Ташкент
logo
SavatKirish

Eraton Kids tomchilari 120ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Kategoriya:Dori vositalari
Farmakoterapevtik guruh:

Kaltsiy va fosfor almashinuvining regulyatori.

Ishlab chiqaruvchi:«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»,
Teglar:Bolalar uchun, Bolalar uchun vitaminlar
1 ta dorixonada bor
Narxi 170 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

Eraton Kids tomchilari 120ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.

Tarkibi

1 ml tarkibida:

Liposomal kalsiy                         158 mg

(sof kalsiy)                                    60 mg

Vitamin D3                                  200ME

Rux glukonat                                 75 mg

(sof rux)                                        10 mg

Tanadagi kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi kombinasiyashlangan biologik faol qoshimcha. D3 vitamini va Ruxning qo'shimcha manbaidir.

Faol moddalarning xususiyatlari:

Kalsiy hayotiy ahamiyatga ega va inson tanasida eng ko'p uchraydigan elementlardan biri bo'lib, u tana vaznining 2 foizini tashkil qiladi. Kalsiy suyak to'qimasining tarkibiy materialidir, bu mineralning taxminan 99% suyaklar va tishlarda saqlanadi va faqat 1% tana suyuqliklarida (hujayradan tashqari suyuqlik, shu jumladan qon plazmasi). Bundan tashqari, kalsiy tananing boshqa tizimlarida, shu jumladan suyak-mushak va asab tiziminida ishtirok etadi. Sog'lom ovqatlanish va jismoniy faollik bilan birga yetarli miqdorda kalsiyni iste'mol qilish osteoporoz xavfini kamaytirishi mumkin. Kalsiy nerv impulslarini uzatishda, mushaklarning qisqarishida, yurak ritmini tartibga solishda, shuningdek qon ivish jarayonida ishtirok etadi, protrombinning trombinga aylanishini faollashtiradi va fibrinogenning fibringa aylanishini tezlashtiradi, bu trombositlar agregatsiyasiga yordam beradi. Liposomal shakl yaxshi so'rilishini ta'minlaydi va oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq nojo’ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini) - kalsiy va fosfor metabolizmining regulyatori. Ichakdagi kalsiyning so'rilishini va buyrak tubulalarida fosforning qayta so'rilishini kuchaytiradi. Bolalarda suyak to'qimalari va tishlarning shakllanishiga yordam beradi, suyak tuzilishini saqlaydi va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Kalsiy almashinuvi uchun mas'ul bo'lgan paratiroid bezlarining ishlashi uchun zarurdir. Immun tizimi va metabolizm holatini yaxshilaydigan limfokinlar va ATF sintezi jarayonlarida ishtirok etadi. D3 vitamini qonda glyukoza miqdorini tartibga solish uchun muhim bo'lgan insulin ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, shuningdek serotonin sintezini kuchaytiradi – bu yaxshi kayfiyat va farovonlikni saqlashga yordam beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarida D3 vitaminining yetishmasligi, shuningdek quyosh nurlari ta'sirining yo'qligi, uning so'rilishining buzilishi, katsiy ionlarining yetishmasligiga bola tanasining intensiv o'sishi davrida raxit rivojlanishiga, kattalarda esa osteomalaziyaga olib keladi.

Ruxning biriktiruvchi to'qima, suyak va tog`ay to'qimalarining tuzilishini tiklashda ishtirok etadi. Rux suyak to'qimasida kalsiyni ushlab turadigan va uni yuvilishini oldini oladigan kollagen matrikni (kollagen to’rini') shakllantirish uchun mo'ljallangan. Suyak o’sish zonalariga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Farmakoterapevtik guruh

Kaltsiy va fosfor almashinuvining regulyatori.

Farmakologik ta'siri

Оrganizmda (suyak, tish, tirnoq, soch, mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi kombinatsiyalangan preparat. Kalsiy rezorbsiyasini pasaytiradi va suyak zichligini oshiradi, bu organizmda kalsiy va D3 vitaminining etishmasligini qoplaydi. Tishni minerallashtirish uchun zarur kompanent xisoblanadi. Kalsiy suyak to'qimasini shakllantirishda ishtirok etadi, rezorbsiyani kamaytiradi va suyak zichligini oshiradi, tayanch-harakat apparatini kasalliklarini oldini oladi, suyak tizimi va bo'g'imlarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

  Xolekalseferol (D3 vitamini) ichakda kalsiyning so'rilishini va buyrak naychalarida fosforning reabsorbtsiyasini oshiradi. Kalsiy va D3 vitaminidan foydalanish suyak rezorbsiyasini kuchaytiradi, paratiroid gormoni ishlab chiqarishning ko'payishini oldini oladi.
D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi.Kaltsiy D vitaminiga bog'liq bo'lgan faol mexanizm orqali ingichka ichakning proksimal qismida ionlangan holda so'riladi.
Ruxning biologik roli uning biriktiruvchi to'qima, suyak va tog`ay to'qimalarning tuzilishini tiklashdagi ishtirok etadi. Sink suyak to'qimasida kalsiyni ushlab turadigan va uni yuvishga imkon bermaydigan kollagen matritsasini (kollagen tarmog'ini) shakllantirish uchun mo'ljallangan. Osteozonlarga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
K2 vitamini osteokalsinni (kollagen bo'lmagan suyak matritsasi) faollashtirishni ta'minlaydi. Faollashtirilgan osteokalsin qon zardobida kaltsiyni bog'laydi va uni suyak to'qimalariga birlashtiradi. Bu suyakni mustaxkamligini ta`minlaydi.
 

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimidan: ich qotishi yoki diareya, meteorizm, ko'ngil aynish, qorin og'rig'i. Moddalar almashinuvidan: kamdan-kam hollarda giperkalsemiya va giperkalsuriya. Kamdan kam hollarda allergik reaksiyalar.

Qo'llanilishi

-terapevtik va profilaktika vositasi sifatida ishlatiladi:

- tanadagi kalsiy va D3 vitamini yetishmovchiligini oziq-ovqat bilan yetarli darajada iste'mol qilinmasligi sababli to'ldirish uchun;

- homiladorlik paytida va emizikli davrida, shuningdek bolalar va o'smirlarning intensiv o'sish davrida tananing kalsiy va D3 vitaminiga bo'lgan ehtiyojining ortishida.

- osteoporoz (shu jumladan menopauza, senil, steroid, idiopatik) va uning asoratlarini (suyak sinishi) oldini olish va kompleks davolash uchun.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

:Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi, D vitamini gipervitaminozi, giperkalsemiya (qonda kalsiy kontsentrasiyasining oshishi), giperkalsiuriya (siydikda kalsiyning ko'payishi), nefrolitiaz.


Dozirovkasi

0 - 1 yoshgacha, kuniga 10-15 tomchidan 2 mahal;

1 - 3 yoshgacha, kuniga 15-20 tomchidan 2 mahal;

4 - 6 yoshgacha, kuniga 20-25 tomchidan 2 mahal;

6 - 12 yoshgacha, kuniga 25-30 tomchidan 2 mahal;

12 yoshdan kattalarga, kuniga 30-40 tomchidan 2 mahal.

Dozani oshirib yuborilishi

anoreksiya, tashnalik, poliuriya, ishtahani yo'qotish, zaiflik, ko'ngil aynishi, qusish, giperkaltsiuriya, giperkalsemiya.

Ehtiyot choralari

buyrak etishmovchiligi, granulomatoz, yurak glikozidlari va tiazid diuretiklarini bila birga qabul qilish.

 

Yaroqlilik muddati (oy)

qadoqlash va flakonlarda ko'rsatilgan. Yaroqlilik muddati o'tgandan keyin foydalanmang!

Dori shakli
120 ml li shishada sirop, foydalanish yo'riqnomasi bilan karton qutiga solingan

Xususiyatlar Eraton Kids tomchilari 120ml

Eraton Kids tomchilari 120ml savollari

Eraton Kids tomchilari 120ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil