Респиразол

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Respirazol

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Respirazol»

Chiqarilish shakli: Sirop

Tarkibi (bir flakondagi 150 ml sirop tarkibida):

Faol moddalar

1

Dala choy ekstrakti

2,0 g.

2

Oddiy achambiti ekstrakti

2,0 g.

3

Dorivor tirnoqgul ekstrakti

2,0 g.

4

Na’matak ekstrakti

2,0 g.

5

Turkiston do’lanasi ekstrakti

2,0 g.

6

Gingko biloba ekstrakti

2,0 g.

7

Baland boyli andiz ekstrakti

2,0 g.


Yordamchi moddalar

Shakar kukuni, etanol, distillangan suv 150 ml ga yetgunicha

Ta’rifi: Sirop. Preparat suyuq holatda yuqori darajadagi aralashma va arzimas darajadagi cho'kma, yorqin jigarrangdan – qizg’ish jigarranggacha bo'lgan ko'rinishli sirop. Ta'mi tarkibidagi o'simliklar jamlanmasiga xos.

Farmakoterapevtik guruhi: Dorivor o'simliklardan tayyorlangan jigar faoliyatini yahshilovchi preparat.BFQ.

Farmakologik xususiyatlari:

«Respirazol» dorivor o'simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan kompleks preparat bo'lib jigarga, o't qopiga ijobiy ta'sir qiladi va butun organizmni sog`lomlashtiradi. Tarkibiga kiruvchi dorivor giyohlarning ekstraktlari jigar hujayralarini mustahkamlovch, spazmolitik, o't haydovchi kabi ta'sirlari bilan bir qatorda bakterialarga va viruslarga qarshi ta'sir samaraga ega. «Respirazol» tarkibiga kiruvchi organik kislotalar, vitaminlar, makro- va mikroelementlar detoksikacion (toksin va boshqa zararli moddalarni zararsizlantiruvchi) ta'sir samaraga ega bo'lib, jigarni nojo'ya ta'sirlardan himoya qiladi. Gepatositlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi, tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, o't hosil bo'lishi va ajralib chiqishini yaxshilaydi hamda ishtahani ochadi. Yumshoq spazmolitik va antidepressant ta'sirga ega. «Respirazol»tarkibiga kiruvchi fitoncidlar mikroblarga, viruslarga hamda zamburug`larga qarshi ta'sirga ega.


Qo'llanilishi: (Kompleks terapiya tarkibida)

- Alkogolli gepatitlarda (jigarni alkogol kasalliklarida);

- Virusli gepatitda (A, B, C va D);

- Kelib chiqishi turli bo’lgan holestazlarda;

- Uzoq vaqt dorilar qabul qilganda – citostatiklar, bir qancha antibiotiklar va b.

- Toksik gepatitlarda;

- Yog’li gepatoz;

- Holangitlarda;

- Ovqatdan zaharlanislarda.

Qo'llash mumkun bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qo‘llash usuli va dozalari: Yakka tarzda belgilanadi. Iste’mol qilishdan avval chayqatilsin. Ovqat iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin ichish tavsiya qilinadi.

3 yoshgacha 1,25 ml dan kuniga 3 mahal

3-6 yoshda 2,5 ml dan kuniga 3 mahal,

6-12 yoshda 5 ml dan kuniga 3 mahal,

12 yoshdan va kattalarda 5-10 ml dan kuniga 3 mahal.

Kurs davomiyligi 1 oy. Zarurat tug‘ilganda kursni qaytarish mumkin.

Kurs davomiyligi shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Nojo‘ya ta’siri: Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Dozaning me’yoridan ortiq qabul qilinishi: Preparatni me’yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri: Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli: Dorivor o’simlik ekstraktlaridan tayyorlangan sirop 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram. (2) Dozator-qoshiq. (3) Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Saqlash sharoiti: Preparat bolalar qo'li yetmaydigan, quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda +4°С dan +25°C gacha bo'lgan haroratda saqlanishi kerak.

Yaroqlilik muddati: 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tkanidan so'ng ishlatish mumkun emas.

Dorixonalardan berish tartibi: Retsepsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Toshkent, Toshkent, O'zbekiston