KAMISTAD gel 10g



KAMISTAD gel 10g haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat. Lidokain mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu og'iz bo'shlig'i va milklarning shilliq qavati yallig'lanishi va shikastlanishida og'riqning tez va uzoq muddatli kamayishiga yordam beradi. Moychechak gullari ekstrakti yallig'lanishga qarshi, antiseptik va regeneratsiya qiluvchi xususiyatlarga ega.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Agar Kamistad® ni qo‘llash vaqtida allergiya belgilari paydo bo‘lsa, preparatni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Gelni qo'llashdan oldin va keyin qo'llarni yuvish tavsiya etiladi.
Kamistad® qand o'rnini bosuvchi natriy saxarinatni saqlaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga gipersezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri yoki nomutanosibligi ta'riflanmagan.
Dozirovkasi
Mahalliy. Uzunligi 0,5 sm bo'lgan preparat bo'lagi og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va lablarning og'riqli yoki yallig'langan joylariga kuniga 3 marta surtiladi, yengil massaj harakatlari bilan ishqalanadi.
Tish protezlariga o'rganish davrida siqilish joylariga uzunligi 0,5 sm bo'lgan gel bo'lagini ishqalash kerak.Davolash kursi kasallikning og'irligiga bog'liq.
Sotuvi
Retseptsiz.
KAMISTAD gel 10g xususiyatlari
Kamistad boshqa chiqarish shakllari

KAMISTAD gel 10g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
KAMISTAD gel 10g haqida savollar
KAMISTAD gel 10g haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari


