Ташкент
logo
SavatKirish

Fitagra

Mahsulot haqida tafsilotlar
Narxi kelishilgan holda

Ta'rif

Fitagra ekstraktlar asosidagi potensiyani oshirish uchun, o`ziga bo‘lgan 

ishonchni va to‘liq his-tuyg‘ularni qaytarishni istagan erkaklar uchun samarali vosita.

 

Preparatning savdo nomi: FITAGRA

Shakli: Peroral qabul qilish uchun kapsulalar.

Tarkibi: Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

• Eurycoma longifolia ekstrakti (TongkatAli) 100:1 – 250mg

• Tribulus ekstrakti – 150mg.

• Epimedium ekstrakti – 50mg.

• Sink laktat – 40mg

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy va kalsiy stearati, shakar, maltodekstrin, MKS.

Farmakologik xususiyatlari: Preparat erkaklarda jinsiy faollikni yaxshilashga, testosteron darajasini oshirishga, jismoniy chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Modda almashinuvini va tananing umumiy tonusini rag'batlantiradi.

Eurycoma longifolia. Tongkat Ali nomi bilan ham tanilgan Eurycoma longifolia Janubi-Sharqiy Osiyoda erkaklar afrodizyaki sifatida keng qo'llaniladi.Ushbu o'simlikning farmakologik faolligi uning tarkibida testosteron ishlab chiqarishni rag'batlantiruvchi kvassinoidlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek ba'zi manbalarga qaraganda, evrikoma preparatlarini qo'llash, immunitetning yaxshilanishiga olib keladi, kayfiyatni yaxshilaydi va osteoporozning rivojlanishini oldini oladi, erkaklar salomatligini mustahkamlaydi, kuch-quvvat va potensiyani oshiradi. Jinsiy aloqani uzaytiradi, ereksiya va sperma sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Stressni kamaytiradi, chidamlilikni oshiradi va jinsiy faoliyatni tiklaydi.

Tribulus. Umumiy tonusni oshiradi va jinsiy tizimning ayrim funksiyalarini faollashtiradi. Erkaklarda jinsiy istakni tiklaydi va kuchaytiradi, ereksiya davomiyligini uzaytiradi. Spermatogenezni rag'batlantiradi, spermatozoidlar soni va harakatchanligini oshiradi. Gipolipidemik ta'sirga ega bo'lib, dislipidemiya bilan kasallangan bemorlarda umumiy xolesterin va LDL (yomon xolesterin) darajasini pasaytiradi, biroq qon zardobidagi triglitseridlar va HDL (yaxshi xolesterin) darajasiga ta'sir qilmaydi.

Epimedium. Epimedium erkaklarning reproduktiv tizimi uchun foydali o'simlik sifatida qo'llaniladi. U o'rta yoshli va keksa erkaklarda uchraydigan erektil disfunktsiyani davolashda ishlatiladi. Bu modda “ikarin” deb ham ataladi, u azot oksidining uzatilishini rag'batlantirib, jinsiy a'zo to'qimalariga qon yetkazilishini yaxshilaydi. Ikarin ereksiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shu sababli Epimedium potensiyani oshiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi.

Sink. Sink testosteron va boshqa gormonlarni tartibga soluvchi muvozanatlashtiruvchi modda sifatida jinsiy salomatlik va faoliyatga hissa qo'shadi. U erkaklar asosiy jinsiy gormoni bo'lgan testosteron ishlab chiqarilishi bilan bog'liq biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Shuningdek, sink qon tomirlarining silliq mushaklarini bo'shashtiruvchi azot oksidi ishlab chiqarilishida muhim rol o'ynaydi, bu esa jinsiy a'zoning qon bilan ta'minlanishini yaxshilab, ereksiyani kuchaytiradi.

Qo'llanilishi: Erkaklarda erektil disfunktsiya, bepushtlik, erta bo'shanish, jinsiy faollikning susayishi (impotensiya), yaqinlikdan keyingi charchoqlik holatlarida qo'llaniladi.

Qo'llanilish usuli va dozalari: Peroral qabul qilish, ovqatdan keyin. Erkaklar: kuniga 1 marta 1 kapsuladan.

Qabul qilish muddati – 1 oy. Mutaxassis bilan maslahatlashgan holda qabul qilish kursi takrorlanishi mumkin.

Nojo'ya ta'sirlari: Allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparatni homilador va emizikli ayollar, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, yurak, jigar va buyraklar og'ir kasalliklari bo'lgan holatlarda, preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik, hamda prostata bezining giperplaziyasi mavjud bo'lsa, qo'llash mumkin emas. Dozalashga rioya qilish lozim, chunki ko'p miqdorda Tribulus ekstrakti, buyraklar uchun ortiqcha og'irlikga sabab bo'lishi mumkin.

Dori vositalari bilan o'zaro ta'siri: Diuretiklarning ta'sirini kuchaytirishi va antigipertenziv vositalarning bosimni pasaytiruvchi ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Tribulusni kuchli antikoagulyantlar (varfarin, klopidogrel va boshqalar) bilan birga qabul qilish mumkin emas. Aspirin bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash mumkin, chunki ko'plab dorivor o'simliklar singari, Tribulus ham boshqa dori vositalari bilan birga qo'llanganda ularning ta'sirini o'zgartirib yuborishi mumkin.

Chiqarilish shakli: Og'iz orqali qabul qilish uchun kapsulalar, №30, har bir blisterda 10 kapsuladan.

BFQ. Dori vositasi emas!

Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Saqlash sharoiti: Bolalar qo'li yetmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Berilish shartlari: Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchining nomi: «NAFF MEDICAL» MChJ

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil