GLISERIN 2,11 suppozitorii N10

GLISERIN 2,11 suppozitorii N10 haqida qo'llanma
Farmakodinamikasi
Surgi vositasi bo‘lib, qotgan ahlat massalarini yumshatadi, ularni yo‘g‘on ichak bo‘ylab o‘tishini yengillashtiradi, ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatib, ichak motorikasini reflektor rag‘batlatlantiradi.
Farmakokinetikasi
Rektal qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaktsiyalar, mahalliy reaktsiyalar (terini qichishishi va achishishi). Uzoq muddat qo‘llanganida – ich kelishi fiziologik jarayonini susayishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ichakni normal peristalьtikasi tiklanganidan keyin davolash to‘xtatiladi. Suppozitoriylarga suyuq yoki quyuq mineral moylarni surkash mumkin emas.
Qo‘llanganda ichakdan suppozitoriylarni qoldiqlari ahlat bilan chiqariladi.
Qo'llanilishi
Turli etiologiyali qabziyat, shu jumladan homiladorlik va emizish davrida simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.
Defekatsiya vaqtida kuchanish mumkin emas bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, zo‘riqish bosqichidagi gemorroy, to‘g‘ri ichakning yallig‘lanish kasalliklari va o‘smalar, tashhis qo‘yilmagan og‘riq kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Dozirovkasi
Rektal qo‘llanadi. Ovqat qabul qilinganidan keyin 15-20 minut o‘tgach.
Suppozitoriylar 2,11 g: kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta.
Suppozitoriylar 1,24 g: hayotining birinchi kunlaridan boshlab qo‘llashga ruxsat beriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta.
Zarurati bo‘lganida doza sutkada 2 suppozitoriygacha oshiriladi.





