Apteka.uz
SavatKirish

Epsom tuzi (ingliz tuzi) 1000g

Mahsulot haqida tafsilotlar
Bor
Narxi kelishilgan holda
OOO "INVITRIS"
OOO "INVITRIS"
Toshkent, Kozitarnov ko'chasi, 51

Ta'rif

Qo'llash usuli:
Vanna uchun
Muolajadan oldin bir stakan suv iching. 500 g Epsom tuzini 38-40 ° C suv haroratidagi vannada eritib oling. Muolaja davomiyligi 15-20 daqiqa. Vanna qabul qilingandan keyin suv bilan chayqing.

Terini skrab qilish uchun
Agar vanna bo'lmasa, Epsom tuzini bir xil miqdorda (1:1) dush jeli bilan aralashtirib, teriga surting, massaj qiling va keyin iliq suv bilan yuving. Agar kerak bo'lsa, muolajani takrorlang.

Oyoqlar uchun vanna
Bir stakan Epsom tuzini 38-40 ° C suv haroratidagi tog'oraga soling. Oyoqlarni 30 daqiqa davomida botirib turing. Muolajadan keyin oyoqlarni chayqating.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar Yuqori sezuvchanlik (magniy sulfatiga). Surunkali buyrak etishmovchiligi. Homiladorlik va emizish davri.

Tarkibi: Magniy sulfat, lavanda gullari
Saqlash shartlari: Quruk joyda, harorati +5 ° C dan past bo'lmagan va +25 ° C dan yuqori bo'lmagan hamda nisbiy namlik 75% dan oshmaydigan sharoitda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 3 yil

Ingliz tuzi (Magniy sulfat) qattiq kundan keyin dam olish uchun ajoyib tanlovdir. Mahsulotimiz tabiiy va ekologik toza xom ashyo bo'lgan tabiiy magniy sulfatidan iborat. Tuzimizning afzalligi shundaki, u mayda kristallardan iborat bo'lib, ular iliq suvda yaxshi eriydi, teri orqali kirib, organizm tomonidan yaxshi so'riladi. Magniy sulfat asab tizimining ishlashiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uyqu va xotirani yaxshilaydi, kuchlanishni yo'qotadi. Teri uchun yoshartiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shamollashga qarshi samarali kurashadi. Organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Mushaklar va bo'g'imlardagi og'riqlarni yo'qotadi. Soch va tirnoqlarni mustahkam qiladi. Relaksatsiya va stressga qarshi ta'sirga ega. Magniy - organizmning to'g'ri ishlashi bilan bog'liq 300 dan ortiq jarayonlarda ishtirok etadigan hayotiy muhim element. Organizmdagi magniyni o'zi ishlab chiqara olmagani uchun, doimiy ravishda to'ldirib turish kerak. Epsom tuzi bilan tuzli vannalar - organizmni magniy bilan to'ldirishning eng yoqimli va foydali usullaridan biridir. Epsom tuzi soch to'kilishini to'xtatadi, bosh terisining yog'lilik darajasini pasaytiradi va kepekni yo'qotadi. Epsom tuzi bilan vannalar tinchlantiruvchi, selülitga qarshi va detoks effektiga ega, bu birinchi vannadan so'ng seziladi.

Fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil