×
×
  • INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Insuphar Laboratories Ilaclarl Limited Sirketi, Турция произведено: Ilko Ilac San.ve Tic.A.S.
ATX kodi:
- A10BD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GLYURENORM tabletkalari 30mg N60 BOEHRINGER INGELHEIM ELLAS, A.E. Gretsiya
122 000 s`om dan
INSUPRID tabletkalari 2mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
45 200 s`om dan
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A., Италия произведено: Menarini von Heyden GmbH Germaniya
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Dragenopharm Apotheker Puschl GmbH Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INSUKOMB

INSUCOMB

Preparatning savdo nomi: Insukomb

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metformin + glibenklamid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Insukomb 500 mg/2,5 mg

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: metformin gidroxloridi – 500 mg, glibenklamid – 2,5 mg;

yordamchi moddalar: povidon K30, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: Opadri® II pushti 85F240091 (polivinol spirti, titan dioksidi, makrogol, talk, temir (III) oksidi).

Insukomb 500 mg/5 mg

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: metformin gidroxloridi – 500 mg, glibenklamid – 5 mg;

yordamchi moddalar: povidon K30, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: Opadri® II sariq 85F220095 (polivinol spirti, titan dioksidi, makrogol, talk, temir (II) oksidi, tartrazin alyumin laki, sariq sanset FCF alyumin laki).

Ta‘rifi:

Insukomb 500 mg/2,5 mg: dumaloq ikki tomonlama qavariq, bir tomonida «2.5» gravirovkasi bo‘lgan pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Insukomb 500 mg/5 mg: dumaloq ikki tomonlama qavariq, bir tomonida «5» gravirovkasi bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Qandli diabetga qarshi vosita (peroral). Metformin sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada.

ATX kodi: A10BD02

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Insukomb – peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy gipoglikemik preparatdir. Insukomb turli farmakologik guruhlarga mansub bo‘lgan ikkita peroral gipoglikemik vositalarning fiksasiyalangan majmuasidir.

Metformin biguanidlar guruhiga kiradi va qon plazmasida ham bazal, ham postprondial glyukozaning miqdorini pasaytiradi. Metformin insulin sekresiyasini rag‘batlantirmaydi va shu sababli gipoglikemiyani chaqirmaydi. 3 xil ta‘sir mexanizmiga ega:

  • glyukoneogenez va glikogenolizni ingibisiya bo‘lishi hisobiga jigarni glyukoza ishlab chiqarishini pasaytiradi;
  • periferik reseptorlarni insulinga nisbatan sezuvchanligini oshiradi, mushaklarda hujayralar tomonidan glyukozani sarflanishi va utilizasiyasini oshiradi;
  • me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan glyukozani so‘rilishini sekinlashtiradi.

Metformin shuningdek qondagi lipidlarning tarkibiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatib, umumiy xolesterin, PZLP va TG ning darajasini pasaytiradi.

Glibenklamid II avlod sulfonilmochevina hosilalari guruhiga kiradi. Glibenklamid qabul qilinganida glyukozaning miqdori me‘da osti bezining β-hujayralari tomonidan insulin sekresiyasini stimulyasiyasi natijasida pasayadi.

Metformin va glibenklamid turli ta‘sir mexanizmlariga ega, ammo bir birining gipoglikemik faolligini o‘zaro to‘ldiradi. Ikkita gipoglikemik vositalarning majmuasi glyukozaning miqdorini pasaytirishga nisbatan sinergik samaraga ega.

Farmakokinetikasi

Metformin

Metformin ichga qabul qilinganidan so‘ng MIYdan yetarli darajada to‘liq so‘riladi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga 2,5 soat davomida erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 50% dan 60% gacha qiymatni tashkil etadi. Metformin to‘qimalarga tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) davri o‘rtacha 6,5 soatni tashkil etadi. Juda kam darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Metforminning taxminan 20%-30% MIY orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Glibenklamid

Ichga qabul qilinganida MIYdan so‘rilishi 95% ko‘proq qiymatni tashkil etadi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga taxminan 4 soat davomida erishadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) taxminan 10 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99%.

Glibenklamid jigarda deyarli butunlay metabolizmga uchrab, buyraklar orqali (40%) va safro bilan (60%) chiqariladigan ikkita nofaol metabolitlarni hosil qiladi. T1/2 4 soatdan 11 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi.

Ayrim klinik holatlarda preparatning farmakokinetikasi

Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lganida kreatinin klirensi (KK) kabi buyrak klirensi ham pasayadi, bunda T1/2 oshadi, bu qon plazmasida metforminning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Metformin va glibenklamidni bir dori shaklida chiqarilganligi metformin yoki glibenklamidni alohida saqlovchi tabletkalar qabul qilinganida kuzatiladigan biokiraolishlikka ega. Metforminni glibenklamid bilan birgalikdagi biokiraolishligiga, glibenklamidning biokiraolishligiga ta‘sir qilmagani kabi, ovqatlanish ta‘sir qilmaydi. Biroq glibenklamidning so‘rilish tezligi ovqat iste‘mol qilinganida oshadi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda qandli diabetning 2 tipi:

  • dietoterapiya, jismoniy mashqlar va metformin yoki glibenklamid bilan oldindan monoterapiya o‘tkazish samarasiz bo‘lganida;
  • glikemiyaning darajasi barqaror bo‘lgan va yaxshi nazorat qilsa bo‘ladigan pasientlarda har ikkala preparat bilan (metformin va sulfonilmochevina hosilalari) oldindan davolashni almashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Insukomb preparati ichga ovqat vaqtida qabul qilinadi. Preparatni har safar qabul qilish gipoglikemiyani rivojlanishini oldini olish uchun uglevodlarning miqdori yetarlicha yuqori bo‘lgan ovqatlarni iste‘mol qilish bilan amalga oshirilishi kerak.

Preparatning dozasini shifokor glikemiyaning darajasiga qarab har bir pasient uchun individual ravishda aniqlaydi. Insukomb preparatining boshlang‘ich dozasi 500 mg/2,5 mg yoki 500 mg/5 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Gipoglikemiyadan saqlanish uchun boshlang‘ich dozasi, agar glibenklamid yoki metformin birinchi qator davolash sifatida qo‘llangan bo‘lsa, glibenklamid (yoki ilgari qabul qilingan boshqa sulfonilmochevina preparatining dozasiga ekvivalent) yoki metforminning sutkalik dozasini oshirmaslik kerak. Qonda glyukozaning miqdorini adekvat nazorat qilishga erishish uchun har 2 yoki undan ortiq haftada sutkada metforminning dozasini ko‘pi bilan 500 mg ga / glibenklamidning dozasini ko‘pi bilan 5 mg ga oshirish tavsiya etiladi.

Metformin va glibenklamid bilan oldindan majmuaviy davolashni almashtirish: boshlang‘ich dozasi ilgari qabul qilingan metformin va glibenklamid (boshqa sulfonilmochevina preparatining dozasiga ekvivalent dozada) ning sutkalik dozasidan oshmasligi kerak. Davolash boshlanganidan so‘ng har 2 va undan ortiq haftada preparatning dozasiga glikemiyaning darajasiga qarab tuzatish kiritiladi.

Maksimal sutkalik dozasi Insukomb 500 mg/5 mg preparatining 4 tabletkasini yoki Insukomb 500 mg/2,5 mg preparatining 6 tabletkasini tashkil etadi.

Dozalash tartibi individual ravishda aniqlanadi.

500 mg/2,5 mg dozasi uchun:

sutkada 1 marta, ertalab nonushta vaqtida – sutkada 1 tabletka buyurilganida;

sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun – sutkada 2 yoki 4 tabletka buyurilganida;

sutkada 3 marta, ertalab, kunduzi va kechqurun – sutkada 3, 5 yoki 6 tabletka buyurilganida.

500 mg/5 mg dozasi uchun:

sutkada 1 marta, ertalab nonushta vaqtida – sutkada 1 tabletka buyurilganida;

sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun – sutkada 2 yoki 4 tabletka buyurilganida;

sutkada 3 marta, ertalab, kunduzi va kechqurun – sutkada 3 tabletka buyurilganida.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun preparatning dozasi buyraklar faoliyatining holatini hisobga olib belgilanadi. Boshlang‘ich dozasi Insukomb 500 mg/2,5 mg preparati 1 tabletkadan oshmasligi kerak. Buyrak faoliyatini muntazam ravishda baholash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi. Ushbu simptomlar ko‘proq davolashni boshida kuzatiladi va ko‘pchilik hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ko‘rsatilgan simptomlarni rivojlanishini oldini olish uchun preparatni 2 yoki 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi; preparatning dozasini asta-sekin oshirish ham uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Jigar tomonidan: juda kam hollarda – jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini buzilishi yoki davolashni to‘xtatishni talab etuvchi gepatit.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya; tez-tez emas – o‘tkir jigar porfiriyasi va teri porfiriyasi; juda kam hollarda – laktasidoz. Metformin uzoq muddat qo‘llanganida – B12 vitaminini so‘rilishini pasayishi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini pasayishi bilan kechadi. Megaloblast anemiya aniqlanganida shunday etiologiyali bo‘lishi mumkinligini inobatga olish kerak. alkogol iste‘mol qilinganida disulfiramsimon reaksiya bo‘lishi mumkin.

Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda – leykopeniya va trombositopeniya; juda kam hollarda – agranulositoz, gemolitik anemiya, suyak ko‘migi aplaziyasi, megaloblast anemiya va pansitopeniya. Ushbu noxush ko‘rinishlar preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez – ta‘m bilishni buzilishi (og‘izda metall ta‘mi). Davolanish boshlanishida qonda glyukozaning miqdori pasayishi tufayli ko‘rish faoliyati vaqtinchalik buzilishi mumkin.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: kam hollarda – qichishish, eshakemi, rozeolyoz toshma kabi teri reaksiyalari; juda juda hollarda – teri yoki visseral allergik vaskulit, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, fotosensibilizasiya, shokni rivojlanishiga olib keluvchi eshakemi.

Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas – qon plazmasida mochevina va kreatininning darajasini o‘rtacha oshishi; juda kam hollarda – giponatriemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • boshqa sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
  • qandli diabetning I tipi;
  • diabetik ketoasidoz;
  • diabetik prekoma, diabetik koma;
  • buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam);
  • buyrak faoliyatini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir holatlar: degidratasiya, og‘ir infeksiya, shok, tarkibida yod saqlovchi kontrast vositalarni qon-tomir ichiga yuborish;
  • to‘qimalar gipoksiyasi bilan kechadigan o‘tkir yoki surunkali kasalliklar: yurak yoki nafas yetishmovchiligi, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, shok;
  • jigar yetishmovchiligi;
  • porfiriya;
  • mikonazolni bir vaqtda qabul qilish;
  • yirik jarrohlik operasiyalari;
  • surunkali alkogolizm, o‘tkir alkogolli intoksikasiyasi;
  • laktasidoz (shu jumladan, anamnezida);
  • gipokaloriyali (sutkada 1000 kal dan kam) parhezga rioya qilish;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Insukomb preparati bilan bir vaqtda qo‘llanganida mikonazol gipoglikemiyani rivojlanishini qo‘zg‘atishi (hatto koma rivojlangunigacha) mumkin.

Buyrak faoliyatiga qarab preparat qabul qilishni tarkibida yod saqlovchi kontrast moddalarni vena ichiga yuborishdan 48 soat oldin yoki keyin to‘xtatish kerak.

Insukomb preparati bilan davolanish vaqtida alkogol va tarkibida alkogol saqlovchi dori vositalarni qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol va glibenklamid bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramsimon reaksiya (alkogolni o‘zlashtirolmaslik) kuzatilishi (juda kam hollarda) mumkin. Alkogol iste‘mol qilish gipoglikemik ta‘sirini oshirishi (kompensator reaksiyalarni ingibisiya bo‘lishi orqali yoki metabolik faolsizlanishini sekinlashishi orqali) mumkin, bu gipoglikemik komani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. O‘tkir alkogolli intoksikasiyada, ayniqsa och qolgan holatda, yomon ovqatlanganda yoki jigar yetishmovchiligida laktasidozni rivojlanish havfi oshadi.

Fenilbutazon sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini oshiradi (sulfonilmochevina hosilalarini oqsillar bilan bog‘langan joyini almashinadi va/yoki ularning eliminasiyasini kamaytiradi). O‘zaro ta‘sir qilish yaqqolligi kamligi bilan xarakterlanadigan boshqa yallig‘lanishga qarshi vositalarni ishlatish, yoki glikemiyaning darajasini mustaqil nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish afzal. Zarurat bo‘lganida yallig‘lanishga qarshi birga qo‘llanganida va uni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Bozentan glibenklamid bilan majmuada gepatotoksik ta‘sir qilish havfini oshiradi. Ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Shuningdek glibenklamidning gipoglikemik samarasi kamayishi mumkin.

Xlorpromazin yuqori dozalarda (sutkada 100 mg) glikemiyaning darajasini (insulin ajralib chiqishini pasaytirib) oshishini chaqiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida qonda glyukozaning miqdorini mustaqil ravishda nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak; zarurat bo‘lganida neyroleptikni bir vaqtda qo‘llash vaqtida va uni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng gipoglikemik preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Glyukokortikosteroidlar (GKS) va tetrakozaktid qonda glyukozaning miqdorini oshiradi, ba‘zida ketoz bilan kechadi (GKS glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni pasaytiradi). Bir vaqtda qo‘llanganida qonda glyukozaning miqdorini mustaqil ravishda nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak; zarurat bo‘lganida GKSni bir vaqtda qo‘llash vaqtida va uni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng gipoglikemik preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Danazol giperglikemik ta‘sir ko‘rsatadi. Danazol bilan davolash zarurati bo‘lganida va uni qabul qilish to‘xtatilganida glikemiyaning darajasini nazorati ostida Insukomb preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etiladi.

β2-adrenomimetiklar β2-adrenoreseptorni stimulyasiya bo‘lishi hisobiga qonda glyukozaning konsentrasiyasini oshiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida pasientni ogohlantirish va qonda glyukozaning miqdorini nazorat qilish kerak, insulin bilan davolashga o‘tkazish mumkin.

Diuretiklar qonda glyukozaning miqdorini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganida qonda glyukozaning miqdorini mustaqil ravishda nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak; diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash vaqtida va ularni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng Insukomb preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. AAF ingibitorlari (kaptopril, enalapril) ni qo‘llash qonda glyukozaning miqdorini pasayishiga yordam beradi. Zarurat bo‘lganida AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash vaqtida va ularni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng Insukomb preparatining dozasiga tuzatish kiritish kerak.

β-adrenoblokatorlar, klonidin, rezerpin, guanetidin va simpatomimetiklar gipoglikemiyaning ayrim simptomlari: yurak urishini his etish va taxikardiyani niqoblaydi; ko‘pchilik noselektiv β-adrenoblokatorlar gipoglikemiyani rivojlanish tezligi va og‘irligini oshiradilar. Qonda glyukozaning miqdorini, ayniqsa davolanishni boshida, mustaqil ravishda nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak.

Flukonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemiyaning ko‘rinishlari rivojlanishi mumkinligi bilan glibenklamidning T1/2 oshishi yuz beradi. Qonda glyukozaning miqdorini mustaqil ravishda nazorat qilish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak; flukonazol bilan bir vaqtda davolash vaqtida va uni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng Insukomb preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Insukomb desmopressinning antidiuretik samarasini pasaytirishi mumkin.

Glibenklamidni qo‘llash fonida antibakterial dori vositalari, sulfanilamid hosilalari, ftorxinolonlar, antikoagulyantlar (kumarin hosilalari), MAO ingibitorlari, xloramfenikol, pentoksifillin, fibratlar guruhiga mansub gipolipidemik preparatlar, dizopiramid buyurilganida gipoglikemiyani rivojlanish xavfi mavjud.

Maxsus ko‘rsatmalar

Og‘ir jismoniy ishlarni bajaradigan 60 yoshdan oshgan shaxslarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, bu ularda laktasidozni rivojlanish havfi yuqoriligi bilan bog‘liq.

Isitma sindromi, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, gipofizning oldingi bo‘lagi gipofunksiyasi, qalqonsimon bezning faoliyatini kompensasiyalanmagan buzilishi bo‘lgan kasalliklarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Insukomb preparati bilan davolanish vaqtida qondagi glyukozaning darajasini och qoringa va ovqatdan keyin muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Laktasidoz

Laktasidoz juda kam uchraydigan, ammo metforminni kumulyasiyasi tufayli rivojlanishi mumkin bo‘lgan jiddiy (shoshilinch davolash ko‘rsatilmasa, o‘lim yuqori bo‘ladi) asorat hisoblanadi. Metformin qabul qilgan pasientlarda laktasidoz holatlari yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda rivojlangan. Nazorat qilish yomon bo‘lgan qandli diabet, ketoz, uzoq muddat och qolish, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish, jigar yetishmovchiligi va yaqqol gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday holatlar kabi boshqa olib kelishi mumkin bo‘lgan havf omillarni ham hisobga olish kerak. Dispeptik ko‘rinishlar, qorinda og‘riq va kuchli lohaslik bilan kechuvchi mushaklarni tirishishlari kabi nospesifik belgilar paydo bo‘lganida laktasidozni rivojlanish havfini inobatga olish kerak. Og‘ir holatlarda asidotik hansirash, gipoksiya, gipotermiya va koma kuzatilishi mumkin.

Diagnostik laborator ko‘rsatkichlari: qonning rN ko‘rsatkichi past, plazmada laktatning konsentrasiyasi 5 mmol/l dan yuqori, anion intervali va laktat/piruvat nisbati yuqori hisoblanadi.

Gipoglikemiya

Insukomb glibenklamid saqlaydi, shuning uchun preparatni qabul qilish pasientda gipoglikemiyani rivojlanish havfi bilan kechadi. Davolash boshlanganidan so‘ng preparatning dozasini asta-sekin titrlash gipoglikemiyani rivojlanishini oldini olish mumkin. Bunday davolash faqat muntazam ovqatlanish (shu jumladan, nonushta) tartibiga rioya qiladigan pasientga buyurilishi mumkin. Uglevodlarni muntazam iste‘mol qilish muhimdir, chunki gipoglikemiyani rivojlanish havfi kech ovqatlanganda, uglevodlar yetarli darajada iste‘mol qilinmaganda yoki muvozanatlashtirilmagan holda iste‘mol qilinganida oshadi. Gipoglikemiyani rivojlanish ehtimoli ko‘proq gipokaloriyali parhezda, jadal yoki davomli jismoniy harakatlardan so‘ng, alkogol iste‘mol qilinganida yoki gipoglikemik vositalar majmuasi qabul qilinganida eng yuqori bo‘ladi.

Gipoglikemiya chaqirgan kompensator reaksiyalar tufayli, terlash, qo‘rquv, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurakni urishini his etish, stenokardiya va aritmiya rivojlanishi mumkin. Agar gipoglikemiya sekin rivojlansa, vegetativ nevropatiyada yoki β-adrenoblokator, klonidin, rezerpin, guanetidin yoki simpatomimetiklar bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgi simptomlari bo‘lmsligi mumkin.

Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda gipoglikemiyaning boshqa simptomlari bosh og‘rig‘i, ochlik, ko‘ngil aynishi, qusish, kuchli toliqish, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik holati, agressiya, diqqatni jamlashni va psixomotor reaksiyalarni buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutqni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, titrash, falaj, paresteziyalar, bosh aylanishi, deliriy, tirishishlar, uyquchanlik, xushsiz holat, yuzaki nafas va bradikardiya bo‘lishi mumkin.

Preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish, preparatning dozasini tanlash va pasient uchun qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi gipoglikemiyani rivojlanish havfini pasaytirish uchun muhim hisoblanadi. Agar pasientda og‘ir darajadagi gipoglikemiyaning takroriy hurujlari rivojlansa, boshqa davolash variantlarni qo‘llash ehtimolini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Gipoglikemiyani rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

  • bir vaqtda alkogol iste‘mol qilish, ayniqsa och qolganda;
  • pasientni shifokor bilan o‘zaro muloqot qilish imkoniyatini yo‘qligi yoki rad etishi (ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarga tegishli) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan tavsiyalarga rioya qilmasligi;
  • sifatsiz ovqatlanish, muntazam ravishda ovqatlanmaslik, och qolish yoki parhezdagi o‘zgarishlar;
  • jismoniy harakatlar va uglevodlarni qabul qilish o‘rtasida muvozanatni buzilishi;
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
  • Insukomb preparatining dozasini oshirib yuborilishi;
  • ayrim endokrin buzilishlar: qalqonsimon bez, gipofiz va buyrak usti bezlari faoliyatini yetishmovchiligi;
  • ayrim dori vositalarni bir vaqtda qabul qilish.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi yoki og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning farmakokinetikasi va/yoki farmakodinamikasi o‘zgarishi mumkin. Bunday pasientlarda rivojlanadigan gipoglikemiya davomli bo‘lishi mumkin, bunday holatda muvofiq davolashni boshlash kerak.

Qonda glyukozaning miqdorini beqarorligi

Jarrohlik aralashuvini o‘tkazish rejalashtirilganida yoki qandli diabetning dekompensasiyasini boshqa sabablari bo‘lganida, insulin bilan davolashga vaqtinchalik o‘tishni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Giperglikemiyaning simptomlari tez-tez siyish, kuchli chanqash, terini qurishi hisoblanadi.

Rejali jarrohlik aralashuvi yoki tarkibida yod saqlovchi rentgenokontrast vositani vena ichiga yuborishdan 48 soat oldin Insukomb preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Davolashni 48 soatdan keyin va buyrak faoliyati baholangandan va normal deb tan olingandan keyingina qayta boshlash tavsiya etiladi.

Buyrak faoliyati

Metformin buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, davolashni boshlashdan oldin va keyinchalik muntazam ravishda qon zardobida kreatininning miqdorini va/yoki KK aniqlash kerak: buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda yiliga kamida 1 marta va keksa yoshdagi pasientlarda yiliga 2-4 marta, shuningdek KK normaning yuqori chegarasida bo‘lgan pasientlarda aniqlash kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi mumkin bo‘lgan holatlarda, masalan, keksa yoshdagi pasientlarda yoki antigipertenziv davolash, diuretiklar yoki NYAQV ni qabul qilish boshlanganida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Boshqa ehtiyotkorlik choralari

Pasient bronxo‘pka infeksiyasi yoki siydik-tanosil a‘zolarining infeksion kasalliklari paydo bo‘lganligi yuzasidan shifokorga xabar berishi kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas. Insukomb preparati bilan davolanish vaqtida ayol pasient homilador bo‘lishni rejalashtirayotgani haqida va homilador bo‘lganligi haqida shifokorga xabar berishi kerakligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishi kerak. Homiladorlik rejalashtirilganida, shuningdek Insukomb preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik kuzatilganida preparatni qo‘llashni bekor qilish va insulin bilan davolashni buyurish kerak.

Emizish davrida Insukomb preparatini qo‘llash mumkin emas, chunki preparatning faol moddalarini ko‘krak sutiga o‘tish hususiyati yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Pediatriyada qo‘llanishi

Insukomb preparati bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Pasientlar gipoglikemiyani rivojlanish havfi borligi yuzasidan ma‘lumot olgan bo‘lishlari kerak va avtomobilni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatning tarkibida glibenklamid borligi tufayli, gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Dozani uzoq muddat oshirib yuborilishi yoki aloqador havf omillarini bo‘lishi laktasidozni rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin, chunki preparatning tarkibiga metformin kiradi.

Davolash: xushni yo‘qolishi va nevrologik ko‘rinishlarsiz kechuvchi gipoglikemiyaning yengil va o‘rtacha simptomlari zudlik bilan qand iste‘mol qilish bilan to‘g‘rilanishi mumkin. Preparatning dozasiga tuzatish kiritish va/yoki ovqatlanish tartibini o‘zgartirish kerak. qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda koma, paroksizm yoki boshqa nevrologik buzilishlar bilan kechuvchi og‘ir darajadagi gipoglikemik reaksiyalarni rivojlanishi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni talab etadi. Pasient shifoxonaga tushgunicha gipoglikemiyaga shubha tug‘ilgan yoki tashxis qo‘yilgan zahoti dektroza eritmasini vena ichiga yuborish kerak. Pasientning xushi tiklanganidan so‘ng bemorga yengil o‘zlashtiriladigan uglevodlarga boy bo‘lgan ovqatlarni (gipoglikemiya takroran rivojlanishidan saqlanish uchun) berish kerak.

Laktasidoz shoshilinch tibbiy yordamni talab etuvchi holat hisoblanadi; laktasidozni davolash kasalxona sharoitida o‘tkazilishi kerak. Laktat va metforminni organizmdan chiqarib yuborish imkonini beradigan eng samarali davolash usul gemodializ hisoblanadi.

Qon plazmasida glibenklamidning klirensi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda oshishi mumkin. Glibenklamid qondagi oqsillar bilan faol bog‘langanligi sababli, preparat dializda eliminasiya bo‘lmaydi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 15 tabletka blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 dori vositasi Insuphar Laboratories Ilaclarl Limited Sirketi, Турция произведено: Ilko Ilac San.ve Tic.A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
INSUKOMB tabletkalari 500mg/5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilaclarl Limited Sirketi, Турция произведено: Ilko Ilac San.ve Tic.A.S.
INSUKOMB tabletkalari 500mg/2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilaclarl Limited Sirketi, Турция произведено: Ilko Ilac San.ve Tic.A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9