Презервативы Durex Real Feel №12 (из синтетического латекса):uz:Durex Real Feel №12 prezervativ (sintetik lateks)

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Durex Real Feel №12 prezervativ (sintetik lateks)

Mavjudligini aniqlashtiring
178 354 so'm /qadoq
Telegram orqali bog'lanish

FOYDALANISHDAN AVVAL
Iltimos, ayniqsa agar siz prezervativlardan oral yoki anal jinsiy aloqa uchun  foydalanishga hozirlanayotgan bo‘lsangiz, foydalanishdan avval yo‘riqnomani diqqat  bilan o‘qib chiqing.
Prezervativni eregen jinsiy a’zoga u sherik tanasiga tegishidan/jinsiy aloqa  boshlanishidan avval kiygizing.
Bu istalmagan homiladorlikning va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning  uzatilishining yuzaga kelish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
DIQQAT: agar alohida qadog‘i shikastlangan bo‘lsa, prezervativdan foydalanmang. 
Alohitda qadog‘i shikastlangan hollarda prezervativni tashlab yuboring va yangi  shikastlanmagan qadoqdagisidan foydalaning. Foydalanishdan avval prezervativning  yaroqlilik muddatini tekshiring.
TAYINLANISHI: prezervativlardan kontratsepsiyaning to‘siqli vositasi sifatida  (istalmagan homiladorlikning oldini olishga yordam beradi) va OITS hamda jinsiy yo‘l  bilan yuquvchi boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun foydalaniladi.
QO‘LLASH USULI
1. Qadoqni tishli qirrasi tomonidan yirting va prezervativni ehtiyotkorlik bilan 
chiqarib oling.
2. Prezervativning tashqariga o‘ralganligini tekshiring. Yig‘gichni 
prezervativning oxiriga bosing.
3. Uni jinsiy a’zoning uchidan asosiga tomon ochib borgan holda prezervativni  kiying. Prezervativning jinsiy a’zoni xaddan tashqari qismayotganligi yoki undan  sirpanib tushib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling, chunki bu jinsiy aloqa  vaqtida prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Eyakulyatsiyadan keyinoq jinsiy a’zonit chiqarib oling, bunda uning asosida prezervativni mahkam ushlab turgan holda prezervativni ehtiyotlik bilan chiqarib 
oling.
4. Prezervativni axlat chelagiga tashlang. Prezervativni unitazga tushirib  yubormang.
Prezervativlar faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Takroriy foydalanish prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin va  jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning yuqish va istalmagan homiladorlikning  yuzaga kelish xavfini orttiradi.
Agar prezervativdan avval oral jinsiy aloqa uchun foydalanilsa, keyingi jinsiy aloqa  turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish lozim.
Anal jinsiy aloqa uchun yoki zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha yog‘lashdan foydalaning.
QO‘LLAB BO‘LMAYDIGAN HOLATLAR
Prezervativ tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga nisbatan orttirilgan  ta’sirchanlik/allergiya.
MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TA’SIRLAR
Prezervativlar tarkibiga kiruvchi komponentlar allegik reaksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Komponentlardan istalganiga nisbatan orttirilgan ta’sirchanlik yoki  allergiyalar mavjud bo‘lgan hollarda mutaxassis bilan maslahatlashing.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Agar diskomfortni his qilsangiz; prezervativ jinsiy aloqa vaqtida yirtilib ketsa yoki sirpanib tushib ketsa, prezervativdan foydalanishni darhol to‘xtating va mutaxassisga murojaat qiling (buni imkoni boricha darhol yoki 72 soat ichida qilish tavsiya qilinadi). 
Prezervativlar bilan foydalanish uchun tavsiya qilingan lubrikantdan (smazkadan) foydalaning. Doimo lubrikant (smazka) qadog‘idagi yo‘riqnomani o‘qib chiqing.
Neftdan olinadigan yoki moy asosidagi (masalan, vazelin, bolalar moyi) lubrikantlar (smazkalar), ayrim pesariyalar hamda ayrim mahalliy qo‘llaniluvchi dori vositalari 
prezervativni zararlashi mumkin, shuning uchun ham prezervativdan foydalanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Prezervativning boshqa homiladorlikdan saqlanish vositalari bilan mosligi to‘g‘risida mutaxassis bilan maslahatlashing.
Kontratsepsiyaning birorta ham usuli istalmagan homiladorlik, OITS yoki jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoya bilan ta’minlamaydi.
O‘zingiz tanlaydigan prezervativlar to‘g‘risida www.durex.ru saytida ko‘proq biling.
SAQLASH SHAROITI
Yorug‘likdan himoyalangan, kuruk joyda 0 dan 25 gacha haroratda, saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI
5 yil.
CHIQARILISH SHAKLI
Har bir prezervativ folgali qutiga joylanadi. 3 yoki 12 prezervativlar karton qutiga 
joylanadi.
ISHLAB CHIQARUVCHI
Reckitt Benckiser Healthcare UK Ltd, Buyuk Britaniya

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Chilonzor 1-chi mavzesi, Chilonzor ko'ch., Toshkent, Toshkent, O'zbekiston