Ташкент
logo
SavatKirish

DEMOTON D poroshok N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gretsiya
Kategoriya:Vitaminlar
Farmakoterapevtik guruh:

Vitaminlar. Polivitaminlar

Ishlab chiqaruvchi:Demo S.A.
ATX kodi:A11AA04
Barcha DEMOTON dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DEMOTON D poroshok N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

Preparat bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasligi kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda saqlang

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Har bir flakon o'z ichiga oladi:

faol moddalar:

Retinol palmitat (A vitamini) - 3500 IU;

Xolekalsiferol (D vitamini) - 220 IU;

DL-alfa-tokoferol (E vitamini) - 10,20 mg;

askorbin kislotasi (vitamin C) - 125 mg;

Tiamin (vitamin B1) 3,51 mg;

Riboflavin natriy fosfat dihidrat (vitamin B2) 4,14 mg;

Piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) - 4,530 mg;

Siyanokobalamin (B12 vitamini) - 0,006 mg;

Folik kislota (vitamin B9) - 0,414 mg;

Dekspantenol - 16,150 mg;

D-Biotin - 0,069 mg;

Nikotinamid (vitamin B3) - 46 mg;

yordamchi moddalar: glisin 250 mg, soya lesitini 112,5 mg, glikokol kislotasi 140 mg, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi - pH 5,9 gacha.

Сhiqarilish shakli

In'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun bo'lgan 1 shisha flakon rus va davlat tillaridagi tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Farmakodinamikasi

Askorbin kislotasi S vitaminining tanqisligini to'ldiradi, metabolik va antioksidant ta'sir ko'rsatadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi. Ko'pchilik biokimyoviy reaktsiyalarda vodorodni tashilishini boshqaradi, uchkarbon kislotalar tsiklida glyukozani ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasini hosil bo'lishida va to'qimalar regeneratsiyasida, steroid gormonlar, kollagen sintezida ishtirok etadi. Hujayralararo moddalarning kolloid holatini va kapillyarlarning normal o'tkazuvchanligini saqlab turadi, proteolitik fermentlarni faollashtiradi, xolesterin, pigmentlar almashinuvida ishtirok etadi, jigarda glikogenni to'planishiga yordam beradi. Immunologik reaktsiyalarni boshqaradi (antitelalar, komplementning S3-komponenti, interferonni sintezini faollashtiradi), fagotsitoz jarayoniga yordam beradi, organizmning infektsiyalarga bo'lgan qarshiligini oshiradi. Yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini faollashtiradi, purin va pirimidin asoslari sintezini rag'batlantiradi, metabolizmni energiya bilan ta'minlanishida ishtirok etib, adenozintrifosfat kislotasining sintezi uchun qulay sharoit yaratadi. Tog'ay va suyak to'qimasida oqsillar sintezini oshiradi, epitelizatsiyani rag'batlantiradi, hujayralarning yuzasidagi membranalarda glikoproteidlar biosintezini boshqaradi, antitelalar hosil bo'lishini kuchaytiradi, fagotsitozni boshqaradi, fotoretseptsiyaga ta'sir qiladi, ko'rish purpurini qurilishida ishtirok etadi.

Xolekal'tsiferol vitaminining tanqisligini to'ldiradi, fosfor-kal'tsiy almashinuvini boshqaradi. Xolekal'tsiferolning faol komponentlari hujayra membranalari orqali oson kiradilar, oqsillar sintezini initsiatsiya qiladilar, kal'tsiyni qonga o'tishini yengillashtiradilar. Suyaklarda tog'ay hujayralarini rivojlanishini, plazmadan kal'tsiyni qamrab olinishini va uni suyaklarda fosfatlar ko'rinishida to'planishini normallashtiradi, buyraklarda kal'tsiy, natriy, fosfatlar, aminokislotalarni qayta so'rilishini normallashtirish uchun zarur sharoit yaratadi.

Tiamin gidroxloridi V1 vitaminining tanqisligini to'ldiradi, antioksidant, gangliobloklovchi, immunostimulyatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Fosforni biriktirib, ko'pchilik dekarboksilazalarning kofermenti hisoblangan tiaminpirofosfatni hosil qiladi, piruvat, al'fa-ketoglutarat metabolizmida ishtirok etadi va uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida, shuningdek sinapslar bo'ylab nerv qo'zg'aluvchanligini o'tish jarayonlarida muhim rol' o'ynaydi. Hujayra membranalarini peroksidli oksidlanish mahsulotlarining toksik ta'siridan himoya qiladi.

Nikotinamid RR vitaminining tanqisligini to'ldiradi. Nikotinadenindinukleotidi (NAD) va nikotinadenindinukleotidfosfati (NADF) sintezini rag'batlantiradi, ko'p sonli oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida protonlarni tashilishida ishtirok etib, ko'pchilik oqsillar almashinuvini normal kechishini ta'minlaydi. Lipidlar almashinuvini ragbatlantiradi, oksidlangan xolesterin darajasini pasaytiradi, kapilyarlarda kon  aylanishini yaxshilaydi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun xizmat kiladi.

Dekspantenol pantoten kislotasining tanqisligini to'ldiradi, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, regeneratsiya jarayonlari, ichak peristal'tikasini rag'batlantiradi. Organizmda A kofermenti sintezini substrat stimulyatori hisoblangan faol metabolit – pantoten kislotasini hosil qiladi, barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, kortikosteroidlarni hosil bo'lishini, xolinni atsetillanishini ta'minlaydi, ichakning normal sekretor va kinetik faoliyatini tutib turadi.

Tokoferol atsetati antioksidant ta'sir ko'rsatadi, gem va oqsillar sintezida, hujayralar proliferatsiyasida, hujayra nafasida, metabolizmning boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, eritrotsitlar gemolizini oldini oladi, kapillyarlarning yuqori o'tkazuvchanligi va mo'rtlashishiga qarshilik qiladi.

Folat kislotasining tanqisligini to'ldiradi, gemopoetik ta'sir ko'rsatadi. Organizmda megaloblastlarni yetilishi va ularni normoblastlarga trasnformatsiyasi uchun zarur bo'lgan tetragidrofolat kislotasini hosil qiladi, purin va pirimidinlar almashinuvida, nuklein kislotalar sintezida, aminokislotalar metabolizmida muhim rol' o'ynaydi. Markaziy va periferik asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi, mielinizatsiya jarayonlarini kuchaytiradi.

Folat kislota yetishmasligi aellarda va erkaklarda bepushtlikga olib keladi . Xomila tushishi , platsenta kuchishi , vaktdan oldin tug'ish, xomila nuksoni va tugrikdan keyingi onadagi depressiya xavfini oshiradi. Bolalarda jinsiy va jismoniy  rivojlanishi buziladi Folat kislotasining yetishmasligi embriogenez va organogenezda nerv nayining buzilishi va nerv tizimining, bosh miya va umurtqa pog'onasining nuqsonlariga olib keladi. Homiladorlik davrida folat kislotasiga yehtiyoj ortadi. Folat kislotasi hujayra o'sishi va DNK yaxlitligini saqlab qolish uchun mas'ul xisoblanadi Bu jarayonlarning buzilishi o'smalar hosil bo'lishiga olib keladi, shuning uchun folat kislotasi ma'lum darajada neoplazmalar paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

Tsianokobalamin eritropoetik, metabolik ta'sir ko'rsatadi. Uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida ishtirok etadi. Regeneratsiyani oshiradi, qon hosil bo'lishini, jigar va nerv tizimining faoliyatini rag'batlantiradi, qon ivish tizimini faollashtiradi, qonda xolesterinning miqdorini kamaytiradi. Organizmda dezoksiriboza, dezoksiribonuklein kislotasi, kreatinin, metioninni hosil bo'lishi uchun zarur bo'lgan, ko'pchilik fermentlarning tarkibiga kiruvchi kofaktor – kobamamidga aylanadi.

Vitamin B2 (riboflavin) organizmda nafas olish tizimi to'qimalarining metabolizmida muhim rol' o'ynaydigan: flavin adenin dvunukleotid (Flavine Adenine Dinucleotide) (FAD) va flavin mononukleotid (Flavin Mononucleotide) (FMN) shaklidagi koenzim sifatida ta'sir kiladi.

Vitamin B6 (piridoksin gidroxloridi) oqsillar, uglevodlar va yog'larning metabolizmida koenzim vazifasini bajaradi. Xususan, oqsillar metabolizmi paytida, triptofanni niatsinga yoki serotoninga, deaminatsiya, aminatsiya va aminokislotalarni sulfanlashtirish, aminokislotalarning dekarboksilanishida ishtirok etadi 

D-biotin oqsil va lipid almashinuvini tartibga soluvchi fermentlarning bir qismi bo'lib, yuqori ta'sirga ega.  Turli fermentlarning koenzimi xisoblanadi ( shu jumladan transkarboksilaza ). Purin va pirimidin nukleozidlarining sintezida ishtirok etadi. Kollagen sintezida ishtirok etadi. Biotin ishtirokida CO2ni faollashtirish va uzatish reaktsiyalari amalga oshadi. Biotin uglevodlar metabolizmida insulin bilan birgalikda  muhim rol' o'ynaydi,   glyukoza metabolizmini tartibga soluvchi glyukokinaza fermenti  sintezida ishtirok etadi.

Letsitin tananing barcha hujayralarida mavjud bo'lib ,oksidlanish jarayonlarni tezlashtiradi, markaziy nerv sistemasi  va yurak-qon tomir tizimini faoliyatini yaxshilaydi. Bu yog'da eriydigan vitaminlarni (A, D, Ye va K) yaxshiroq assimilyatsiya qilishga yordam beradi, organizmning toksik moddalarga chidamliligini oshiradi, surfaktant sintezida ishtirok yetadi. Letsitin-fosfolipidlar (xolin, fosfatidlar, inozitol) kompleksidir va asab tizimi uchun asosiy oziq-ovqat manbalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Letsitin mielin shakllanishida asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Letsitin neyro -endokrin tizimi bilan bog'liq; letsitin va xolin bir qator gormonlar ishlab chiqarishida, yog'lar va xolesterinning normal metabolizmi uchun muxim.

Glitsin metabolizmni tartibga soluvchi, Markaziy asab tizimida himoya tormozlash jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixo-emotsional stress, agressivlik, ziddiyatlarni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ijtimoiy moslashuvni oshiradi; aqliy qobiliyatini oshiradi; uyku jaraenini normallashtiradi;  vegetativ qon-tomir kasalliklarining namoyon bo'lishini va ishemik insul't va bosh miya shikastlanishlardagi miya kasalliklarining zo'rayishini pasaytiradi; spirtli ichimliklar va Markaziy asab tizimining funktsiyasini  susaytiruvchi boshqa dorilarning toksik ta'sirini kamaytiradi.

Glikoxol kislota safro tarkibiga kiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, ichaklarda yog'larni parchalashida ishtirok etadi. Lipazani faollashtiradi va erkin yog kislotalarining surilishini rag'batlantiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta'siri uning tarkibiy qismlarining kümülatif ta'siridir, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o'tkazish mumkin emas, barcha komponentlarni markerlar yoki bioassaylar yordamida birgalikda kuzatib bo'lmaydi.

Farmakoterapevtik guruh

Vitaminlar. Polivitaminlar

Dori shakli

in'ektsiya uchun eritma liyofillangan kukun

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat tarkibida a vitamini (retinol) mavjudligi sababli, A vitaminini o'z ichiga olgan preparatni bir vaqtning o'zida qo'llash bilan preparatning kunlik dozasi kelishilgan bo'lishi kerak. Demoton-D tomir ichiga yuborilganda, faol enterokolit bilan og'rigan bemorlarda Alt ning mo " tadil ko'tarilishining kamdan-kam holatlari qayd etilgan. Preparatni qo'llash tugagandan so'ng, "jigar" transaminazalarining yuqori darajasi tezda normal qiymatlarga qaytadi. Ushbu guruhdagi bemorlarda" jigar " transaminazalari darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Yordamchi tarkibiy qism sifatida glikokolik kislota mavjudligi sababli, sariqlik yoki og'ir xolestaz bilan og'rigan bemorlarda preparatni takroriy va uzoq muddat qo'llash bilan jigar faoliyatini diqqat bilan kuzatib borish kerak.

Bir yoki bir nechta vitamin etishmasligi maxsus preparatlar bilan tuzatilishi kerak.

Transport vositasi va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish xususiyati

Preparat qo'llanganida transport vositasi va boshqa potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Turli xil kelib chiqadigan ensefalopatiyalar, polinevropatiya, polinevrit, nevralgiya , mushak distrofiyasi, ko'p skleroz. Qon tomir, miya shikastlanishidan keyin reabilitatsiya davrida. Anksiyete va depressiv kasalliklar.

Qandli diabet, metabolik sindrom, semirish. O'sish va jinsiy rivojlanishning kechikishi, qalqonsimon bez kasalligi.

Koroner yurak kasalligini kompleks davolashda in'ektsiya va infuzion vitamin terapiyasi . surunkali yurak etishmovchiligi, kardiyomiyopatiya, ateroskleroz, gipertoniya, revmatizm

Jarrohlik operatsiyalaridan so'ng vitamin etishmasligi, turli darajadagi kuyishlar, yuqumli kasalliklar, kimyoviy va radiatsiya terapiyasining oldini olish.

Turli xil yoriqlar va osteoartikulyar patologiya , fosfor-kaltsiy metabolizmini yaxshilash, keng jarohatlar, xondrodejenerativ jarayonlar, koksartroz, osteoporozdan keyin yumshoq to'qimalar va asab tugunlarini tiklash uchun.

Bepushtlik erkak va ayoldir . Homiladorlikning toksikozi, homiladorlik xavfi, yo'ldoshning ajralishi, tug'ilish kanalini tabiiy etkazib berishga tayyorlash, asab naychasining tug'ma nuqsonlari rivojlanishining oldini olish uchun ishlatiladi.

Klimakterik davr, hayz davrining buzilishi, tuxumdonlarning disfunktsiyasi , endometrioz, bachadon miomasi, mastopatiya.

Teri kasalliklari (dermatit, trofik yaralar, ekzema , liken, seboreya va boshqalar, soch to'kilishi bilan)

Oshqozon-ichak trakti kasalliklari (surunkali gastroenterokolit, Kron kasalligi, xoletsistit, DMARD, pankreatit, gepatit )

Tananing himoyasini oshirish, immunitetni oshirish (pnevmoniya, plevrit, bronxit va boshqalar ) va asoratlarni oldini olish uchun yuqumli (virusli va bakterial) kasalliklardan keyin tiklanish davri, surunkali charchoq sindromi, astenizatsiya.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-11 yoshgacha bo'lgan bolalar;

- preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dori vositalarining boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri aniqlanmadi.

Ta'rifi

flakon tarkibi: to'q sariqdan qizil ranggacha liyofillangan kukun; Qayta tiklangan eritma: tiniq to'q sariqdan qizilgacha eritma

Dozirovkasi

Qo'llash usuli va dozalari

Kattalar va 11 yoshdan oshgan bolalarga kuniga bitta flakon mushak ichiga, tomir ichiga in'ektsiya yoki infuziya orqali beriladi.

Agar shoshilinch ehtiyoj bo'lsa (masalan, qattiq kuyish bo'lsa), tomir ichiga yuborish dozasini 2-3 baravar oshirish mumkin.

Mushak ichiga yuborish bilan:

1 shishaning tarkibi in'ektsiya uchun 2,5 ml suvda suyultirilishi kerak. Shisha kukun to'liq eriguncha silkitiladi.

Dozani o'tkazib yuborishda nima qilish kerak: dozani tezda ishlatish tavsiya etiladi. Agar keyingi dozani qo'llash vaqti yaqinlashsa, o'tkazib yuborilgan dozani o'tkazib yuboramiz, keyingi dozani jadvalga muvofiq kiritamiz. Ikki martalik dozani kiritish taqiqlanadi.

Vena ichiga yuborish bilan:

1 shishaning tarkibi in'ektsiya uchun 5 ml suvda suyultirilishi kerak. Shisha kukun to'liq eriguncha silkitiladi. Olingan eritma 5% glyukoza eritmasida yoki fiziologik eritmada eritiladi.

Vena ichiga in'ektsiya yo'li bilan yoki tomchilatib yuborish yo'li bilan infuziya yo'li bilan asta-sekin yuboriladi.

Demoton-D ni glitsin, lipidlar, aminokislotalar yoki elektrolitlar bilan ishlatish mumkin. Aralashtirishdan oldin ularning mosligini tekshirish kerak.

Davolashning davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha klinik ma'lumotlar yo'q. Shu munosabat bilan homilador va emizikli onalarga Demoton-D preparatini qo'llash faqat shifokor nazorati ostida tavsiya etiladi.

DEMOTON D poroshok N1 boshqa chiqarish shakllari

DEMOTON D poroshok N1
Retseptli
DEMOTON D poroshok N1
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
•88 ta dorixonada bor
Narxi
84 100 so'm dan
DEMOTON B NEO inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Retseptli
DEMOTON B NEO inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
•19 ta dorixonada bor
Narxi
65 900 so'm dan
DEMOTON B12 inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
DEMOTON B12 inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
•3 ta dorixonada bor
Narxi
82 600 so'm dan
DEMOTON T konsentrat 10ml N1
DEMOTON T konsentrat 10ml N1
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry
DEMOTON D poroshok N10
Retseptli
DEMOTON D poroshok N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry

DEMOTON D poroshok N1 savollari

DEMOTON D poroshok N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil