Apteka.uz
SavatKirish

GRANULAYZ tabletkalari N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Dori vositalari
Farmakoterapevtik guruh:

O‘simlik tabiyatli siydik xaydovchi preparat

Vakil:Damaar
Barcha GRANULASE dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

GRANULAYZ tabletkalari N30 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Ortosifon ko‘pyulduzli (Orthosiphon stamineus benth.)80mg

Oddiy toloknyaina (Arctostaphylos uva-ursi) 80 mg

Qizilcha (Vaccinium oxycoccos) 80 mg

Makkajo‘xori so‘tasi(Stigmatis Zeae maydis) 80 mg

Otquyruq(Equisetum arvense L.) 40 mg

Chernika(Vaccinium myrtillus L.) 40 mg

Dorivor oduvanchik(Taraxacum officinale Wigg.) 40 mg

Magniy tsitrati 30mg

Dori shakli: tabletka № 30, № 60  ta blisterda

Farmakoterapevtik guruh

O‘simlik tabiyatli siydik xaydovchi preparat

Farmakologik ta'siri

Ortosifon ko‘pyulduzli (Orthosiphon stamineus benth.).Ortosifon barglarida glinozid ortosifonin(0,01%),alkaloidlar,yog‘ moylari(2,7%),vinnaya kislotasi(1,5%),limon kislotasi,efir moylari(0,2−0,66%),saponinlar mavjud.O‘simlik terisini tozallangandan keyin α-amirin, β‎-sitosterin i- taninlarga ajralib chiqadi.Tibbiyotda ortosifon preparatlarini buyrakning o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarida,shishlarda,albuminuriyada,buyrak tosh kasalliklarida va azotemiyada,diuretik sifatida qo’llaniladi.Diuretiklik effekti tanada mochevina,mochevina kislotasi,va xloridlar ko‘payganda namoyon bo‘ladi.Ortosifon oshqozon bezlari va xlorid kislotasini sekresiyasini oshiradi.Ortosifon bezarar xisoblanadi ,uzoq muddat foydalanilganda ham u organizmga nojo’ya ta’sir ko‘rsatmaydi.

Oddiy toloknyaina (Arctostaphylos uva-ursi).Toloknyanina barglarida flavinoidlar (kversetin, izokversetin, miritsitrin, giperozid, miretsetin), organik kislotalar (olma,chumoli),glikozidlar,arbutin,metilarbutinlar saqlaydi.Bu barcha faol moddalar o‘simlikning kimyoviy tarkibining asosini tashkil qiladi.O‘simlik preparatlari yallig‘lanishga qarshi,mikroblarga qarshi,va siydik xaydovchi ta’sirga ega.O‘simlikning yallig‘lanishga qarshi xususiyati uning tarkibidagi taninlarga bog‘liq.O‘simlikning mikroblarga qarshi xususiyati uning glikozid arbutin bilan bog‘liq bo‘lib u barglar tarkibidagi arbutaza fermenti ta’sirida erkin gidroxinon va glyukozaga parchalanadi.Ikkinchi glikozid –metilarbutin ,glikolizdan so‘ng metil spirti parchalanadi.O‘simlikning antiseptik xususiyati uning gidroxinning antimikrob va maxalliy ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lib u siydik bilan mikroblarni tashqariga chiqarib yuboradi.

Qizilcha (Vaccinium oxycoccos) o‘z ichida organik kislotalar (shu jumladan benzoy), pektin moddalar, triterpen birikmalari, flavanoidlar, antotsidlar, katexinlar, taninlar, vitamin S, karotinoidlar saqlaydi.

Shuningdek qizilcha temir moddasiga juda boy.Qizilcha mikroblarga qarshi xususiyatga ega, stafillokoklarga, streptokoklarga ,ichak tayoqchalariga, proteyalarga, vabo qo’zg‘atuvchilariga.Zambrug‘larga qarshi ta’siri ham aniqlangan.Bundan tashqari qizilcha antibiotiklar,nitrofuranlar,sulfanilamid preparatlarini ta’sirini kuchaytirishi isbotlangan.Xozirgi kunda qizilchani ayrish sistemasi kasalliklarida keng qo’llanilmoqda.Qizilcha mevasi ekstraktining qiziqarli xususiyati aniqlandi-u bakteriyalarni to‘plab qolish va siydik pufagi shilliq qavati hujayralariga yopishib qolishiga yo’l qo’ymaydi,bu esa mikroblarni o‘sishi va rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.Qizilcha mevalarining tarkibiy qismlaridan biri ursul kislotasi xisoblanadi u kuchli diuretik ta’sirga ega bo‘lib shu bilan birga buyraklarda toshlarni xosil bo‘lishini oldini oladi.

Makkajo‘xori so‘tasi(Stigmatis Zeae maydis) tarkibida achchiq glikozidlar 1,15%, saponinlar 3,18%,yog‘ moylari 2,5%, kriptosantin, askorbin i va pantoten kislotasi , vitamin K, inozit, sitosterol, stigmasterollar saqlaydi.Makkajo‘xori urug‘ida kraxmal 61, 2%, jo‘xori yog‘lari, katta miqdorda pentozanlar 7,4%, biotin, nikotini pantoten kislotasi, kversetin, izokversetinlar saqlaydi. Makkajo‘xori so‘tasi siydik xaydovchi,safro xaydovchi,qon to‘xtatuvchi vosita sifatida xolesistitlarda,gepatitlarda va shuningdek urologik kasalliklarda ,siydik tosh kasalliklarida,nefritlarda,shishlarda va gijja kasalliklarida qo’llaniladi.

Otquyruq(Equisetum arvense L.) siydik xaydovchi,qon to‘xtatuvchi,gipotenziv,yallig‘lanishga qarshi vasklerozga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi.Otquyruqdan olingan 5-glyukozid-lyuteolin mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega.Otquyruq ekstrakti suv-tuz almashinuvini normallashtiradi va siydik tizimi kasalliklarini yaxshilaydi.Siydik kislotasi diatezi bilan otquyrug’ining faol moddalari siydikda koloidlar va kristaloidlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi va shu bilan siydik toshlarining ayniqsa oksalat toshlarini xosil bo‘lishini oldini oladi.O‘simlikning kremniy birikmalari metobolik jarayonlarda,bo‘g‘inlar va qon tomirlar devorining biriktiruvchi to‘qimalarining funksional faolligini oshirishda muxim ro’l o‘ynaydi.

Chernika(Vaccinium myrtillus L.) Chernika barglari inulin, flavonoid, antotsidlarga boy. Chernika mevalarida uglevodы, organik kislotalar, vitaminlar (S, B1, B2, R, RR), karotinlar, ko‘p miqdorda fenol kislotalar (kiiniy, kofeyn, xlorogen), marganes va temir birikmalari mavjud.O‘simlik immunitetni oshiruvchi,stressga qarshi,gemostatik,gemopoetik,vazodilyatator,biriktiruvchi xolerergik,va siydik xaydovchi sifatida qo’llanilgan.

Dorivor oduvanchik(Taraxacum officinale Wigg.) oduvanchik ildizi tarkibida taraksatsin 10% gacha , triterpen birikmalari (tarakserol, taraksasterol), sterinlar (r-sitosterin, stigmasterin), flavanoidlar (kosmoziin, lyuteolin-7-glyukozid), inulin 24% gacha ,yog‘ moylari , saxaroza 20% gacha , 15% gacha oqsil, karotin, taninlar saqlaydi. Oduvanchik ildizi tarkibida spirt, saponinlar , proteinlar, vitamin S, A, B2, nikotin kislotalar saqlaydi.Oduvanchik barglarida mavjud bo‘lgan temir,kalsiy,marganes,va fosforning miqdori bargli sabzavotlarga qaraganda yuqori bo‘ladi. O‘simlik ildizi va barglari yallig‘lanishga qarshi,safro xaydovchi,qayt qilishga qarshi,balg‘am ko‘chiruvchi,istimani tushiruvchi,ichni yumshatuvchi,allergiyaga qarshi,va gijjalarga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi.

Magniy sitrati butun tananing zarur energiya darajasini saqlaydi.Mushaklar kuchsizligi,asabiy charchoq,umumiy charchoq va surunkali charchoq sindromi uchun tavsiya etiladi.Magniy etishmovchiligi bilan kaliy tanadan chiqariladi bu esa charchoqqa,umumiy xolsizlikka olib keladi.Bundan tashqari hujayra ichidagi magniyning 80-90% ATF kompleksida saqlanadi u hujayraning asosiy energiya manbai hisoblanadi.

Magniy siydik tuzlarini erigan holatda ushlab turadi va ularni cho‘kishini oldini oladi.Buyrak toshlarini hosil bo‘lishini oldini oladi, xatto kichik konsentratsiyadagi kristtallarni ham parchalaydi. Mg2+ ionlari siydikdagi oksalat kislotasining 40%gacha bog‘laydi.kalsiy birikmalarining cho‘kishini oldini oladi.

Qo'llanilishi

Ayrish sistemasining o‘tkir va surunkali kasalliklarida(uretrit, sistit, pielonefrit, vulvit, vaginit)larda.

Buyrak va siydik tosh kasalliklarida .

Surunkali virusli gepatitda.

Nefrotik sindromda.

Arterial gipertenziya

II-III darajali yurak qon tomir kasalliklarida

Xolesistit va gijja kasalliklarida.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tarkibiy qismlarga individual kutarolmaslik

Giperatsid gastrit

oshqozon shirasining kislotaligi oshishi xisobiga yuzaga kelgan oshqozon ichak yara kasalligida

14 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar

Qonning ivuchanligi ortganda.

Dozirovkasi

Kattalar va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:kuniga 2 maxal ertalab va kechqurun 1 tabletkadan.

Davolanish davomiyligi 2-8 xafta.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GRANULAYZ tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GRANULAYZ tabletkalari N30 haqida savollar

GRANULAYZ tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil