Sanamin preparatini qo'llash bo'yicha YO'RIQNOMA
Tarkibi va chiqarilish shakli
Tabiiy homashiyodan tayyorlangan nastoyka 150 ml.Himoyalovchi plombali polietilen flakonda.(1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.
Dorivor Kalendula (Calendula L.), Na’matak (Rosa Canina), Qizil Miya (Glycyrrhiza L.), Aloe (Aloe arborescens L.), Andiz (Inula helenium L.), Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).
Ta'siri
-Balg'am ko'chiruvchi, mukolitik, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi;
-Balg'amning yopishqoqligini kamaytiradi;
-Nafas olishni engillashtiradi;
-Yo'talni kamaytiradi;
-O'pkadagi va ovozning xirillashini kamaytirishga yordam beradi.
Qo'llanilishi
-Nafas yo'llarining balg'am ko'chishi qiyinlashuvi bilan kechuvchi kasalliklar (tarxeit, bronxit, traxeobronxit, faringit). (Kompleks terapiya tarkibida)
Qo'llash usuli va dozalari
Yakka tarzda belgilanadi.
Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin.
3-16 yoshgacha bo'lgan bolalarda 2,5-5ml dan kuniga 3 mahal, ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.
Davolash kursini davomiyligi 14 kun.
Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(1 haftadan so'ng.)
Nojo'ya ta'siri
Ayrim hollarda allergic reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zora ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilgandan nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari
Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25ºC gacha haroratda saqlanishi kerak.
Saqlanish muddati-24 oy.
Manzil:Toshkent vil., Zangiota tum., Guliston QFY, GSKB ko‘chasi, 15 uy
Telefon: (+998 95) 196 30 06
E-mail: maxlinepharm@mail.ru
www.maxlinepharm.uz