Ташкент
logo
SavatKirish

LIV-PROTEKT GEPA+ kapsulalar N100

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqaruvchi:СП ООО Nova Pharm
Narxi kelishilgan holda
MCHJ QK Nova Pharm
MCHJ QK Nova Pharm
O'zbekiston,Toshkent, Toshkent, Toshkent, Olmazor tumani, Nodir ko'ch., 92A uy
Mo'ljal: ресторан "Шаршара"

Ta'rif

Biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Dori vositasi emas.

Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Tarkibi

Har bitta kapsula o‘zida saklaydi:

Andrografis popukli (Andrographis paniculata) 125,0 mg

Fillantus niruri (Phyllanthus niruri) 125,0 mg

Yurak bargli Marena (Rubia cordifolia)      50,0 mg

Ok Eklipta (Eclipta alba) 50,0 mg

Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) 50,0 mg

Punarnava (Punarnava) 50,0 mg

Limon (Nimbu) 50,0 mg

Ozuqaviy qiymati

Vitamin V1 (tiamin) 2,0 mg

Vitamin V5(pantotenovaya kislota) 5,0 mg

Vitamin V3 (PP, nikotinovaya kislota) 10,0 mg

Vitamin S (askorbinovaya kislota) 50,0 mg

Vitamin A (retinol) 0,8 mg

Vitamin Ye (tokoferol) 20,0 mg

Vitamin R (rutin) 15,0 mg

Kaliy 2,0 g

Kalsiy 0,5 g

Magniy 0,025 g

Fosfor 0,5 g

Mis 1,0 mg

Marganes 5,0 mg

Temir 7,0 mg

Biologik faol qo‘shimcha (BFK)

LIV PROTЕKT Gepa+ ozuqaga qo‘shimcha jigarni tarkibiy va funksional qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadigan bioflavonoidlar va saponinlar bilan diyetani to‘ldirish uchun ishlatiladi. Oziq-ovqatlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik bilan bog‘liq fermentativ va mineral yetishmovchiligini to‘ldiradi. Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, organizmga umumiy mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi, jigarning detoksifikatsiya funksiyalarini yaxshilaydi.

Ta’siri

Gepatoprotektiv ta’sirga ega

Ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi

Toksinlar va metabolik mahsulotlarni tabiiy ravishda yo‘q qilishni tezlashtiradi

Jigarni detoksifikatsiya qilish funksiyasini oshiradi

O‘t haydovchi ta’siriga ega

Dozalash va qo‘llash usuli

Kattalarga: 1-2 kapsuladan kuniga 2 maxal ovqat qabul qilish vaqtida. Doza jigar holatiga ham karab tayinlanadi.

12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 kapsuladan kuniga 1 maxal ovqat qabul qilish vaqtida.

Qo‘llash usulidan chetga chiqilmasin.

Nojo‘ya ta’sirlari

Qabulning dastlabki 10-14 kunligida quyidagi holatlar kuzatilishi mumkin:

Ko‘ngil aynishi;

Jig‘ildon qaynashi;

Kekirish;

Qorin shishi

Ushbu belgilar paydo bo‘lganda, preparatni ovqatdan 5-10 daqiqa oldin, ko‘p miqdorda suv bilan ichiladi. 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

BFQ komponentlariga bo‘lgan sezuvchanlik

Xomiladorlikning birinchi uch oyligida

Maxsus ko‘rsatmalar: Xomiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligidagi va emizuvchi ayollarga faqatgina shifokor tavsiyasi bilan qo‘llaniladi.

Yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari

36 oy.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yukori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Standart qadog‘i

Flakonda №60/№100, kapsulalar. Flakon ilova varaqasi bilan birgalikda karton quti ichida.

Sotib olinganda ochilgan flakon foydalanishga yaroqsiz.

Dorixonadan chiqarilishi

Shifokor retseptisiz.

Ishlab chiqaruvchi

«Nova Pharm» MCHJ KK, O‘zbekiston Respublikasi.

Yuridik manzil: Surxondaryo viloyati. Termiz sh., 190100, So‘fi Oliver ko‘chasi, 10-burilish, №2

Tel: +99871 240-62-26, +99871 240-62-09.

novapharmgroup.com

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil