BIOMAAR sashe N10

BIOMAAR sashe N10 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlang.
Tarkibi
Saccharomyces boulardii – 250 mg
Bifidobacterium infantis
Bifidobacterium bifidum
Bifidobacterium longum – 5 milliarddan
Lactobacillus acidophilus
Lactobacillus casei – 5 milliarddan
Inulin – 30 mg
Farmakologik ta'siri
Saccharomyces boulardii – bir hujayrali zamburug‘ bo‘lib, toksinlarni zararsizlantiradi va patogen mikroflorani yo‘q qiladi. Ichaklarga so‘rilmaydi, limfa tugunlari va boshqa organlarga ta’sir qilmaydi. Qabul qilingandan so‘ng 2–5 kun ichida ichak muhitida aniqlanmaydi.
Bifidobacterium longum – laktoza bardoshliligini oshiradi, diareyaning oldini oladi va patogen kolonizatsiyalarga qarshi kurashadi.
Bifidobacterium infantis – patogen bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, B guruhi vitaminlarini ishlab chiqaradi va kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi.
Bifidobacterium bifidum – ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, immun tizimini mustahkamlaydi.
Laktobakteriyalar – zararli mikroorganizmlarning o‘sishini to‘xtatadi, tabiiy antibakterial moddalar ishlab chiqaradi.
Qo'llanilishi
- ferment yetishmovchiligi;
- disbakterioz;
- ichak motorikasi buzilishlari;
- ovqat hazm qilish muammolari;
- diareya va qorin dam bo‘lishi;
- stressdan keyingi holatlar.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual sezuvchanlik.
Dozirovkasi
6 oylikdan 3 yoshgacha: kuniga 1 sashe.
3–6 yosh: kuniga 1–2 sashe.
6 yoshdan katta va kattalar: kuniga 2–3 marta 1–2 sashe.
Homilador va emizikli ayollar: shifokor tavsiyasiga binoan.
