 tabletkadan alyumin folga/PVX blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari