Apteka.uz
SavatKirish

GLUTAMED tabletkalari N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:A.B.-Biokom, OOO
Barcha Glutamed dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GLUTAMED tabletkalari N60 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka saqlaydigan faol moddalar:
och-xavorang tabletka - glutamed - 0,002g,
oq tabletka - kaliy yo`did - 131 mkg (100 mkg element yo`dga ekvivalent doza).
Yordamchi moddalar: Qand, kraxmal, kalsiy stearat yoki stearin kislotasi

Farmakologik ta'siri

Preparat o`z tarkibida ikki xil biofaol moddalar tabletkalarini saqlaganligi sababli keng qamrovli farmakologik xossalarga ega.
Qalqonsimon bezi follikulini epiteliy xujayralariga kaliy yo`did tabletkalari tarkibidagi yo`didlar kirganida, yo`did - gidroksidaza fermentini ta'siri ostida element yo`d hosil qilib oksidlanadi va tirozin molekulasi tarkibiga qo`shiladi. Bunda tireoglobulindagi tirozin radikallarining bir qismi yo`dlanadi va natijada tironinlar hosil bo`ladi, ularning asosiylari tiroksin va uchyo`dtironinlardir. Tironinlar tireoglobulin oqsili bilan kompleks hosil qilib qalqonsimon bez follikulini kolloidida yeg`iladi.
Organizmga fiziologik miqdorlarda kirayotgan yo`d endemik bo`qoq (ovqatda yo`dni yetishmovchiligi bilan bog`liq bo`lgan) rivojlanishini oldini oladi.
Glutamed tarkibiga kiruvchi mis qon hosil bo`lish, osteogenez, pigmentatsiya va keratizatsiya jarayonlari uchun zarurdir. Misning roli uni qator gormon va fermentlar qurilishidagi ishtiroki bilan belgilanadi, shu jumladan tireoid gormonlar sintezida muhim rol o`ynaydigan transaminazalarning ham. Bunda mis diyo`dtirozining shiff asoslari bilan kompleks hosil qiluvchi element rolini bajaradi. Mis o`zining bunday xususiyatlari hisobiga yo`dning o`zlashtirilishi va uni gormonogenez jarayonlariga jalb qilinishini kuchaytiradi.
Mis biologik oksidlanish va ATF generatsiyasi jarayonlarida, biriktiruvchi oqsillarni (kollagen va elastin) sintezini va temir metabolizmini boshqaradi, glikoliz va to`qima nafasini ham faollashtiradi. U temirni gemm tarkibiga kiritilishini katalizlaydi, eritrositlarning erta bosqichlardagi rivojiga ko`maklashadi. Qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi va elastinning ko`ndalang bog`lanishi uchun zarur bo`lgan desmozin va izodesmozin sintezida ishtirok etishi hisobiga aorta devorlarining yemirilishini bartaraf qiladi.
Mis ta`sirida organizmda A va E, B guruhi vitaminlarining to`planishi yuz beradi, yog` almashinuvi me`yorlashadi, organizmning immunobiologik barqarorligi oshadi.
Glutamedning tarkibiy qismi bo`lgan glutamin kislotasi asetilxolin sinteziga, kaliy ionlarining tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddalaridagi oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok qiladi, bosh miya faoliyatini energiya bilan ta`minlanishida muxim rol o`ynaydi. Miya to`qimasining hujayralarida amalga oshuvchi va ATF ko`rinishida to`planuvchi energiyani ajralib chiqarilishi bilan kechuvchi oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida muhim rol o`ynaydi, neyromediator va boshqa vazifalarni bajaradi.
Glutamin kislotasining ahamiyatli xossalaridan biri uning tireoglobulin yo`dpeptidlari tarkibiga kirishligi, qalqonsimon bez gormonlari sintezining asosiy jarayonlaridan hisoblangan qayta aminlanishning faol komponenti bo`lishligi bilan ham belgilanadi.
Glutamedning yuqori klinik samarasi uning qalqonsimon bezda kechadigan gormonogenezning axamiyatli jarayonlariga bo`lgan ijobiy ta`siri bilan belgilanadi.
Preparat qalqonsimon bezda gormon hosil qilish jarayonlarida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini oshirish orqali tireoid gormonlar sintezini jadallashtiradi. Oqibatda tireoid gormonlar sintezining dastlabki bosqichlaridan bo`lgan yo`dning tirozil xaqasiga birikishi jadallashadi, va endogen gormonogenezning ahamiyatli transaminlash bosqichi faollashadi.
Glutamed qalqonsimon bezning struktur tuzilishiga normallashtiruvchi ta`sir etadi. Preparatning bunday ta`siri yangi va kichik o`lchamli folikulalarning shakllanishi va tirositlarning sekretor faolligining ortishi orqali namoyon bo`ladi.
Preparat jigarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni stimullaydi. Buning natijasida tiroksinning qalqonsimon bezning yuqori faol gormoni bo`lgan uchyo`dtironinga periferik aylanishi qisqa muddatlarda tiklanadi.
Glutamed va kaliy yo`did tabletkalarini tireoid etiologiyali kasalliklarda birga qo`llanilganda qalqonsimon bezning gormon hosil qilish xususiyatining tiklanishi bilan kechuvchi davolash faolligi qisqa muddatda va yuqori samarada namoyon bo`ladi va bu o`z navbatida TTG miqdorining normallashuviga olib keladi.
Glutamed tugunli bo`qoqda tugunlarning o`lchamini qisqarishiga, hatto ularni yo`qolgunicha tez va samarali yordam beradi.
Preparat ta`siri ostida gipotireozning asosiy klinik belgilarini: bo`g`ilish va tomoqda luqmaning tiqilib qolishi xissi, sochlarni to`kilishi, holsizlik, terini qurishi, mehnat qobiliyatini pasayishi va h.k. tezda yo`qolishi kuzatiladi.
Preparat immunmodullovchi, antioksidant va qon hosil qilish faolliklariga egadir.

Nojo'ya samaralari

Preparat yaxshi o`zlashtiriladi, nojo`ya ta`siri aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Misning endogen yetishmovchiligida o`sish jarayoni sekinlashadi, gipotrofiya, aorta elastinining degenerativ o`zgarishlari, pigmentatsiya va me`da – ichak buzilishlari, eritrositlarning yemirilishini tezlashishi kuzatiladi, organizmning fermentiv va gormonal faolligi pasayadi.
Misning surunkali yetishmovchiligida esa skeletdagi o`zgarishlar (raxitda kuzatiladigan holatlarga o`xshash) bilan kechuvchi osteogenezning buzilishi, uzun suyaklarning oxirlarini yemirilishi yuz beradi.
Yo`dning organizmdagi yetishmovchiligi qalqonsimon bez o`lchamlarining kattalashuvi va endemik bo`qoqni keltirib chiqaradi.
Yo`d yetishmovchiligida xolsizlik, uyqusirash, tajanglik yoki tushkunlik holatlari kuzatiladi, bosh tez- tez og`riydi, xotira zaiflashadi, aqliy imkoniyat kamayadi, immun tizimining zaiflashuvi kuzatiladi.
Ayollardagi yo`d yetishmovchiligi menstrual siklning buzilishi, bepushtlik rivojlanishiga olib keladi, erta klimaks kelib chiqishi mumkin.
Preparat yo`riqnomada ko`rsatilgan do`zalarda qo`llanilganida inson organizmining mis va yo`d kabi xayot uchun muhim mikroelementlarga bo`lgan sutkalik extiyojini to`liq qondiradi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o`tganidan keyin ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Yo`d tanqisligi kasalliklarida, shu jumladan gipotireoz bilan kechadigan kasalliklarda: qalqonsimon bez gipofunksiyasida, gipotireozning subklinik va manifest bosqichida, diffuz bo`qoqda, autoimmun komponenti bilan bo`lgan diffuz bo`qoqda, aralash bo`qoqda, tugunli/ko`p tugunli kolloid proliferatsiyalanuvchi bo`qoqda, gipotireoz bilan kechadigan autoimmun tireoitda, birlamchi gipotireozda davolash uchun qo`llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Qalqonsimon bezning barcha tabiatli giperfunfsiyasi. Preparatga bo`lgan yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Glutamedni tirostimulin bilan birga qo`llash tez klinik samaraga erishishga yordam beradi, chunki bu ikkala preparat o`zaro sinergist hisoblanadi. Bu ikkala preparatni tashkil qiluvchi komponentlari qalqonsimon bezda kechadigan endogen gormonogenezni o`zaro bog`liq bosqichlarini rag`batlantiradi.

Dozirovkasi

Terapevtik vosita sifatida katta yoshdagi bemorlarga ichga, ovqatlanishdan 1,5- 2 soat oldin 1 och- xavorang va 1 oq tabletkadan kuniga 2 marta yoki 2 och- xavorang va 2 oq tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 15-30 kun.
Zarur xolatlarda davo kursi uzaytirilishi yoki qo`shimcha davo kurslari belgilanishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GLUTAMED tabletkalari N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GLUTAMED tabletkalari N60 o'xshash dorilari

Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Retseptsiz
Vitrum Vitamin D3 Maks N30
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Walmark a.s.»
•2 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
Analoglar GLUTAMED tabletkalari N60
Analoglari yo'q

GLUTAMED tabletkalari N60 haqida savollar

GLUTAMED tabletkalari N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil