Laktidiar sashesi N20



Laktidiar sashesi N20 qo'llanmasi
Tarkibi:
1 paketdagi har bir portsiya:
Energetik qiymati .................................................... 4,92 kkal
Uglevodlar (shakar 0,0) ......................................... 0,16 g
Oqsillar ..............................……………………....... 0,00 g
Yog'lar ………………………………………………….0,00 g
Laktobakteriyalar……........................................... 50 mln
Streptococcus Faecalis ........................................ 30 mln
Clostridium Butyricum ........................................... 2 mln
Bacillus Mesentericus ............................................ 1 mln
Fruktooligosaxaridlar…………............................. 25 mg
1 paket-sashe, alyumin PVXdan. 20 dona paket-sashe qo’llanma bilan birgalikda karton qutiga joylashtirilgan.
LAKTIDIAR SASHESI prebiotik va probiotik qo'shimchalar sifatida tavsiya etiladi:
- kasallik tug’diruvchi bakteriyalarni ko'payish xavfini kamaytirish;
- foydali bakteriyalarning tabiiy muvozanatini tiklash;
- ovqat komponentlarini hazm qilish va so’rilishini yaxshilash;
- immunitet tizimini mustahkamlash;
- ich qotish xavfini kamaytirish.
Preparatning komponentlarga yuqori sezuvchanlik, o'tkir pankreatitda, homiladorlik va emizikli ayollarga.
Bundan tashqari, opportunistik infektsiyalarni rivojlanish xavfi bo'lgan va oshqozon-ichak trakti buzilgan bemorlar uchun qo’llash tavsiya etilmaydi.
Kuniga 1 paket-sashedan yoki davolovchi shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.
- Probiotikni och qoringa iste'mol qiling - Probiotiklar ma’lum oziq-ovqat mahsulotlari qo'shilganda qorinda gaz paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Probiotiklarni och qoringa qabul qilish bunday holat sodir bo'lmasligini va foydali bakteriyalarning iloji boricha uzoqroq yashashini kafolatlaydi. Probiotiklarni ovqatdan kamida 30 daqiqa oldin qabul qiling. Agar sizda shunda ham muammolar yuzaga kelsa, yotishdan oldin och qoringa probiotiklar qabul qilib ko'ring.
- Ko'p miqdorda suv iching - aksariyat nojo'ya ta'sirlar ovqat hazm qilish tizimining zararsizlantirish jarayonining natijasi bo’ladi. Gidratatsiyaning saqlanishi jarayonni tezlashtiradi va agar sizda diareya bo'lsa, suvsizlanishni oldini oladi.
- Sabrli bo’ling – ta’sir qilishni boshlanishidan oldin organizmingizning probiotikga moslashishi uchun ikki haftagacha vaqt talab etilishi mumkin.
Bakteriyalar dozasining oshib ketishi gazning ko'payishiga olib kelishi mumkin (bu ham qorin dam bo’lishining kuchayishini anglatadi). Probiotiklarning haddan ortiq dozasi ichakni bezovta qilishi va axlatning suyuqligiga olib kelishi mumkin.
Laktidiar sashesi N20 boshqa chiqarish shakllari

Laktidiar sashesi N20 savollari
Laktidiar sashesi N20 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar




