Презервативы Durex Real Feel №3 (из синтетического латекса):uz:Durex Real Feel Prezervativlari №3 (Sintetik Lateks)

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Durex Real Feel Prezervativlari №3 (Sintetik Lateks)

Mavjudligini aniqlashtiring
48 024 so'm /qadoq
Telegram orqali bog'lanish

"FOYDALANISHDAN AVVAL

Iltimos, ayniqsa agar siz prezervativlardan oral yoki anal jinsiy aloqa uchun 

foydalanishga hozirlanayotgan bo‘lsangiz, foydalanishdan avval yo‘riqnomani diqqat 

bilan o‘qib chiqing.

Prezervativni eregen jinsiy a’zoga u sherik tanasiga tegishidan/jinsiy aloqa 

boshlanishidan avval kiygizing.

Bu istalmagan homiladorlikning va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning 

uzatilishining yuzaga kelish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

DIQQAT: agar alohida qadog‘i shikastlangan bo‘lsa, prezervativdan foydalanmang. 

Alohitda qadog‘i shikastlangan hollarda prezervativni tashlab yuboring va yangi 

shikastlanmagan qadoqdagisidan foydalaning. Foydalanishdan avval prezervativning 

yaroqlilik muddatini tekshiring.

TAYINLANISHI: prezervativlardan kontratsepsiyaning to‘siqli vositasi sifatida 

(istalmagan homiladorlikning oldini olishga yordam beradi) va OITS hamda jinsiy yo‘l 

bilan yuquvchi boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun foydalaniladi.

QO‘LLASH USULI

1. Qadoqni tishli qirrasi tomonidan yirting va prezervativni ehtiyotkorlik bilan 

chiqarib oling.

2. Prezervativning tashqariga o‘ralganligini tekshiring. Yig‘gichni 

prezervativning oxiriga bosing.

3. Uni jinsiy a’zoning uchidan asosiga tomon ochib borgan holda prezervativni 

kiying. Prezervativning jinsiy a’zoni xaddan tashqari qismayotganligi yoki undan 

sirpanib tushib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling, chunki bu jinsiy aloqa 

vaqtida prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Eyakulyatsiyadan keyinoq jinsiy a’zonit chiqarib oling, bunda uning asosida 

prezervativni mahkam ushlab turgan holda prezervativni ehtiyotlik bilan chiqarib 

oling.

4. Prezervativni axlat chelagiga tashlang. Prezervativni unitazga tushirib 

yubormang.

Prezervativlar faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Takroriy foydalanish prezervativ butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin va 

jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning yuqish va istalmagan homiladorlikning 

yuzaga kelish xavfini orttiradi.

Agar prezervativdan avval oral jinsiy aloqa uchun foydalanilsa, keyingi jinsiy aloqa 

turlari uchun yangi prezervativdan foydalanish lozim.

Anal jinsiy aloqa uchun yoki zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha yog‘lashdan foydalaning.

QO‘LLAB BO‘LMAYDIGAN HOLATLAR

Prezervativ tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga nisbatan orttirilgan 

ta’sirchanlik/allergiya.

MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TA’SIRLAR

Prezervativlar tarkibiga kiruvchi komponentlar allegik reaksiyani yuzaga keltirishi 

mumkin. Komponentlardan istalganiga nisbatan orttirilgan ta’sirchanlik yoki 

allergiyalar mavjud bo‘lgan hollarda mutaxassis bilan maslahatlashing.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Agar diskomfortni his qilsangiz; prezervativ jinsiy aloqa vaqtida yirtilib ketsa yoki 

sirpanib tushib ketsa, prezervativdan foydalanishni darhol to‘xtating va mutaxassisga 

murojaat qiling (buni imkoni boricha darhol yoki 72 soat ichida qilish tavsiya qilinadi). 

Prezervativlar bilan foydalanish uchun tavsiya qilingan lubrikantdan (smazkadan)

foydalaning. Doimo lubrikant (smazka) qadog‘idagi yo‘riqnomani o‘qib chiqing.

Neftdan olinadigan yoki moy asosidagi (masalan, vazelin, bolalar moyi) lubrikantlar

(smazkalar), ayrim pesariyalar hamda ayrim mahalliy qo‘llaniluvchi dori vositalari 

prezervativni zararlashi mumkin, shuning uchun ham prezervativdan foydalanishdan avval 

mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Prezervativning boshqa homiladorlikdan saqlanish vositalari bilan mosligi to‘g‘risida 

mutaxassis bilan maslahatlashing.

Kontratsepsiyaning birorta ham usuli istalmagan homiladorlik, OITS yoki jinsiy yo‘l 

bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan 100% himoya bilan ta’minlamaydi.

O‘zingiz tanlaydigan prezervativlar to‘g‘risida www.durex.ru saytida ko‘proq biling.

Yo‘riqnomaning so‘nggi tahriri sanasi: ** ********** 20**y.

SAQLASH SHAROITI

Yorug‘likdan himoyalangan, kuruk joyda 0 dan 250 gacha haroratda, saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI

5 yil.

CHIQARILISH SHAKLI

Har bir prezervativ folgali qutiga joylanadi. 3 yoki 12 prezervativlar karton qutiga 

joylanadi.

ISHLAB CHIQARUVCHI

Reckitt Benckiser Healthcare UK Ltd, Buyuk Britani"

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Chilonzor 1-chi mavzesi, Chilonzor ko'ch., Toshkent, Toshkent, O'zbekiston