Ташкент
logo
SavatKirish

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Ishlab chiqaruvchi:Sanofi-Aventis Doychland GmbX, Germaniya, proizvedeno Institut de Angeli S.R.L., 50066 Regello, Prulli, 103/S, Florensiya, Italiya
Teglar:Ichak uchun, Ich suradigan dorilar
Vakil:Sanofi
ATX kodi:A03AB08
Barcha Guttalaks dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 150 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml (= 15 tomchi) da ta'sir etuvchi modda 7,5 mg natriy pikosulьfati saqlanadi.
Yordamchi moddalar: natriy benzoati (E 211), suyuq parafin (kristallanmaydigan) (E 420), natriy sitrati digidrati (E 331), limon kislotasi monogidrati (E 330), tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

Guttalaks preparatining ta'sir etuvchi moddasi natriy pikosulьfati, yo'g'on ichakning shilliq qavatidagi mikroorganizmlar ta'sirida metabolizmga uchraganidan so'ng ichak peristalьtikasini rag'batlantiradigan va yo'g'on ichak bo'shlig'ida suv va elektrolitlarni to'planishiga olib keladigan triarilmetan guruhiga mansub kontakt ta'sir qiluvchi surgi vositalariga kiradi. Buning natijasida ichak ichidagi moddani harakatlanishi tezlashadi va axlat yumshaydi, ich kelishi yaxshilanadi.
Natriy pikosulьfati yo'g'on ichakda ta'sir qiladi va ichakning ichidagini evakuatsiyasini rag'batlantiradi. Shunday qilib, ushbu dori vositasi ingichka ichakda asosiy ozuqa moddalarini so'rilishiga ta'sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi
Ichga qabul qilinganidan so'ng natriy pikosulьfati ahamiyatli darajada so'rilmay, yo'g'on ichakka tushadi.
Biotransformatsiyasi
Natriy pikosulьfatini ichakning distal qismida bakterial parchalanishi natijasida uning faol metaboliti – bis-(r-gidroksifenil)-piridil-2-metan hosil bo'ladi.
Chiqarilish
Metabolizmga uchraganidan so'ng faol metabolitning faqat ozgina qismi so'riladi.
10 mg natriy pikosulьfati ichga qabul qilinganidan so'ng qabul qilingan dozaning 10,4% faol metabolitning glyukuronidi ko'rinishida 48 soatdan keyin siydik bilan chiqarilgan.
Farmakokinetikasi va farmakodinamikasi o'rtasida o'zaro bog'liqlik
Preparatning ta'siri faol metabolitni ajralib chiqishiga qarab 6-12 soatdan keyin kuzatiladi.
Qon plazmasida faol metabolitning kontsentratsiyasi va surgi samarasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik yo'q.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralarni uchrash tezligi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), yoki noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan
Noma'lum: teri reaktsiyalari, masalan, angionevrotik shish, dori oqibatidagi toshma, toshma, qichishish.
Immun tizimi tomonidan
Noma'lum: allergik reaktsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh aylanishi.
Noma'lum: xushdan ketish.
Natriy pikosulьfatini qabul qilgandan so'ng rivojlanadigan bosh aylanishi va xushdan ketish belgilari parasimpatik qon-tomirlar reaktsiyasi (masalan, qorinda spastik og'riq, defekatsiya) bilan namoyon bo'ladi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez: diareya.
Tez-tez: qorinda og'riq va diskomfort, qorinda spastik og'riqlar.
Tez-tez emas: ko'ngil aynishi, qusish.
GUTTALAKS dori vositasini uzoq muddat va haddan tashqari ko'p qo'llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, GUTTALAKS diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llanganida, mushaklar bo'shligiga, yurak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo'llanilishi

Qabziyatda, shuningdek defekatsiya jarayonini yengilashtirish zarurati bo'lganida qo'llash uchun mo'ljallangan.
Boshqa surgi vositalari kabi, GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki diagnostik tekshiruvlarsiz uzoq vaqt qabul qilish mumkin emas.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlar yoki preparatning yordam moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik.
Ichak stenozi yoki ichak tutilishi.
Tana haroratini oshishi, ko'ngil aynishi va qusish bilan kechishi mumkin bo'lgan qorinda kuchli og'riq (masalan, appenditsit).
Me'da-ichak yo'llarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari.
Og'ir darajadagi suvsizlanish.
Preparatning yordamchi moddalaridan birortasini nasliy o'zlashtirolmaslik hollari.
GUTTALAKS preparatini 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurish mumkin emas. Kattaroq yoshdagi bolalarga GUTTALAKS preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash kerak.
Suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda (masalan, og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi), dori vositasi faqat shifokorning nazoratida qo'llanishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

GUTTALAKS ortiqcha dozalarda qabul qilinganida, diuretiklar yoki kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash elektrolitlar muvozanatini buzilishini rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Elektrolitlar muvozanatini buzilishi yurak glikozidlariga sezuvchanlikni oshishiga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklarni bir vaqtda qo'llash GUTTALAKSNING surgi samarasini pasaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

Dozalash
Agar o'zgacha buyurilmagan bo'lsa, u holda kattalar uchun dozasi 10-18 tomchini tashkil etadi (bu 5-10 mg natriy pikosulьfatiga to'g'ri keladi).
Ushbu dori vositasini faqat shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilishi kerak bo'lgan 4 yosh va undan katta bolalar uchun dozasi 5-9 tomchini tashkil etadi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulьfatiga to'g'ri keladi).
Dori vositasini eng kichik dozalarini qabul qilishdan boshlash tavsiya etiladi. Ichni muntazam kelishiga erishish uchun preparatning dozasi maksimal tavsiya etilgan dozaga erishilgunicha tuzatish kiritilishi mumkin. Kattalar uchun 18 tomchi hamda 4 yosh va undan katta bolalar uchun 9 tomchini tashkil etuvchi maksimal sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki qabziyatning sababini aniqlamasdan uzoq muddat qabul qilish mumkin emas.
Qo'llash usuli
GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarini kechqurun suyuqlik bilan yoki suyuqliksiz qabul qilgan afzal. Qabul qilingandan so'ng ta'siri odatda taxminan 10-12 soatdan keyin boshlanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi axlatni suyuq kelishiga (diareya), qorinda spastik og'riqlarga va suyuqlik, kaliy hamda boshqa elektrolitlarni klinik jihatdan ahamiyatli darajada yo'qotilishiga olib kelishi mumkin.
Dozasi o'tkir oshirib yuborilganida, agar qabul qilinganidan so'ng qusish sunьiy ravishda chaqirilsa va me'da imkon boricha tezroq yuvilsa, GUTTALAKSNING ta'siri kamaytirilishi yoki bartaraf qilinishi mumkin. Yo'qotilgan suyuqlikni o'rnini to'ldirish va elektrolitlar muvozanatini to'g'rilash tavsiya etiladi. Ma'lum bir holatlarda spazmolitik vositalarni qo'llashni ko'rib chiqish mumkin.
Natriy pikosulьfati qabziyatni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozalarda qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan yo'g'on ichakning shilliq qavatini ishemiyasi rivojlanganligi yuzasidan ayrim xabarlar olingan.
GUTTALAKSNING dozasini surunkali oshirib yuborilishi, boshqa surgi vositalari kabi surunkali diareya, qorinda og'riq, gipokaliyemiya, ikkilamchi giperalьdosteronizm va siydik tosh kasalligini chaqirishi mumkin. Surgi vositasini haddan tashqari yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash buyrak naychalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliyemiya va mushak kuchsizligiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Homilador ayollar ishtirokida adekvat klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar 10 mg/kg va undan yuqori sutkalik dozalarda qo'llanganida reproduktiv toksiklikni ko'rsatdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, GUTTALAKSNI homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Emizish davri
Klinik ma'lumotlar, natriy pikosulьfatning na faol metaboliti, na uning glyukuronidlarini ko'krak suti bilan ajralib chiqmasligini ko'rsatdi. Demak, GUTTALAKS preparati emizish davrida qo'llanishi mumkin.
Fertillik
Dori vositasini odamning fertilligiga ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Klinika oldi tadqiqotlarda, dori vositasini fertillikka biron-bir ta'siri aniqlanmagan.

Ehtiyot choralari

GUTTALAKS dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar simptomlari dori vositasini qabul qilish fonida saqlanib tursa yoki ahvolini yomonlashishi kuzatilsa, dori vositasini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Surgi vositasi qabul qilingandan so'ng to'g'ri ichakdan qon ketishi yoki ich kelmasligi jiddiy kasallik borligidan dalolat berishi mumkin. Surunkali qabziyat bilan xastalangan patsiyentlar to'liq diagnostik tekshiruvdan o'tishlari kerak. GUTTALAKS dori vositasini uzoq muddat qo'llash suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishiga va gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Guttalaks preparatini qabul qilish to'xtatilganida kasallik simptomlari yana paydo bo'lishi mumkin. Agar GUTTALAKS surunkali qabziyatda uzoq muddat qabul qilingan bo'lsa, simptomlarni qaytadan paydo bo'lishi qabziyatni og'irlashishiga olib kelishi mumkin. Natriy pikosulьfatini qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan vaqtga qarab bosh aylanishi va/yoki xushdan ketish holatlari xaqida xabar berilgan. Mavjud bo'lgan ma'lumot, ushbu holatlar defekatsiya vaqtida xushdan ketish (Valьsalьva sinamasi bilan assotsiatsiyalanadi) yoki abdominal og'riqqa nisbatan parasimpatik qon tomirlar reaktsiyasi bilan bog'liq holda yuz berganidan dalolat beradi. Ushbu dori vositasi 1 ml da taxminan 450 mg sorbitol saqlaydi (kattalar uchun maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozalarda qabul qilinganida 600 mg ga to'g'ri keladi). Fruktozani nasliy o'zlashtirolmasigi bo'lgan patsiyentlar GUTTALAKSNI qabul qilishlari mumkin emas.

Xususiyatlar GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml boshqa chiqarish shakllari

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 30ml 7,5mg/ml
GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 30ml 7,5mg/ml
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Doychland GmbX, Germaniya, proizvedeno Institut de Angeli S.R.L., 50066 Regello, Prulli, 103/S, Florensiya, Italiya
Narxi
316 000 so'm dan

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml savollari

GUTTALAKS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 7,5mg/ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil