Doktor Sinus kukun N30

Doktor Sinus kukun N30 haqida qo'llanma
Tarkibi
Bir dona sashe paketidagi /tabletkada ta’sir etuvchi moddalarning tarkibi :
|
Natriy xlorid Natriy bikarbonat |
2150 mg 50 mg |
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Sashe paketlaridagi kukun, kontur uyali oramlarda tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin, yaroqlilik muddati o’tganidan keyin ishlatilmasin.
Qo'llanilishi
“DOKTOR SINUS” burun bo’shlig’ini chayish uchun mo’ljallangan. Namlashga, changdan, shilimshiqdan va allergenlardan tozalashga, burun bo’shlig’i shilliq pardasining himoyalash xususiyatlarini yaxshilashga yordam beradi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
O'tkir otit va surunkali otit kuchayishi, yuvish vositalarining komponentlarini individual ko'tara olmaslik, tez-tez nazal qon ketish, burun bo'shlig'idagi xavfsiz va xavfli o’smalar , burun yo'llarining to'liq obstruktsiyasi.
Dozirovkasi
Tashqi qo’llash uchun. Kattalar va 4 yoshdan katta bolgan bolalar uchun. Burun bo’shlig’ini chayish uchun uskuna idishiga 34-36°C haroratdagi 240 ml (idishdagi belgi) qaynatilgan suvni quying. Sashe paketidagi/ tabletkani vositani idishga bo’shating. Idish qopqog’ini yoping va vosita to’liq erib ketgunicha chayqating. Aralashma qo’llanishga tayyor. Aralashma burun dimog’ni burun bo’shlig’ini chayish uchun uskuna ni ishlatish bo’yicha qo’llanmaga muvofiq chayish uchun qo’llaniladi.
