Презервативы Durex Elite №3 (сверхтонкие):uz:Prezervativlar Durex Elite №3 (juda yupqa)

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Prezervativlar Durex Elite №3 (juda yupqa)

Mavjudligini aniqlashtiring
38 483 so'm /qadoq
Telegram orqali bog'lanish

"Qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, ayniqsa agar prezervativlar oral yoki anal jinsiy aloqa uchun qo‘llanilsa.
Prezervativni jinsiy olat sherikning tanasiga tegishidan oldin taqish kerak. Bu homilador bo‘lishni oldini olish va jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan kasalliklarni yuqishinini oldini olishga yordam berishi mumkin.
DIQQAT: Qo‘llashdan oldin prezervativning o‘ramidagi yaroqlilik muddati tekshirilsin. Yaroqlilik muddati o‘tgach prezervativ qo‘llanilmasin. Agar individual o‘ram shikastlangan bo‘lsa yoki prezervativning xususiyatlarini yomonlashishi aniqlansa, prezervativ tashlab yuborilsin va shikastlanmagan o‘ramdagi yangisi qo‘llanilsin.
BUYURILISHI/ QO‘LLANILISHI
Prezervativlar noxush homiladorlikni oldini olish uchun kontratsepsiyaning to‘siqli usuli sifatida va OITV va jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun qo‘llanadi. Tibbiy buyum faqat mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
QO‘LLASH USULI
1. O‘ramni tishli tomonidan yirtib ochiladi va prezervativ bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qilinadi, chunki uni tirnoqlar va o‘tkir jismlar bilan shikastlash mumkin.
2. Prezervativ tashqariga aylantirilganligini tekshiring. To‘plovchini bosib prezervativni ereksiya holatidagi jinsiy olatga kiydiring.
3. Prezervativni penis asosi tomon ochiladi. Agar prezervativ ochilmasa, demak u teskari tomonga ochilgan. Uni tashlab yuborish va yangisini qo‘llash kerak. Prezervativ sirpanganda yoki jinsiy olatni haddan tashqari qisganida to‘xtash va tekshirish kerak, chunki bu prezervativning butunligini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Eyakulyatsiyadan keyin jinsiy olatni darhol chiqarib olish, prezervativni uni asosida zich ushlab va prezervativ ehtiyotkorlik bilan yechiladi.
4. Axlat chelakka tashlab yuboriladi. Prezervativni unitazga tashlash mumkin emas.
Anal jinsiy aloqa uchun yoki zarurati bo‘lganida prezervativning tashqi tomonida qo‘shimcha moylovchi vosita qo‘llanilsin.
Prezervativlar bo‘g‘ilish xavfini tug‘dirishi mumkin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Agar prezervativ dastlab oral jinsiy aloqa uchun qo‘llanilsa, keyingi jinsiy aloqalarning boshqa turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish kerak.
Prezervativ faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Takroran qo‘llash prezervativning butunligini buzilishiga yoki infeksiya yuqishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Prezervativ tarkibiga kiruvchi komponentlardan birontasiga yuqori sezuvchanlik yoki allergiyada qo‘llash mumkin emas.
KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya SAMARALAR
Prezervativlar tabiiy lateksdan tayyorlangan, u prezervativning har qanday komponentlari kabi, agar iste’molchida lateksga allergiya bo‘lsa, allergik reaksiya, shu jumladan anafilaktik shok chaqirishi mumkin.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Prezervativlar bilan qo‘llash uchun tavsiya etilgan moylovchi vositalardan foydalansin. Neftdan olingan va moy asosli moylovchi vositalar (masalan vazelin, bolalar moyi), ayrim pessariyalar, shuningdek jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan mahalliy qo‘llash uchun ayrim dori vositalari prezervativni shikastlashi mumkin.
Prezervativni qo‘llash vaqtida diskomfort yoki ta’sirlanish hissi paydo bo‘lganida prezervativni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Quyidagi holatlarda mutaxassis bilan maslahatlashish kerak:
- prezervativlarni boshqa kontratseptivlar bilan mutanosibligi;
- jinsiy olatga surtiladigan yoki qinga yuboriladigan mahalliy qo‘llash uchun ayrim dori vositalari qo‘llanilganda;
- agar prezervativ qo‘llanilgandan keyin ta’sirlanish/diskomfort saqlansa;
- agar Siz sizda lateksga allergiya mavjudligiga ishonch hosil qilmasangiz;
- agar prezervativni qo‘llash vaqtida teshilsa yoki yirtilsa (buni iloji boricha tezroq 72 soat davomida amalga oshirish kerak).
Kontratsepsiyaning hech qaysi usuli noxush homiladorlik, OITV yoki jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoyani kafolatlamaydi."

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Chilonzor 1-chi mavzesi, Chilonzor ko'ch., Toshkent, Toshkent, O'zbekiston