Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
"Qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, ayniqsa agar prezervativlar oral yoki anal jinsiy aloqa uchun qo‘llanilsa.
Prezervativni jinsiy olat sherik tanasiga tekkuncha taqish kerak. Bu homiladorlikni yuzaga kelishi va jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni yuqishini oldini olishga yordam berishi mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida – qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
DIQQAT: Qo‘llashdan oldin prezervativning yaroqlilik muddati tekshiriladi. Agar individual o‘ram shikastlangan bo‘lsa, prezarvativni tashlab yuborish va shikastlanmagan o‘ramdan yangi prezervativni qo‘llash kerak.
BUYURILISHI
Prezervativlar noxush homiladorlikni oldini olish va OITV va jinsiy yo‘l orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun to‘siq vositasi sifatida qo‘llanadi.
QO‘LLASH USULI
1. O‘ram tishli qirrasi tomonidan yirtib ochiladi va prezarvativ bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qilinadi, chunki tirnoqlar va o‘tkir jismlar bilan shikastlash mumkin.
2. Prezevativ tashqi tomonga aylantirilganligini tekshirish kerak. To‘ldiruvchini bosib, prezervativ ereksiya holatidagi jinsiy olat boshchasiga kiydiriladi.
3. Prezervativ jinsiy olat asosigacha yoyiladi. Agar prezevativ yoyilmasa, demak u teskari tomonga aylantirilgan bo‘ladi. Ushbu prezervativni tashlab yuborish va yangisini ishlatish kerak. Prezervativni siljishi hissida yoki u jinsiy olatni haddan tashqari qisganida to‘xtash va tekshirish kerak, chunki bu prezervativning butunligini buzilishiga olib kelishi mumkin. Eyakulyatsiyadan keyin prezervativni jinsiy olat asosida zich ushlab turib uni darhol chiqarib olish va prezervativni ehtiyotkorlik bilan yechish kerak.
4. Axlat chelakka tashlab yuboriladi. Prezervativni unitazga tashlash mumkin emas.
Prezervativlar bg‘lish xavfini tug‘dirishi mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Agar prezervativ dastlab oral jinsiy aloqa uchun ishlatilsa, jinsiy aloqaning boshqa keyingi turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish kerak.
Prezervativlar faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Takroriy qo‘llash prezervativning butunligini buzilishiga yoki jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni yuqishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Prezervativning tarkibiga kiruvchi biron-bir komponentga yuqori sezuvchanlik yoki allergiya. Agar terida yallig‘langan soha yoki shikastlanishlar/yaralar bo‘lsa, prezervativni anestetiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya SAMARALAR
Prezervativlar tabiiy lateksdan tayyorlangan, ular allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok chaqirishi mumkin, agar iste’molchida lateksga kabi allergiya bo‘lsa.
Benzokain saqlovchi lubrikant (moylovchi) toshma, ta’sirlanish, achishish yoki qichishish hissini chaqirishi mumkin.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Prezervativlar bilan qo‘llash uchun tavsiya etilgan moylovchilardan foydalansin. Neftdan olingan va moy asosidagi moylovchilar (masalan vazelin, bolalar moyi), ayrim pessariylar, shuningdek jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan ayrim mahalliy qo‘llash uchun dori vositalari prezervativni shikastlashi mumkin. Benzokain saqlovchi lubrikant (moylovchi) toshma, ta’sirlanish, achishish yoki qichishish hissini chaqirishi mumkin. Prezervativ qo‘llanilgandan keyin uni sinchkovlik bilan yuvish va ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Agar terini ta’sirlanishi, achishish yoki qichishish his qilinsa, prezervativni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Agar ta’sirlanishi, achishish yoki qichishish ma’lum vaqtdan keyin o‘tib ketmasa, mutaxassisga murojaat etish kerak. Agar jinsiy sheriklardan birida terida yallig‘langan yoki shikastlangan sohalar bo‘lsa, prezervativning ushbu turidan foydalanish mumkin emas. Agar prezervativning ushbu turidan foydalanilganda jinsiy sheriklardan birida nafas olish qiyinlashsa va/yoki lablar ko‘karsa, uni qo‘llashni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Muddatidan oldin eyakulyatsiya keng tarqalgan muammo bo‘lib hisoblanadi. U ko‘pgina sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin va tibbiy maslahat/tibbiy kuzatuvni talab etadi. Agar prezervativning ushbu turi yordam bermasa, shifokorga murojaat etish kerak.
Agar prezervativni qo‘llash vaqtida diskomfort yoki ta’sirlanish his kuzatilsa, prezervativni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Quyidagi holatlarda mutaxassis bilan maslahatlashish kerak:
• Prezervativni boshqa kontratseptivlar bilan mutanosibligi haqida;
• Jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan mahalliy qo‘llash uchun dori vositasi bilan birga qo‘llanilganda;
• Agar prezervativ qo‘llanilgandan keyin ta’sirlanish/diskomfort saqlansa;
• Agar Sizda lateksga allergiya mavjudligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa;
• Agar prezervativ teshilgan yoki qo‘llash vaqtida yirtilib ketsa (buni iloji boricha tezroq 72 soat davomida amalga oshirish kerak).
• agar jinsiy sheriklardan birida nafas olish qiyinlashsa va/yoki lablar ko‘karsa.
Kontratsepsiyaning hech bir usuli noxush homiladorlik, OITV yoki jinsiy yo‘l orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoyani kafolatlamaydi.
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.