Ташкент
logo
SavatKirish

ASIDOPRO kapsulalar N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO IMUNEKS
Vakil:NUTRIMED
Barcha ATSIDOPRO dorilari
5 ta dorixonada bor
Narxi 59 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 5 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

ASIDOPRO kapsulalar N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi 0,8 gr

Faol komponentlar: 

Bifidobakteriya (Bifidobacterium infantis) va Laktobakteriya (Lactobacillus acidofilus) - sutkislota shtammlarning probiotik madaniyatlaridan olingan quruq aralashma, bir martalik dozasi kattalarga 109 KOE dan va bolalarga 108KOE dan kam bo'lmagan miqdorda. 

Yordamchi moddalar: 

mal'todekstrin, magniy stearat (yoki kukuruz kraxmali, quruq sut, ta'm beruvchi modda).

Ishlab chiqarilish shakli:

Liofillangan kukun sashe-paketlarda kattalar uchun 1,0 g va kapsula 0,4 g. Liofillangan kukun sashe-paketlarda kattalar uchun 0,8 g va kapsula 0,2 g. 

Farmakodinamikasi

“ATSIDOPRO” ichakning keng doridagi patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga qarshi yuqori antagonistik ta'sirga ega bo'lib, ularning o'sishi va rivojlanishini tuxtatish xususiyatiga. Oddiy ichak mikroflorasini qayta tiklash – ovqatni sog'lom xazm qilish va ichakning himoya funktsiyasini shakllantirishda, metabolik jarayonlarning faollashuvi, organizmning o'ziga xos bo'lmagan qarshiligini kuchaytirish, shuningdek V gurux vitaminlari (V1, V2 va boshqalar) va K vitaminining sintezida muhim omil hisoblanadi.

Nojo'ya samaralari

Bugungi kungacha preparatning nojo'ya ta'siri aniqlanmagan. Agar odatiy bo'lmagan hislar paydo bo'lsa, foydalanishni to'xtatib, shifokor bilan maslahatlash lozim.

Qo'llanilishi

Probiotik “ATSIDOPRO” normal ichak mikroflorasi, hazm qilish, immunitetni mustahkamlash va patogen infektsiyani rivojlanish havfini kamaytirish va organizmdagi normal vitamin muvozanatini saqlab turish uchun asosiy ovqatlanishga qo'shimcha sifatida tavsiya etiladi. 

Ichakning oddiy mikroflorasi bolaning normal rivojlanishi va funktsiyasini tartibga solish uchun bola tanasining rivojlanishidagi muhim omil sifatida ahamiyatga ega.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulotning tarkibiy qismlariga individual ko'taraolmaslik. 

Dori preparati emas. 

Dozirovkasi

1 ta sashe-paket kukunni qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan suvga aralashtiriladi va ovqatdan 20 daqiqa oldin foydalaniladi. 

1 ta kapsuladan ovqatdan 20 daqiqa oldin iste'mol qilinadi. Kuniga 2-3 maxalgacha qabul qilish mumkin.

ASIDOPRO kapsulalar N10 boshqa chiqarish shakllari

ASIDOPRO kapsulalar N10 savollari

ASIDOPRO kapsulalar N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil