Презервативы Contex Romantic Love №3 (с ароматизированной смазкой):uz:Contex Romantic Love №3 prezervativ (xushbo'y moyli)

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Contex Romantic Love №3 prezervativ (xushbo'y moyli)

Mavjudligini aniqlashtiring
26 910 so'm /qadoq
Telegram orqali bog'lanish

"Qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, ayniqsa agar prezervativlar oral yoki anal jinsiy aloqa uchun qo‘llanilsa. 

Prezervativni jinsiy olat sherik tanasiga tekkuncha taqish kerak. Bu homiladorlikni yuzaga kelishi va jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni yuqishini oldini olishga yordam berishi mumkin. 

DIQQAT: Qo‘llashdan oldin prezervativning yaroqlilik muddati tekshiriladi. Agar individual o‘ram shikastlangan bo‘lsa, prezarvativni tashlab yuborish va shikastlanmagan o‘ramdan yangi prezervativni qo‘llash kerak.

BUYURILISHI

Prezervativlar noxush homiladorlikni oldini olish va OITV va jinsiy yo‘l orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun to‘siq vositasi sifatida qo‘llanadi.

QO‘LLASH USULI

1. O‘ram tishli qirrasi tomonidan yirtib ochiladi va prezarvativ bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qilinadi, chunki tirnoqlar va o‘tkir jismlar bilan shikastlash mumkin.

2. Prezevativ tashqi tomonga aylantirilganligini tekshirish kerak. To‘ldiruvchini bosib, prezervativ ereksiya holatidagi jinsiy olat boshchasiga kiydiriladi.

3. Prezervativ jinsiy olat asosigacha yoyiladi. Agar prezevativ yoyilmasa, demak u teskari tomonga aylantirilgan bo‘ladi. Ushbu prezervativni tashlab yuborish va yangisini ishlatish kerak. Prezervativni siljishi hissida yoki u jinsiy olatni haddan tashqari qisganida to‘xtash va tekshirish kerak, chunki bu prezervativning butunligini buzilishiga olib kelishi mumkin. Eyakulyatsiyadan keyin prezervativni jinsiy olat asosida zich ushlab turib uni darhol chiqarib olish va prezervativni ehtiyotkorlik bilan yechish kerak.

4. Axlat chelakka tashlab yuboriladi. Prezervativni unitazga tashlash mumkin emas.

Faqat prezervativlar bilan qo‘llash tavsiya etilgan moylovchilarni qo‘llash kerak.

Anal jinsiy aloqa uchun yoki zarurati bo‘lganida prezervativning tashqi tomoniga qo‘shimcha moylovchini qo‘llash kerak. Bunday moylovchini qo‘llashdan oldin moylovchi o‘ramidagi qo‘llanilishigi doir ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish kerak.

Prezervativlar bg‘lish xavfini tug‘dirishi mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Agar prezervativ dastlab oral jinsiy aloqa uchun ishlatilsa, jinsiy aloqaning boshqa keyingi turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish kerak.

Prezervativlar faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Takroriy qo‘llash prezervativning butunligini buzilishiga yoki jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni yuqishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Prezervativning tarkibiga kiruvchi biron-bir komponentga yuqori sezuvchanlik yoki allergiya. 

KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya SAMARALAR

Prezervativlar tabiiy lateksdan tayyorlangan, ular allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok chaqirishi mumkin, agar iste’molchida lateksga allergiya bo‘lsa.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Prezervativlar bilan qo‘llash uchun tavsiya etilgan moylovchilardan foydalansin. Neftdan olingan va moy asosidagi moylovchilar (masalan vazelin, bolalar moyi), ayrim pessariylar, shuningdek jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan ayrim mahalliy qo‘llash uchun dori vositalari prezervativni shikastlashi mumkin. 

Agar prezervativni qo‘llash vaqtida diskomfort yoki ta’sirlanish his kuzatilsa, prezervativni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Quyidagi holatlarda mutaxassis bilan maslahatlashish kerak:

• Prezervativni boshqa kontratseptivlar bilan mutanosibligi haqida;

• Jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan mahalliy qo‘llash uchun dori vositasi bilan birga qo‘llanilganda;

• Agar prezervativ qo‘llanilgandan keyin ta’sirlanish/diskomfort saqlansa;

• Agar Sizda lateksga allergiya mavjudligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa;

• Agar prezervativ teshilgan yoki qo‘llash vaqtida yirtilib ketsa (buni iloji boricha tezroq 72 soat davomida amalga oshirish kerak).

Kontratsepsiyaning hech bir usuli noxush homiladorlik, OITV yoki jinsiy yo‘l orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoyani kafolatlamaydi."

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Chilonzor 1-chi mavzesi, Chilonzor ko'ch., Toshkent, Toshkent, O'zbekiston