Ташкент
logo
SavatKirish

GERBOFERR kapsulalar N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqaruvchi:СП ООО Nova Pharm
Narxi kelishilgan holda
MCHJ QK Nova Pharm
MCHJ QK Nova Pharm
O'zbekiston,Toshkent, Toshkent, Toshkent, Olmazor tumani, Nodir ko'ch., 92A uy
Mo'ljal: ресторан "Шаршара"

Ta'rif

Biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Dori vositasi emas.

Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Tarkibi

Punarnava (Boerhavia Diffusa) 50,0 mg

Operkulina turpet (Operculina Turpethum) 20,0 mg

Trikatu (Trikatu) 20,0 mg

Vidanga (Embelia ribes) 20,0 mg

Himolay kedri (Cedrus Deodara) 20,0 mg

Chitrak  (Plumbago Zeylanica) 20,0 mg

Andiz (Inula racemosa) 20,0 mg

Hind zirk (Berberis Aristata) 20,0 mg

Uzun zanjabil (Curcuma Longa) 20,0 mg

Tog‘ baliospermumi (Danti Mool) 20,0 mg

Trifala (Terminalia Chebula Linn) 20,0 mg

Chavya (Piper Retrofractum Vahl) 20,0 mg

Pikroriza kurroa (Picrorhiza Kurrooa) 20,0 mg

Uzun qalampir ildizlari (Piplamool) 20,0 mg

Nagarmota efir moyi (Cyperus Scariosus) 20,0 mg

Yumshoq holarena (Indrajao) 20,0 mg

Ta’siri

"GЕRBOFЕRR" - qon hosil qiluvchi funksiyani normallashtirishga yordam beradigan, mikroelementlarga boy tarkibiga ega bo‘lgan o‘simlik ekstraktlaridan tayyorlangan murakkab mahsulot bo‘lib, eritropoez va gemoglobin sintezi - anemiya xavfini kamaytirishning asosiy omillari hisoblanadi. Kompleks shuningdek quyidagilar uchun tavsiya etiladi:

 ovqat hazm qilish jarayonlarini rag‘batlantirish;

 gemoglobinning pasayishiga olib keladigan turli omillarning oldini olish;

 jismoniy va ruhiy holatni yaxshilash;

 oshqozon-ichak traktida ozuqa moddalarining so‘rilishini yaxshilash;

 tanaga umumiy mustahkamlash va tonik ta’sir ko‘rsatish;

 tananing umumiy qarshiligini oshirish;

 ozuqa moddalarining biologik mavjudligini oshirish, temirning so‘rilishini yaxshilash.

Bundan tashqari, "GЕRBOFЕRR" normal safro hosil bo‘lishiga va chiqarilishiga yordam beradi, ishtahani yaxshilaydi, ichakni o‘z vaqtida tozalashni ta’minlaydi va ovqat hazm qilish organlarining shilliq pardalarini turli xil zararli omillar ta’siridan ishonchli himoya qiladi. U antioksidant, detoksifikatsiya qiluvchi va gepatoprotektiv xususiyatlarga ega bo‘lib, jigar salomatligini qo‘llab-quvvatlash va temir metabolizmini yaxshilashga yordam beradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqat vaqtida kuniga 1 mahal  1 kapsuladan suv bilan ichilsin. Doza individual ehtiyojlarga qarab tanlanadi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

BFQ tarkibiga kiruvchi komponentlarga individual chidamsizlikda.

Standart qadog‘i

Kapsula ko‘rinishida flakonda 100 ta kapsula. Ichida ilova varaqasi bilan karton qutidagi flakon.

SOTIB OLINGANDA OCHILGAN FLAKON FOYDALANISHGA YAROQSIZ.

Yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti:

36 oy. 

Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonadan chiqarilishi

Shifokor retseptisiz.

Ishlab chiqaruvchi

«NOVA PHARM» MCHJ QK,O‘zbekiston Respublikasi.

Yurdik manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz sh., 190100, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 10-burilish, №2.

Tel: +99871 240-62-26, +99871 240-62-09.

novapharmgroup.com

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil