Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Biologik faol qo‘shimcha (BFK). Dori vositasi emas.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Tarkibi
Har bitta kapsula 500 mg o‘zida saklaydi:
Kurkumin 500,0 mg
Ozuqaviy qiymati
Vitamin B1 (Tiamin) 0,3 mg
Vitamin V 2 (Riboflavin) 0,75 mg
Vitamin B4 (Xolin) 250,0 mg
Vitamin V5 (Pantoten kislota) 3,0 mg
Vitamin V 3 (PP, Nikotin kislota) 6,75 mg
Vitamin S (Askorbin kislotasi) 3,5 mg
Vitamin E (Tokoferol) 7,0 mg
Kaliy (K, Kalium) 2080,0 mg
Kalsiy (Ca, Calcium) 840,0 mg
Magniy (Mg, Magnesium) 150,0 mg
Fosfor (P, Phosphorus) 350,0 mg
Mis (Cu, Cuprum) 450,0 mkg
Marganes (Mn, Manganum) 3,0 mg
Temir (Fe, Ferrum) 10,0 mg
Ruh (Zn, Zincum) 6,0 mg
Selen (Se, Selenium) 31,0 mg
Farmakologik xususiyatlari
Biologik faol qo‘shimcha (BFK) «Kurkumin» immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ishtahani oshiradi, shuningdek qondagi xolesterin miqdorini tartibga soladi.
Kurkumin tarkibida quyidagi vitaminlar mavjud:
Vitamin B1 (Tiamin) - uglevodlar va ba’zi aminokislotalar metabolizmida muhim rol o‘ynaydi.
Vitamin V2 (Riboflavin) - redoks reaksiyalarining faol ishtirokchisidir. U xujayrada nafas olish, uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvi uchun javobgardir. Riboflavin antitela va qizil qon tanachalarini - tanadagi kislorodni olib yuradigan qon xujayralarini shakllantirishda ishtirok etadi.
Vitamin V 4 (Xolin) - Xolin, xotirani kuchaytirish va miya faoliyatini yaxshilash uchun dori sifatida.
Vitamin V5 (Pantoten kislota) - yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar almashinuvi, hayotiy muhim yog‘ kislotalari, xolesterin, gistamin, atsetilxolin, gemoglobin sintezi uchun zarurdir.
Vitamin V3 (PP, nikotin kislota) - organizmning normal ishlashi va sog‘ligini saqlash uchun juda muhimdir.
Vitamin S (askorbin kislotasi) - to‘qimalar, milklar, qon tomirlari, suyaklar va tishlardagi hujayralar o‘sishi va tiklanishi uchun muhim bo‘lgan, organizm tomonidan temirning so‘rilishini rag‘batlantiradi.
Vitamin E (tokoferol) - gem va oqsillarning biosintezida, hujayralar ko‘payishida, to‘qimalarning nafas olishida va xujayralardagi boshqa metabolik jarayonlarda qatnashadi.
Kaliy - kaliy asab impulslarini o‘tqazish va ularni innervatsiya qilingan organlarga yetkazish jarayonida ishtirok etadi. Kislorod ta’minotini yaxshilash orqali miya faoliyatini yaxshilaydi. Bu ko‘plab allergik kasalliklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Skelet mushaklarining qiskarishi uchun kaliy talab qilinadi. Kaliy organizmdagi tuzlar, ishqorlar va kislotalarning tarkibini tartibga soladi.
Kalsiy - bizning tishlarni sog‘lom saqlash va suyaklarni baquvvat qilish uchun kerak. U mushaklarning qisqarishi va asab to‘qimalarining ko‘zg‘aluvchanlik jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Magniy - xujayralardagi ko‘plab hayotiy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, u nerv-mushak impulslarini uzatishda ishtirok etadi. Shuningdek, mushak, yurak va asab to‘qimalarining metabolizmini tartibga soladi.
Fosfor - tananing suyak va tish to‘qimalarining normal o‘sishini ta’minlaydi, ularni sog‘lom holatda ushlab turadi, oqsil sintezida ishtirok etadi, yog‘lar, oqsillar va uglevodlar metabolizmida muhim rol o‘ynaydi. Muskullar fosfor holda ishlay olmaydi.
Mis- mis tarkibli oqsillar va fermentlarning bir qismidir (taxminan 25), ular metabolik jarayonlarni tezlashtirish, to‘qima nafas olishini kuchaytirish, glyukoza oksidlanishini tezlashtirish va boshqa muhim rol o‘ynaydi, mis temir bilan birgalikda gemotopozda muhim rol o‘ynaydi.
Marganes - oqsillar, uglevodlar va yog‘larning metabolizmiga faol ta’sir qiladi.
Temir- qondagi gemoglobin hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi, qalkonsimon gormonlar sintezida ishtirok etadi.
Ruh - bu hujayra membranalarini himoya qiluvchi va barqarorlashtiradigan, nuklein kislotalar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarning o‘zaro ta’siri jarayonlarida ishtirok etadigan fermentlarning bir qismi.
Selen - oqsillar va eritrotsitlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi, fermentlar va gormonlar tarkibiga kiradi, terining, tirnoqlarning va sochlarning holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, erkin radikallar paydo bo‘lishini oldini oladi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
- Immunitetni va infeksiyalarga chidamliligini kuchaytiradi;
- Safro, ovqat hazm qilish sharbatlari va ovqat hazm bo‘lishini normallashtiradi;
- Metabolizmni, jismoniy holatni, umumiy sog‘liqni yaxshilaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: har kuni suv bilan 1 kapsuladan.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar: individual ehtiyojlariga qarab ovqatdan oldin kuniga 1 kapsuladan.
Qabul qilish muddati kamida 2 oy. Agar kerak bo‘lsa, kursni takrorlash mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kurkumin homilador va emizikli ayollar, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan qabul qilinmasligi kerak, shuningdek mahsulotga yuqori sezgirlik.
Standart qadog‘i
Birlamchi qadoklash: flakonda 60 va/yoki 100 kapsula. Flakon ilova varaqasi bilan birgalikda karton quti ichida va/yoki 10 ta kapsuladan blister /tasma 1 va/yoki 10 dona blister/tasma ilova varaqasi bilan birgalikda karton qadoqda.
Dorixonadan chiqarilishi
Shifokor retseptisiz.
Yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti
36 oy.
Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi
«Nova Pharm» MCHJ QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz sh., 190100, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 10-burilish, №2.
Tel: +99871 240-62-26, +99871 240-62-09.
novapharmgroup.com
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.