50 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash170 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish98 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SIKLOFERON®
CYCLOFERON®
Preparatning savdo nomi: Sikloferon®
Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: meglyumin akridonasetati akridonsirka kislotasiga hisoblaganda – 150 mg;
Yordamchi moddalar: povidon – 7,93 mg, kalsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg.
Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, sariq rangli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi: L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Sikloferon interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodullovchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalarni) belgilaydi.
Sikloferon gripp, gerpes viruslari va o‘tkir respirator kasalliklarning boshqa qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Infeksion jarayonning ilk muddatlarida (1-5-chi sutkalarida) viruslarning reproduksiyasini susaytirib, virus avlodlarining infeksionligini pasaytirib, nuqsonli virus zarrachalarini hosil bo‘lishiga olib kelib, bevosita viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Virus va bakterial infeksiyalarga nisbatan organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Sutkalik doza qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi, 8 soatda konsentrasiyasi asta-sekin kamayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon juda oz miqdorda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya qilingan dozalarda ishlatish, organizmda uning kumulyasiyasi uchun sharoit yaratmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda:
Bolalarda 4 yoshdan boshlab quyidagilarni majmuaviy davolashda:
Bolalarda 4 yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga sutkada bir marta ovqatdan 30 minut oldin, chaynamasdan, ½ stakan suv bilan, yoshi jihatidan quyidagi dozalarda qabul qilinadi:
4-6 yoshdagi bolalarga: 150 mg (bir tabletka) dan bir marta;
7-11 yoshdagi bolalarga: 300-450 mg (2-3 tabletka) dan bir marta,
kattalar va12 yoshdan oshgan bolalarga: 450-600 mg (3-4 tabletka) bir marta.
Takroriy kursni birinchi kurs tamom bo‘lganidan keyin 2-3 hafta o‘tganidan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kattalarda:
Bolalarda 4 yoshdan boshlab:
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish faoliyati yetarlicha shakllanmaganligi tufayli), preparatning komponentlarini yaxshi o‘zlashtirolmaslik, dekompensasiyalangan jigar sirrozi.
Ehtiyotkorlik bilan
Ovqat hazm qilish a‘zolarining zo‘rayish bosqichidagi kasalliklarida (me‘da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaksiyalarda preparatni qabul qilishdan oldin o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sikloferon ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari (interferonlar, ximioterapevtik dori vositalari va boshqalar) bilan mutanosibdir.
Interferonlar va nukleozidlarning analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi. Kimyoterapiya, interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Qalqonsimon bezining kasalliklarida shifokor-endokrinologning maslahati kerak.
Agar preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda birinchi imkoniyat tug‘ilgandayoq vaqt intervalini hisobga olmay va dozani ikki barobar oshirmasdan, davolash kursini boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.
Davolash samarasi bo‘lmagan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.