Презервативы Durex Invisible №12 (ультратонкие) NEW:uz:Durex ko'rinmas prezervativlar №12 (Ultra yupqa) YANGI

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Durex ko'rinmas prezervativlar №12 (Ultra yupqa) YANGI

Mavjudligini aniqlashtiring
160 218 so'm /qadoq
Telegram orqali bog'lanish

"Iltimos, ayniqsa agar siz prezervativlardan oral yoki anal jinsiy aloqa uchun foydalanishga hozirlanayotgan bo‘lsangiz, foydalanishdan avval yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Prezervativni eregen jinsiy a’zoga u sherik tanasiga tegishidan/jinsiy aloqa boshlanishidan avval kiygizing.

Bu istalmagan homiladorlikning va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning uzatilishining yuzaga kelish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

DIQQAT: agar alohida qadog‘i shikastlangan bo‘lsa, prezervativdan foydalanmang. Alohitda qadog‘i shikastlangan hollarda prezervativni tashlab yuboring va yangi shikastlanmagan qadoqdagisidan foydalaning. Foydalanishdan avval prezervativning yaroqlilik muddatini tekshiring.

TAYINLANISHI: prezervativlardan kontratsepsiyaning to‘siqli vositasi sifatida (istalmagan homiladorlikning oldini olishga yordam beradi) va OITS hamda jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun foydalaniladi.

QO‘LLASH USULI

1.     2.     3.     4.  

1. Qadoqni tishli qirrasi tomonidan yirting va prezervativni ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling.

2. Prezervativning tashqariga o‘ralganligini tekshiring. Yig‘gichni prezervativning oxiriga bosing.

3. Uni jinsiy a’zoning uchidan asosiga tomon ochib borgan holda prezervativni kiying. Prezervativning jinsiy a’zoni xaddan tashqari qismayotganligi yoki undan sirpanib tushib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling, chunki bu jinsiy aloqa vaqtida prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Eyakulyatsiyadan keyinoq jinsiy a’zonit chiqarib oling, bunda uning asosida prezervativni mahkam ushlab turgan holda prezervativni ehtiyotlik bilan chiqarib oling.

4. Prezervativni axlat chelagiga tashlang. Prezervativni unitazga tushirib yubormang.

Prezervativlar faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Takroriy foydalanish prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning yuqish va istalmagan homiladorlikning yuzaga kelish xavfini orttiradi.

Agar prezervativdan avval oral jinsiy aloqa uchun foydalanilsa, keyingi jinsiy aloqa turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish lozim.

Anal jinsiy aloqa uchun yoki zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha yog‘lashdan foydalaning.

QO‘LLAB BO‘LMAYDIGAN HOLATLAR

Prezervativ tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga nisbatan orttirilgan ta’sirchanlik/allergiya.

MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TA’SIRLAR

Prezervativlar tarkibiga kiruvchi tabiiy lateks allergik reaksiyalar, jumladan anafilatik shokni yuzaga keltirishi mumkin. Tabiiy lateksga nisbatan orttirilgan ta’sirchanlik yoki allergik reaksiyalar mavjud bo‘lgan hollarda ushbu mahsulotdan foydalanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Agar diskomfortni his qilsangiz; prezervativ jinsiy aloqa vaqtida yirtilib ketsa yoki sirpanib tushib ketsa, prezervativdan foydalanishni darhol to‘xtating va mutaxassisga murojaat qiling (buni imkoni boricha darhol yoki 72 soat ichida qilish tavsiya qilinadi). 

Prezervativlar bilan foydalanish uchun tavsiya qilingan lubrikantdan (smazkadan) foydalaning. Doimo lubrikant (smazka) qadog‘idagi yo‘riqnomani o‘qib chiqing.

Neftdan olinadigan yoki moy asosidagi (masalan, vazelin, bolalar moyi) lubrikantlar (smazkalar), ayrim pesariyalar hamda ayrim mahalliy qo‘llaniluvchi dori vositalari prezervativni zararlashi mumkin, shuning uchun ham prezervativdan foydalanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Prezervativning boshqa homiladorlikdan saqlanish vositalari bilan mosligi to‘g‘risida mutaxassis bilan maslahatlashing.

Kontratsepsiyaning birorta ham usuli istalmagan homiladorlik, OITS yoki jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoya bilan ta’minlamaydi."

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Chilonzor 1-chi mavzesi, Chilonzor ko'ch., Toshkent, Toshkent, O'zbekiston