Zanjabil
Zanjabil ekstrakti asal bilan
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Zanjabil SINGABERA ilmiy sanskritda “shoxli ildiz” deb tarjima qilinadi. Xalqda shuningdek “Oq ildiz” deb ataladi. Achchiq zanjabil Hindiston, Xitoy va Osiyoning janubiy-sharqida o’sadi.
Zanjabil tarkibi: Zanjabil efir moylari, asosan 70% gacha singiberen (zingiberen), 4% kraxmal, 1,5% gingerol , kamfen, linalool, gingerin, fellandren, bisabolen, borneol, sitral, sineol, qand va yog` saqlaydi.
1. А, Е, РР, С vitaminlari, В guruhi vitaminlari va h.z.;
2. Organik kislotalar (olein, linolen, kofein va boshqalar);
3. O`rni bosilmaydigan muhim aminokislotalar (leytsin, fenilalanin, treonin va boshqalar)
4. Makro va mikroelementlar (natriy, kaliy, magniy, ruh, kremniy, temir, kalsiy, marganets, fosfor va h.z.)
Zanjabil tarkibidagi vitaminlar va minerallar:
- 20 kkal kaloriya
- 117,65 mg kaliy
- 12,19 mg magniy
- 0,06 mg mis
- 0,06 mg marganets
- 0,05 mg В6 vitamini
Ishlab chiqarilish shakli: 10 g dan 10 ta sashe-paketlar
Zanjabil ekstrakti asal bilan - bu butun kun mobaynidagi energiya, kuchli immunitet va yaxshi xotira.
Zanjabilning foydali hususuyatlari:
Zanjabil davolovchi ta`sir ko`rsatmaydigan kasallikni topish qiyin. Zanjabil ildizi xalq tabobatida muvaffaqiyatli ishlatilishi bilan birga, xalqning dorivor retseptlarida ham qo`llaniladi.
Zanjabil
. shamollashda, O’RK, tamoq yallig’lanishi va og’rig’ida, grippda, yo’talni yengillshtirishda,
. hazm qilish organlari faoliyatini me`yorlashtirishda, oshqozon va ichak bezovtaligi hamda ovqat hazm qilish buzilishlarida tavsiya etiladi.oshqozon va ichak yo’llari kasallikarida zanjabil bilan qilingan parhez samaralidir.
.Yengil surgi hususiyati mavjud.
. Zanjabilning immunitetni ko`tarish va saqlash kabi foydali hususiyatlari malum. U antioksidant hususiyatga ham ega.
. Miya qon aylanishini yaxshilashga yordam berib, xotiraga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
. Tomirlarni mustahkamlab, ularni egiluvchan qiladi.
.Qonni suyultiruvchiadi va xolesterin miqdorini kamaytiruvchi komponentlar saqlaydi.
. Et yoki pay cho`zilishlarida og’riqni kamaytirishga yordam beradi, revmatizmda tavsiya etiladi.
.Qalqonsimon bez ishini me`yorlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. .
. Potentsiyani kuchayishiga ta’sir qilib, bepushtlikda ham tavsiya etiadi. Bachadon tonusini va jinsiy moyillikni kuchaytiradi.
. Shuningdek, terining holati yaxshilanadi, yuz terisining rangi tiniqlashadi.
Zanjabil ekstrakti asal bilan qollash usuli:
1 sashe-paket 100ml qaynatilgan issiq yoki sovuq suvda eritilib ichiladi. Kuniga 2-3 mahal ichish tavsiya qilinadi.
Shamollashda Zanjabil ekstrakti asal bilan qaynatilgan issiq suvda suyultirilib, kuniga 2-3 marotaba ichiladi.
Sog`lom turmush tarzi kechiruvchilar va shamollash belgilarini oldini olish uchun Zanjabil ekstraktini kunning qulay vaqtida ichishlari mumkin.
Parhezdagilar uchun bir kunda bir nechta sashe-paket qo‘llaniladi: har bir taom iste’mol qilishdan 20-30 daqiqa oldin va ovqat o`rniga.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va nojo‘ya ta’sirlari:
Belgilangan me’yorlarga rioya etilsa hech qanday nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan. Homiladorlik va emizikli davrda, shuningdek zanjabil ekstraktining komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo`llash mumkin emas.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Saqlash sharoiti: Quruq va salqin joyda, +25⁰С dan yuqori bo`lmagan haroratda saqlansin.
Barcha narsada muvaffaqiyatli bo‘ling,
Foydali va sog’lom ovqatni tanlang,
demak – sog’liq, kuch, yoshlik va faol uzoq umrni tanlang!