Ташкент
logo
SavatKirish

Vitrum Yunior

- Vitrum Yunior qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vitrum Yuniorning tarkibi
- Vitrum Yunior ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vitrum Yunior narxi Toshkent dorixonalarida

Vitrum Yunior qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM® YUNIOR

VITRUM JUNIOR

Preparatning savdo nomi:  VITRUM® YUNIOR

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Polivitamin + Mineral tuzlar

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalari.

Tarkibi:

Bir chaynaladigan tabletka saqlaydi:

Faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini)                                                     5000 XB1)

Kolekalsiferol (D3 vitamini)                                                  400 XB2)

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                     30 XB3)

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                              300 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)                                           1,5 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                                       1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                             2 mg

Nikotinamid                                                                                  20 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)                                                 6 mkg

Fitomenadion (K1 vitamini)                                                      10 mkg

Biotin                                                                                             45 mkg

Folat kislotasi                                                                             400 mkg

Kalsiy pantotenati                                                                    10 mg

Kalsiy gidrofosfati kalsiyga qayta hisoblanganda                     160 mg

Magniy oksidi magniyga qayta hisoblanganda                         40 mg

Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda                          18 mg

Mis oksidi misga qayta hisoblanganda                                     2 mg

Rux oksidi ruxga qayta hisolanganda                                         15 mg

Marganes sulfati marganesga qayta hisoblanganda               1 mg

Xrom xloridi xromga qayta hisoblanganda                               20 mkg

Natriy molibdati molibdenga qayta hisoblanganda               20 mkg

Kalsiy gidrofosfati fosforga qayta hisoblanganda                       50 mg

Kaliy yodid yodga qayta hisoblanganda                                    150 mkg

1) 1,72 mg retinolga ekvivalent

2) 10 mkg kolekalsiferolga ekvivalent

3) 30 mg alfa tokoferol asetatiga ekvivalent.

Yordamchi moddalar: sorbitol – 100,0 mg, saxaroza – 250,0 mg, stearin kislotasi – 100,0 mg, kolloid kremniy dioksidi – 7,0 mg, magniy sterati – 18,0 mg, mikrokristallik sellyuloza – 118,8 mg, limon kislotasi – 13,0 mg, apelsin xushbo‘yi – 15,0 mg, ananas xushbo‘yi –       3,0 mg, aspartam – 10,0 mg, quyosh botishi sarig‘i bo‘yovchisi (Ye110) – 2,0 mg.

Ta‘rifi: dumaloq, yassi, chetlari qiya och-jigarrangdan to zarg‘aldoqroq-och jigarranggacha rangli, och va to‘q dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida bo‘lish chizig‘ili, yengil meva hidili tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin+multimineral.

ATX kodi: A11AA04.

 

Farmakologik xususiyatlari

Maxsus tanlab olingan dozalari bolaning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga mos keladi. Organizmning nospesifik himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Bolalar va o‘smirlarda avitaminozlar, gipovitaminozlar, makro- va mikroelementlar yetishmovchiligida, shu jumladan jadal o‘sish davrida, jismoniy va aqliy yuklamalar ko‘payganida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida, muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanishda, davolash-profilaktika vositasi sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga ovqatdan keyin, tabletka chaynab yutiladi. 7 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletka, 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1/2 tabletka.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar. Siydik to‘q rangga bo‘yalishi, ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa vitaminlar va temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

Dori preparatini homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar, kattalarda qo‘llashning imkoniyati va o‘ziga xosligiga ko‘rsatma

Ma‘lumotlar yo‘q.

Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘siri haqida ma‘lumotlar

Ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, xolsizlik, ko‘rishni buzilishi, me‘da-ichak buzilishlari.

Tasodifan doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilinadi.

Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar.

30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalari polietilen flakonda shu materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqog‘i va folgadan qilingan himoya klapani bilan. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga rangli ilova bilan ta‘minlangan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Vitrum Yunior savollari

Vitrum Yunior fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil