DINFLAZON PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Tarkibi va chiqarilish shakli
Tabiiy hom ashiyodan tayyorlangan nastoyka 100 ml.Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Qalampir yalpiz (Mentha rirerita l.), Tog‘rayxon (Origanum vulgare), Oddiy fenxel (Foeniculum vulgare Mill.), Moychechak (Matricaria chamomilla L.), Dorivor valeriana (Valeriana officinalisL.), Arpabodiyon (Anisum vulgare), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).
Ta’siri
Spazmolitik, o‘t haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, gaz haydovchi ta’siri bor;
Hazimlanish jarayonini motor va sekretor funksiyasini stimullaydi;
Me’da va ichak kolikalarida spazmni kamaytiradi;
Qo‘llanilishi
Oshqozon ichak trakini funksional buzilishlarida, meteorizmda, ich qotishlarida
O’tyo’llaridiskiniziyasida
Qo‘llash usuli va dozalari
Yakka tarzda belgilanadi.
Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 2,5-5ml dan kuniga 2mahal, ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 2 mahal ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Davolash kursini davomiyligi 10 kun.
Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.
Nojo‘ya ta’siri
Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me’yoridan ortiq ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa preparatlar bilan o‘zora ta’siri
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25ºC gacha haroratda saqlanishi kerak.
Saqlanish muddati-24 oy.
Manzil:Toshkent vil., Zangiota tum., Guliston QFY, GSKB ko‘chasi, 15 uy
Telefon: (+998 95) 196 30 06
E-mail: maxlinepharm@mail.ru
www.maxlinepharm.uz