×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMUDON tabletkalari N40

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Лизатов бактерий смесь
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармстандарт-Томскхимфарм,ОАО
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- L03AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 286 ta dorixonasida topildi

ico 89 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 149 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
50 000 s`om dan
GALAVIT suppozitorii 50mg N5 СЭЛВИМ,ООО Rossiya Federatsiyasi
101 000 s`om dan
LIKOPID tabletkalari 10mg N10 Пептек ЗАО Rossiya Federatsiyasi
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IMUDON tabletkalari N40 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IMUDON®

IMUDON

Preparatning savdo nomi: Imudon®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN):

bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi [L. acidophilis + delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. Nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] &

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar

Tarkibi:

Preparat polivalent antigen majmuasi bo‘lib, bakteriyalarning lizatlarini aralashmasidir, uning tarkibi og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumda eng ko‘p yallig‘lanish jarayonlarini chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilarga mos keladi.

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Imudon® (bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi) – 2,7 mg (quruq moddaga hisoblanganda):

shu jumladan bakteriya lizatlari: [L. acidophilis + L. delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] – 0,1575 mg.

yordamchi moddalar:

glisin – 2,0 mg, natriy dezoksixolati- 0,53 mg, tiomersal – 0,0125 mg dan ko‘p emas

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik shaklli, silliq yaltiroq yuzali, chetlari qiya, yalpiz hidli tabletkalar, biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: L03AX

Farmakologik xususiyatlari

Otorinolaringologiyada, stomatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kelib chiqishi bakterial bo‘lgan immunrag‘batlantiruvchi preparat. Fagositozni faollashtiradi, immunkompetent xujayralarning miqdrini oshishiga yordam beradi, lizosim va interferonni ishlab chiqarilishini, so‘lakda immunoglobulin A ni oshiradi.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llanadi:

  • faringit;
  • surunkali tonzillit;
  • tonzilektomiyaga tayyorlash va operasiyadan keyingi davr;
  • yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftozli), glossit;
  • eritematoz va yarali gingivit;
  • og‘iz bo‘shlig‘ining disbakteriozi;
  • tishlar olib tashlanganidan, sun‘iy tish ildizlarini implantasiyasidan keyingi infeksiyalar;
  • tish protezlari chaqirgan yaralanish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida va surunkali kasalliklarni zo‘rayishida preparat kuniga 8 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida 1-2 soat oraliq muddat bilan (chaynamasdan) shimiladi. Davolash kursining davomiyligi o‘rtacha 10 kun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish uchun preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 2 soatda og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) so‘riladi. Kurs davomiyligi 20 kun. Imudon bilan yiliga 3-4 marta profilaktik kurslarni o‘tkazish tavsiya etiladi.

3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun.

Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini zo‘rayishini davolashda, shuningdek oldini olish preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 1-2 soat oralig‘ida og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) shimiladi. O‘tkir kasalliklarda davolash kursining davomiyligi 10 kun, surunkali kasalliklarni zo‘rayishini oldini olish uchun – 20 kun.

Preparat bilan profilaktik davolash kursini yiliga 3-4 marta o‘tkazish tavsiya etiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda preparatni qo‘llash allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari) haroratni oshishi, bronxial astmani zo‘rayishi, yo‘tal bilan kechishi mumkin. Juda kam hollarda preparatni qo‘llash tugunli eritema, gemorragik vaskulit, trombositopeniyani rivojlanishi bilan kechish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yoki uning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • autoimmun kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan. Imudon® ni boshqa guruh dori vositalari bilan ishlatish mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

  • 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar tabletkalarni kattalarning majburiy kuzatuvi ostida shimishlari kerak!
  • Imudon qo‘llanganidan keyin preparatning samaradorligini pasaytirmaslik uchun ovqat va suvni qabul qilmaslik, shuningdek bir soat davomida og‘izni chaymaslik kerak.
  • Tuzsiz yoki kam tuzli parhezga rioya qiluvchi pasientlarga preparat buyurilganida 1 tabletka Imudon 15 mg Na+ saqlashini hisobga olish kerak.
  • Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga, ularda bakterial lizatlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilish kasallikning zo‘rayishini (bronxial astma xurujlari) chaqiradi, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davri

  • Imudonni homilador ayollarda ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas. Hayvonlardagi muvofiq eksperimental ma‘lumotlar va epidemiologik tekshirishlar mavjud emas.
  • Imudon® ni homiladorlik yoki lktasiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmagan.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni qanday bo‘lmasin cheklashlarning zaruratini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llashga yaroqsiz

  • O‘rami buzilganida (blister).
  • Noaniq yorliqda.
  • Preparatning yaroqlilik muddati tugagandan keyin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Imudonning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

8 tabletkadan kompozision material poliamid alyuminiy PVX va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda (blister).

8 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

SP 3.3.2.1248-03 muvofiq 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMUDON tabletkalari N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMUDON tabletkalari N40 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMUDON tabletkalari N40 dori vositasi Фармстандарт-Томскхимфарм,ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMUDON tabletkalari N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMUDON tabletkalari N40 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
IRS 19 sprey 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya / Rossiya
  • Faol modda: Лизатов бактерий смесь ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Майлан Лэбораториз САС/Фармстандарт-Томскхимфарм ОАО
  • Vakil: Фармстандарт ПАО
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXO MUNAL kapsulalar 7mg N10
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
IMUDON tabletkalari N24
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
Narh: 4 200 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
IMUDON tabletkalari N24
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9