Элемвитал с органическим цинком (Zink):uz:Organik sinkli Elemvital (Elemvitals Zink)

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Organik sinkli Elemvital (Elemvitals Zink)

Mavjudligini aniqlashtiring
120 000 so'm /dona
Telegram orqali bog'lanish

Organik sinkli Elemvital (Elemvitals Zink)

Taʼrifi
Kuchli immunitet formulasi: organik shakldagi rux va mis organizmning erkin radikallardan himoyalash, hujayralarni yoshartirish jarayonini ragʻbatlantirish, erkaklar salomatligini mustahkamlash uchun zarur.

Rux
Shamollash kasalliklari, gripp epidemiyasi davrida va immuniteti pasayishida organizmga ruxning qoʻshimcha yetkazib berilishi zarurdir, uni Essential Minerals seriyasining "Organik rux" taʼminlashi mumkin.
Rux va misning mikroelementlarini organizm tomonidan oʻzlashtirilishi uchun eng qulay shakli - ushbu mahsulotda saqlanuvchi limon va sut kislotalari tuzlari koʻrinishidagi organik birikmalardir.

Organizmga tushib, rux quyidagi bir nechta asosiy funksiyalarni bajaradi:
- Erkin radikallarning hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
- Immunitetni mustahkamlaydi.
- Hujayralarni yoshartirish jarayonlarini ragʻbatlantiradi.
- Uchta asosiy gormonlar-anaboliklarning (oʻsish gormoni, oʻsishning insulinsimon omili va testosteronning) sintezini ragʻbatlantiradi.
- Prostata bezi holatini meʼyorlashtiradi va spermatozoidlar faolligini ragʻbatlantiradi.
- Hid bilish, taʼm bilish hissiyotlari jarayonlari uchun javob beradi.
- Qonda xolesterin darajasini pasaytiradi.
- Jarohatlarning bitishida ishtirok etadi, chunki organizm oqsillarining sintezida muhim rol oʻynaydi.

Majmua tarkibida:
- Exinatseya ekstrakti grippdan, shamollashdan va nafas olish va siydik chiqarish yoʻllarining infeksiya-yalligʻlanish kasalliklaridan himoya qiladi.
- Atserola ekstrakti – yaqqol koʻrinuvchan antioksidant taʼsirga ega, erkaklarning reproduktiv tizimini mustahkamlaydi.
- Naʼmatak ekstrakti - umumiy mustahkamlovchi va immunitetni ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, toʻqimalar regeneratsiyasini kuchaytiradi, qon tomirlar oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, uglevod va mineral almashinuvda ishtirok etadi, yalligʻlanishga qarshi xususiyatga ega.
- Mis sitrati arterial bosimning darajasini qoʻllab turadi, xolesterin va glyukozaning almashuvida ishtirok etadi, va, asosiysi - oragnizmda ruxning bioerishimligini oshiradi.

Qoʻllanilishi
Kattalarga ovqat iste’mol qilish vaqtida kuniga 1 kapsuladan qabul qilinsin. Qabul qilish muddati - 1 oy. Zarurat tugʻilganida qabul qilishni takrorlash mumkin.
Ist"emol qilishdan avval shifokoringiz bilan maslaxatlashing.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :