Ushbu taklif aktual emas. Shunga o'xshash takliflarni ko'rish uchun - Oyoq uchun massaj qurilmalari kategoriyasiga o'ting
Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Oyoqlar uchun massajer – bu ko‘p funksiyali qurilma bo‘lib, oyoqlardagi og‘riq va charchoqni kamaytirish, sog‘lomlashtirish va tiklashga yordam beradi.
Kuchli va universal MF-7S massajeri bir vaqtning o‘zida to‘piq, boldir, oyoq panjasi va tovon qismlarini to‘liq massaj qilish imkonini beradi hamda charchoq va stressdan xalos etadi.
Oyoq tagida joylashgan noyob rolikli massaj mexanizmi samarali akupunktura asosidagi dam beruvchi massajni ta’minlaydi, siquvchi yostiqchalar esa teng bosim bilan tovon va boldir qismlarini yumshoq massaj qiladi. Massajerning og‘ish burchagini sozlash uchun maxsus oyoq tayanchi mavjud.
Oyoq panjasi uchun 3 xil massaj rejimi
Boldir uchun 3 xil massaj rejimi
3 ta vibratsion massaj va isitish dasturi
Oldindan belgilangan tezlikda ishlovchi massaj roliklari tovon, panja, boldir va to‘piq mushaklarini intensiv massaj qiladi, vibratsiya esa mushaklardagi taranglikni kamaytiradi va dam beradi.
Ikki xil rejimli infraqizil isitish massajning samaradorligini oshiradi.
Yorug‘lik indikatorlariga ega qulay boshqaruv paneli mavjud.
15 daqiqadan so‘ng avtomatik o‘chadi.
Fermuarli matoli qoplamalar olinadi va oson yuviladi.
Siz vibratsion massajer, rolikli massajer yoki urib massajlovchi turdagi massajlardan birini tanlashingiz mumkin.
Shaxsiy ehtiyojingizga qarab mos massaj turini tanlaysiz. Elektr mexanizm tufayli siz qo‘l bilan zo‘riqmasdan chuqur va samarali massaj olasiz va bularning barchasini uyda o‘zingizga qulay vaqtda bajara olasiz.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.