EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml

Zamburug'larga qarshi vosita
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml qo'llanmasi
Saqlash shartlari
30 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Tarkibi
Ta’sir etuvchi modda: amorolfin (amorolfin gidroxlorid ko‘rinishida).
Ushbu dori vositasi 5% amorolfin (50 mg/ml) saqlovchi tirnoqlar uchun davolovchi lakdan iborat.
2,5 ml lak 125 mg amorolfin saqlaydi (125 mg/2,5 ml), bu 139,3 mg amorolfin gidroxloridiga mos keladi.
Yordamchi moddalar: ammoniy-metakrilat sopolimeri (A tip), suvsiz etil spirti, etilatsetat, butilatsetat, triatsetin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Chiqarilish shakli
Teflon qoplamali yuqori zichlikdagi polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonlar.
2,5 ml lak saqlovchi 1 flakon maxsus buyumlari (10 lopatka-applikator, 30 tozalovchi salfetka, 30 tirnoq uchun egovcha) va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
Dori shakli: Tirnoqlar uchun lak.
Farmakodinamikasi
Amorolfin sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi. U morfolin hosilalari guruhiga mansub. Uning fungistatik va fungitsid ta’siri sterinlar biosintezini izdan chiqarish yo‘li orqali zamburug‘ xujayra membranasida o‘zgarishlarni chaqirish qobiliyati bilan bog‘liq.
Amorolfin quyidagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan samarali:
Dermatofitlar: trixofitlar, mikrosporalar, epidermofitlar;
Achitqi zamburug‘lari: Candida, Malassezia or Pityrosporum spp., Cryptococcus;
Mog‘or zamburug‘lari: Alternaria, Hendersonula, Scopulariopsis, Scytalidium, Aspergillus;
Dematsiylar oilasiga mansub zamburug‘lar: Cladosporium, Fonsecaea, Wangiella;
Dimorf zamburug‘lar: Coccidiodes, Histoplasma, Sporothrix.
Actinomyces dan tashqari bakteriyalar amorolfinga sezgir emas.
Farmakokinetikasi
Amorolfin lak ko‘rinishida tirnoq plastinkasi ichiga kiradi va tirnoq o‘rnidagi zamburug‘ni bartaraf etadi
Sirtga qo‘llaganda ta’sir etuvchi moddaning tizimli so‘rilishi juda past.
Hatto uzoq vaqt qo‘llaganda ham dori vositasini organizmda to‘planishining belgilari aniqlanmagan.
Farmakoterapevtik guruh
Zamburug'larga qarshi vosita
Nojo'ya samaralari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas (≥ 1/1000 – < 1/100): o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergik reaksiya).
Teri teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda (≥ 1/10 000 – < 1/1000): tirnoqlarni shikastlanishi, onixoklaziya (tirnoq plastinkalarini mo‘rtligi), tirnoq rangini o‘zgarishi, onixoreksis (tirnoq plastinkalarini qavatlarga ajralishi) va tirnoqlarni zaifligi.
Juda kam xollarda (< 1/10 000): terida achishish hissi.
Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi): eritema, qichishish, kontakt dermatit, eshakemi, pufaklar.
Qo'llanilishi
Kattalarda tirnoqlarning zamburug‘li infeksiyalarini davolash uchun qo‘llanadi. Faqat, agar infeksiya tirnoqning yuqori yarmi yoki yon qirralarini shikastlagan bo‘lsa qo‘llanilsin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ta’sir etuvchi moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
O'zaro ta'sir qilish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Ta'rifi
Tiniq eritma.
Dozirovkasi
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Lak shikastlangan qo‘l yoki oyoq tirnoqlariga xaftada 1 marta surtiladi.
Tirnoqni tayyorlash
Erituvchi yordamida avvalgi surtilgan lak qavatini olib tashlang. Yangi egovcha yordamida tirnoqning butun yuzasini, ayniqsa shikastlangan sohasini tozalang. Egovcha bilan tirnoq atrofidagi teriga tegib ketmaslikka harakat qiling.
OGOHLANTIRISH! Infeksiyani tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shikastlangan va sog‘lom tirnoqlarga bitta egovchadan foydalanmang. Sizning egovchangizdan Sizdan tashqari hech kim foydalanmasligini ta’minlang.
Tirnoqni tozalash
Lakni surtish
Ilova qilingan salfetkalardan biri bilan tirnoqlarni tozalang va uni yog‘sizlantiring. Keyinroq lopatka-applikatorni artish uchun salfetkani saqlang.
Ko‘p martalik lopatka-applikatorlardan birini lak saqlovchi flakonga tushiring. Lakning ortiqchasini flakon devoriga surtmang.
Tirnoqning butun yuzasiga yetarli miqdorda lak surting.
Lak qurishini (3–5 minut) kuting.
Surtilgandan keyin
Lakni har bir surtilgandan keyin lopatka-applikatorni ilova qilingan salfetka bilan sinchkovlik bilan artish juda muhim. Boshqa tirnoqlarni zararlanishini oldini olish uchun lakni har bir surtgandan keyin lopatkani artish sharti bilan uni bir necha marta ishlatish mumkin. Tirnoqlarni tozalagan salfetkani ishlating.
Shu salfetka bilan ishlov berilgan tirnoqlarga tegmang.
Agar qo‘llash vaqtida Siz lak bilan qalpoqchaning tashqi tomoniga tegib ketgan bo‘lsangiz, uni ilova qilinadigan salfetka bilan artish kerak.
Flakonni zich yoping.
Har bir shikastlangan tirnoq uchun yuqorida ta’riflangan muolajani takrorlang.
Muolaja yakunlangandan keyin qo‘llarning yuving. Agar lak qo‘l tirnoqlariga surtilgan bo‘lsa, avval uni to‘liq qurishini kuting. Qurigandan keyin lak na suv bilan, na sovun bilan yuvilmaydi, shuning uchun qo‘l va oyoqlarni odatdagidek yuvish mumkin.
Kosmetik lakni davolovchi lak surtilgandan keyin 24 soat o‘tgandan keyin ishlatish mumkin.
Keyingi surtishdan oldin lakning qoldiqlarini olib tashlangtva tirnoqqa egovcha bilan takroran ishlov bering, uni ilova qilinadigan salfetka yordamida tozalang va lakni yuqorida ta’riflangandek surting.
Shuningdek lakni olib tashlash uchun oddiy suyuqlik bilan namlangan salfetkalardan foydalanish mumkin.
Davolash davomiyligi
Davolash sog‘lom tirnoq to‘liq o‘sib chiqmaguncha uzluksiz davom ettiriladi.
Odatda davolash davomiyligi qo‘l barmoqlari tirnoqlari uchun 6 oyni va oyoq barmoqlari tirnoqlari uchun 9-12 oyni (infeksiya joylashgan joyi va shikastlangan soha maydoniga qarab) tashkil qiladi.
Agar lakni 3 oy qo‘llagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorgamurojaat eting.
Bolalar va o‘smirlar
Ekzoderil lakni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, uni bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Keksa patsiyentlar
Dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalar mavjud emas.
O‘rnatilgan kuni lakni qo‘llash o‘tkazib yuborilganda uni yodga tushishi bilanoq surting. Keyinchalik lakni avvalgidek, aynan bir xafta interval bilan surtishda davom eting.
Dozani oshirib yuborilishi
Ushbu lakni sirtga surtgandan keyin dozani oshirib yuborilishining tizimli belgilarini rivojlanishi kutilmaydi.
Lakni to‘satdan ichga qabul qilinganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ushbu preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Ehtiyot choralari
Ushbu vosita bilan davolash vaqtida o‘rnatiluvchi tirnoqlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Ekzoderil® lakning yangi qavatini surtishdan oldin tirnoq uchun har qanday lak olib tashlanishi kerak.
Kosmetik lakni Ekzoderil® lak surtilgandan keyin kamida 24 soat o‘tmasdan surtish tavsiya etilmaydi.
Organik erituvchilar bilan ishlaganda germetik qo‘lqoplarni taqish kerak, aks holda qo‘l tirnoqlariga surtilgan davolovchi lak ko‘chib ketishi mumkin.
Lakni ko‘zlarga, quloqlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Agar lak ko‘z, quloq yoki shilliq qavatlarga to‘satdan tushsa, ularni suv bilan yuving va shifokorga murojaat eting.
Periferik qon-tomirlar kasalliklari, qandli diabet, immun tizimi faoliyatini buzilishlari, tirnoqlar distrofiyasi yoki tirnoqlarning jiddiy shikastlanishlari (tirnoq plastinasi yuzasining uchdan ikki qismidan ko‘proq shikastlanishi) bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak. U davolashni va tirnoqlarni parvarish qilishni belgilaydi. Bunday xolatlarda tizimli davolash ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek davolashni boshlashdan oldin, agar tirnoqlarni shikastlanishi bo‘lsa yoki avval bo‘lgan bo‘lsa, psoriaz yoki terining boshqa surunkali kasalliklari kabi teri kasalliklari, shishlar, nafas olishni buzilishlari (sariq tirnoqlar sindromi), tirnoq sohasida og‘riq, qiyshayish (deformatsiya) yoki har qanday buzilishlar bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. Ochilgan flakon 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi kerak.
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml xususiyatlari
Ekzoderil boshqa chiqarish shakllari


1[
{
"id": 8358367,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 280000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": true,
"store": {
"id": 180446,
"name": "Europharm",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon",
"landmark": "Dolce",
"coordinates": "41.3134400,69.2915310",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00\r\n",
"phones": [
"+998(71)233-03-33"
]
},
"updated_at": "13.02.2025"
},
{
"id": 8358368,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 223000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 180448,
"name": "А5 Filial Markaz 1",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy",
"landmark": "\"Hamkorbank\" orqasida",
"coordinates": "41.3118440,69.2880500",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00\r\n",
"phones": [
"+998(71)236-13-16",
"+998(71)236-16-17"
]
},
"updated_at": "15.02.2025"
},
{
"id": 8358366,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 280000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 180751,
"name": "А5",
"address": "Mirobod tumani, ",
"landmark": null,
"coordinates": "41.2951319,69.2723192",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00\r\n",
"phones": [
"+998(78)129-45-75"
]
},
"updated_at": "23.02.2025"
}
]EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
2 [
{
"id": 8358367,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 280000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": true,
"store": {
"id": 180446,
"name": "Europharm",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon",
"landmark": "Dolce",
"coordinates": "41.3134400,69.2915310",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00\r\n",
"phones": [
"+998(71)233-03-33"
]
},
"updated_at": "13.02.2025"
},
{
"id": 8358368,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 223000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 180448,
"name": "А5 Filial Markaz 1",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy",
"landmark": "\"Hamkorbank\" orqasida",
"coordinates": "41.3118440,69.2880500",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00\r\n",
"phones": [
"+998(71)236-13-16",
"+998(71)236-16-17"
]
},
"updated_at": "15.02.2025"
},
{
"id": 8358366,
"url": "https://api.europharm.uz/api/products/redirect/332848",
"name": "EKZODERIL LAK 5% 2,5ML",
"price": 280000,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 180751,
"name": "А5",
"address": "Mirobod tumani, ",
"landmark": null,
"coordinates": "41.2951319,69.2723192",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00\r\n",
"phones": [
"+998(78)129-45-75"
]
},
"updated_at": "23.02.2025"
}
]
