Savol-Javoblar

Sizlardan dori-darmon sotib olsa bo’ladimi?

Apteka.uz veb-sayti - bu farmatsevtika bozorining katta qismini qamrab olgan, O'zbekistonning professional farmatsevtika veb-resursi. Biz dori-darmonlarni o'zimiz sotmaymiz, ular haqidagi dolzarb va yangilangan ma'lumotlarni taqdim etamiz.


Portal orqali qanday ma'lumotlarni topish mumkin?

Sayt quyidagi toifalarga tegishli bo’lgan, tasdiqlangan va muntazam yangilanib turadigan ma'lumotlarni taqdim etadi:

- dorivor mahsulotlar va ular uchun ko'rsatmalar;

- turli profillardagi tibbiyot muassasalari;

- O'zbekistonda, MDH mamlakatlarida va xorijda dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan kompaniyalar;

- xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari;

- ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan kompaniyalar;

- farmatsevtika sanoati va tibbiyotdagi bo'sh ish o'rinlari.