Ташкент
logo
SavatKirish

SEFTRI tabletkalari 200mg N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Sefiksim
Ishlab chiqaruvchi:BKRS Pharma Pvt. Ltd.
ATX kodi:J01DD08
Barcha Seftri dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 o'xshash dorilari

PROKASIN eritma 100 mg/2 ml
Retseptli
PROKASIN eritma 100 mg/2 ml
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
AZIMED tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIMED tabletkalari 500mg N3
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Kievmedpreparat»
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefiksim - 200 mg; 400;
yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talьk, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, metilenxlorid, oq tayyor miksi, izopropil spirti.

Farmakodinamikasi

Ta'sir mexanizmi
Ichga qabul qilish uchun sefalosporinlarni III avlodi guruhiga mansub yarim sintetik antibiotikdir. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning hujayra devorini sintezini susaytirishi bilan bog'liq. Sefiksim ko'pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan β-laktamazalarning ta'siriga chidamlidir.
Mikrobga qarshi faollik doirasi.
Klinik amaliyot va in vitro sharoitida sefiksimning samaradorligi Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Niesseria gonorrhoeae chaqirgan infektsiyalarda tasdiqlangan.
Sefiksim shuningdek in vitro sharoitida grammusbat Streptococcus agalactiae va grammanfiy bakteriyalarga – Haemophilus parainfluenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumonia, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multocida, Providencia spp., Salmonella spp., Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus ga qarshi faollikka ega.
Preparatga Pseudomonas spp., Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, ko'pchilik shtammlari Enterobacter spp., Staphylococcus spp. (shu jumladan metitsilliga rezistent shtammlari), Bacteroides fragilis, Clostridium spp. lar chidamlidir.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 40 - 50% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog'liq emas. Kattalarda peroral 400 mg dozada qabul qilinganda qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 3 - 4 soatdan keyin erishiladi va u 2,5 - 4,9 mkg/ml ni, 200 mg dozada - 1,49 - 3,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqatni qabul qilish preparatni me'da-ichak yo'llaridan so'rilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.


Taqsimlanishi
200 mg sefiksimni yuborilganda 16,8 l ga teng muvozanatli kontsentratsiyasiga erishilganda, taqsimlanish hajmi - 6,7 l ni tashkil qilgan. Sefiksimning taxminan 65% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Sefiksim siydik va safroda eng yuqori kontsentratsiyalarini hosil qiladi. Sefiksim yo'ldosh to'sig'i orqali kiradi. Sefiksimni kindik qonidagi kontsentratsiyasi preparatni ona qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 1/6 - 1/2 ga yetadi, preparat ko'krak sutida aniqlanmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Kattalar va bolalarda yarim chiqarilish davri 3 - 4 soatni tashkil qiladi. Sefiksim jigarda metabolizmga uchramaydi, qabul qilingan dozaning 50 - 55% siydik bilan 24 soat davomida o'zgarmagan holda chiqariladi. Sefiksimning taxminan 10% safro bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralar qayd etilgan holatlarning tez-tezligi bo'yicha tasniflanadi:
Juda tez-tez (>10%), tez-tez (1 - 10%), tez-tez emas (0,1 - 1,0%), kam (0,01 - 0,1%), juda kam (0,01%)
Qon tizimi va qon yaratish a'zolari tomonidan:
Juda kam hollarda: tranzitor anemiya, leykopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, trombotsitopeniya yoki eozinofiliya. Qon ivishini buzilishining ayrim holatlari aniqlangan.
Tez-tezligi noma'lum: gemolitik anemiya.
Allergik reaktsiyalar:
Kam hollarda: allergik reaktsiyalar (masalan, eshakemi, terini qichishishi).
Juda kam hollarda: Layell sindromi (toksik epinevral nekroliz), sensibilizatsiya bilan bog'liq boshqa alergik reaktsiyalar - dorivor isitma, zardob kasalligini eslatuvchi sindrom, gemolitik anemiya va interstitsial nefrit, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, disforiya, notinchlik.
Nafas olish tizimi tomonidan:
Tez-tezligi noma'lum: dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez: qorinda og'riq, ovqat hazm bo'lishini buzilishi, ko'ngil aynishi, qusish va diareya.
Juda kam hollarda: soxtamembranoz kolit.
Gepatobililar tizimi tomonidan:
Kam hollarda: hollarda ishqoriy fosfataza va transaminazalar darajasini, qonda bilirubin kontsentratsiyasini oshishi.
Juda kam hollarda: gepatit va xolestatik sariqlikning alohida holatlari.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:
Juda kam hollarda: kreatinin kontsentratsiyasini biroz oshishi, gematuriya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Penitsillinlar bilan kesishuvchan allergik reaktsiyalarni paydo bo'lishi mumkinligi sababli, patsiyentlarni anamnezini sinchkov baholash tavsiya qilinadi. Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni darhol to'xtatish kerak.
Preparatni uzoq qo'llanganda ichak mikroflorasi buzilishi mumkin, bu Clostridium difficile nihaddan ziyod ko'payishiga va soxtamembranoz kolitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareyaning yengil shakllari paydo bo'lganida, odatda preparatni qabul qilishni to'xtatish yetarlidir. Kasallikning og'irroq shakllarida davolashni to'g'rilovchi davo (masalan, vankomitsinni ichga 250 mgdan kuniga 4 marta buyurish) tavsiya qilinadi. Me'da-ichak yo'llari motorikasini ingibitsiya qiluvchi, diareyaga qarshi preparatlar soxtamembranoz kolit rivojlanganida qo'llanmaydi.
Seftri preparatini aminglikozidlar, polimiksin V, kolistimetat natriy, “xalqali” diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bilan bir vaqtda yuqori dozalarda qo'llash hollarida, ayniqsa buyrak faoliyatini sinchkov nazorat qilish zarur. Seftri preparati bilan uzoq davolangandan keyin gemopoez faoliyati holatini tekshirish lozim.
Dispergirlanadigan tabletkalarni faqat suvda eritish lozim. Davolanish vaqtida ekspress diagnostika uchun ayrim test-tizimlari ishlatilganda Kumbsning bevosita soxta musbat reaktsiyalari va siydikni glyukozaga soxta musbat reaktsiyalari bo'lishi mumkin.Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Seftri preparatni transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tekshirishlar o'tkazilmagan. Noxush samaralar (masalan, bosh aylanishi) bo'lishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Qo'llanilishi

Preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
streptokokli tonzillit va faringit;
sinusitlar;
o'tkir bronxit;
surunkali bronxitni zo'rayiishi;
o'tkir o'rta otit;
siydik-chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari;
asoratlanmagan gonoreya;
shigellezda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

sefiksimga yoki preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik,
sefalosporinlarga yoki penitsillinlarga o'ta yuqori sezuvchanlik,
surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalarga va tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalarga ushbu dori shaklida qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksa yoshdagi patsiyentlar, buyrak yetishmovchiligi, kolit (anamnezida), homiladorlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Naychalar sekretsiyasining blokatorlari (probenetsid va boshqalar) sefiksimni buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi, bu dozani oshirib yuborilish simptomlarini paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Sefiksim protrombin indeksini pasaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi.
Sefiksimni karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanganida, plazmada karbamazepinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bunday holatlarda terapevtik dori monitoringini o'tkazish maqsadga muvofiqdir.

Ta'rifi

Doza 200 mg - deyarli oq rangli, dumaloq shaklli ikki tomni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Doza 400 mg - deyarli oq rangli, dumaloq shaklli ikki tomoni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza bir yoki ikki marta qabul qilish uchun 400 mg.
Tana vazni 25 - 50 kg bo'lgan bolalarga preparatni sutkada 200 mg dozada bir marta qabul qilishga buyuriladi.
Bevosita qo'llashdan oldin tabletkani qaynatilgan va sovutilgan choy qoshiq suvda eritiladi.
Tabletkani yetarli miqdordagi suv bilan yutish yoki suvda eritish va olingan suspenziyani tayyorlangandan keyinroq darhol ichish kerak. Preparatni ovqatni qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Davolanish davomiyligi kasallikni kechishiga va infektsiyani turiga bog'liq. Infektsiya simptomlari va/yoki isitma yo'qolgandan keyin preparatni qabul qilishni kamida yana 48 - 72 soat davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Nafas yo'llarining va LOR a'zolarining infektsiyalarida davolash kursining davomiyligi 7 - 14 kunni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan tonzillofaringitda davolanish davomiyligi kamida 10 kun bo'lishi kerak.
Asoratlanmagan gonoreyada preparatni 400 mg dozada bir marta buyuriladi.
Ayollarda quyi siydik yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida preparatni 3 - 7 kun davomida, ayollarda yuqori siydik-chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida 14 kun buyurilishi mumkin.
Erkaklarda yuqori va quyi siydik–chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida davolash davomiyligi 7 - 14 kunni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlarida dozani qon zardobida kreatinin klirensini ko'rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Kreatinin klirensi minutiga 21 - 60 ml bo'lganida yoki gemodializda bo'lgan patsiyentlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirilishi sababli preparatni boshqa shakllarini ishlatish tavsiya qilinadi. Kreatinin klirensi minutiga 20 ml va undan kam bo'lganida yoki peritoneal dializda bo'lgan patsiyentlarda sutkalik dozani 2 martaga kamaytirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Maksimal sutkalik dozadan ortiq dozani qabul qilinganda yuqorida ta'riflangan dozaga bog'liq nojo'ya samaralarning tez-tezligi oshishi mumkin.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik va tutib turuvchi davolash o'tkaziladi.
Gemodializ va peritoneal dializ samarasiz.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Seftri preparatini homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun bo'lgan potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina qo'llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo'llash zarurati tug'ilganida emizishni to'xtatish lozim.

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 boshqa chiqarish shakllari

SEFTRI-S poroshok 1000 mg/500 mg
SEFTRI-S poroshok 1000 mg/500 mg
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratories Pvt. Ltd
•13 ta dorixonada bor
Narxi
54 000 so'm dan
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd.

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 analoglari

PANSEF 0,4 N6
PANSEF 0,4 N6
Makedoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Alkaloid AO
PANSEF (SEFIKSIM) 0,4 N10
PANSEF (SEFIKSIM) 0,4 N10
Makedoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Alkaloid AO
SUPRAKS 30,0 0,1/5ml
SUPRAKS 30,0 0,1/5ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fakta Farmacheutichi S.P.A.
SUPRAKS kapsulalar  400mg N6
SUPRAKS kapsulalar 400mg N6
Saudiya Arabistoni/Iordaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Djazira Farmasyutikal Indastriz/Xikma Farmasyutika
SUPRAKS SOLYUTAB tabletkalari 400mg N7
Retseptli
SUPRAKS SOLYUTAB tabletkalari 400mg N7
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
A.Menarini Menyufekchering Lodjistiks end Servisiz S
SUPRAKS granuli 30g 100mg/5ml
SUPRAKS granuli 30g 100mg/5ml
Saudiya Arabistoni/Iordaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Djazira Farmasyutikal Indastriz/Xikma Farmasyutika
OPTIKSIM 50 poroshok 2g 50-2,5 mg/ml N10
OPTIKSIM 50 poroshok 2g 50-2,5 mg/ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Brawn Laboratories Limited
5
1 отзывов
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
Retseptli
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•21 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan
SEFRAZ poroshok 30g 100mg/5ml
Retseptli
SEFRAZ poroshok 30g 100mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Zim Laboratories Ltd
YUNIKSIM kapsulalar  400mg N6
Retseptli
YUNIKSIM kapsulalar 400mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Karan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Cotec Healthcare Pvt. Ltd
•39 ta dorixonada bor
Narxi
51 000 so'm dan

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 savollari

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil