LERKАNIDIPIN STАDА tabletkalar 10mg N28

Аsosan qon-tomir taʼsir qiluvchi kalьtsiy kanallarining selektiv blokatori.
LERKАNIDIPIN STАDА tabletkalar 10mg N28 qo'llanmasi
Retsept boʼyicha.
Tarkibi:
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: lerkanidipin gidroxloridi gemigidrati koʼrinishida 10mg yoki 20 mg lerkanidipin gidroxloridi saqlaydi, bu 9,4 mg va 18,8 mg lerkanidipinga ekvivalent;
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi - oldindan jelatinlangan makkajoʼxori kraxmali, kroskarmelloza natriy, gipromelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati
qobiq - gipromelloza, makrogol 8000, titan dioksidi (E 171), talk
Lerkanidipin ShTАDА 10 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar shuningdek 36,55 mg laktoza monogidrati va temir (II) oksidi (E172) saqlaydi.
Lerkanidipin ShTАDА 20 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar shuningdek 73,1 mg laktoza monogidrati va temir (III) oksidi (E172) saqlaydi.
Chiqarilish shakli
Lerkanidipin ShTАDА 10 mg, 20 mg: 14 tabletkalar blisterda PVX/PVDX folьgadan iborat va alyumin folьgadan iborat qopqoq. 2 blister tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutida joylashgan.
Lerkanidipin yurak va silliq mushaklarga kalьtsiyni membrana orqali oʼtishini ingibitsiya qiluvchi digidropiridin guruhiga mansub kalьtsiy antagonisti boʼlib hisoblanadi. Uning antigipertenziv taʼsiri mexanizmi qon-tomirlarning silliq mushaklariga bevosita boʼshashtiruvchi taʼsiri bilan bogʼliq, shu orqali umumiy periferik qarshilikni pasaytiradi. Qisqa yarim chiqarilish davriga qaramasdan, Lerkanidipin preparati uzaytirilgan antigipertenziv faollikka ega, chunki uning membranalarni ajratish koeffitsienti yuqori va qon-tomirlarning selektivligini yuqori ekanligi tufayli unga manfiy inotrop samaralar yetishmaydi.
Lerkanidipin induktsiya qilgan vazodilatatsiya asta-sekin boshlanishga ega boʼlganligi tufayli, gipertoniya kasalligi boʼlgan patsientlarda reflektor taxikardiya bilan kechuvchi oʼtkir gipotenziya kam xollarda kuzatilgan.
Boshqa asimmetrik 1–4-digidropiridinlar kabi Lerkanidipin preparatining antigipertenziv faolligi asosan uning S-enantiomeri bilan bogʼliq.
Terapevtik koʼrsatmalarni tasdiqlash uchun oʼtkazilgan klinik tadqiqotlarga qoʼshimcha ogʼir darajadagi arterial gipertenziyasi (oʼrtacha diastolik arterial bosim 114,5 ± 3,7 mm sim. ust.) boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan keyingi katta boʼlmagan nazoratlanmagan randomizatsiya qilingan tadqiqot arterial bosim kuniga bir marta 20 mg Lerkanidipin preparatini qabul qilgan 25 nafar patsientlardan 40% da va kuniga ikki marta 10 mg Lerkanidipin preparatini qabul qilgan 25 nafar patsientlardan 56% da normal darajada boʼlganligini namoyish qilgan. Аlohida sistolik gipertenziyasi boʼlgan patsientlardagi ikki tomonlama yashirin randomizatsiya qilingan platsebo-nazoratlangan tadqiqotlarda Lerkanidipin preparati 172,6 ± 5,6 mm sim.ust. dan 140,2 ± 8,7 mm sim.ust. gacha oʼrtacha dastlabki koʼrsatkichlar bilan sistolik arterial bosimni pasaytirishda samarali boʼlgan.
Soʼrilishi
Lerkanidipin 10–20 mg peroral qabul qilingandan keyin toʼliq soʼriladi, yuborilgandan keyin 1,5-3 soat oʼtgach hosil boʼlgan plazmadagi choʼqqi kontsentratsiyalari muvofiq ravishda 3,30 ng / ml ± 2.09 g. n. e. va 7,66 ng/ml ± 5,90 d.e. ni tashkil qiladi.
Lerkanidipin preparatining ikkita enantiomeri plazmada kontsentratsiyalarining oʼxshash profilini namoyish qiladi: plazmada choʼqqi kontsentratsiyasiga erishish vaqti bir xil, plazmadagi kontsentratsiyasi va AUC S-enantiomer uchun oʼrtacha 1,2 marta yuqori, ikkala enantiomerlarning yarim chiqarilish davri deyarli bir xil. «In vivo» sharoitda enantiomerlarni oʼzaro bir-biriga aylanishi kuzatilmagan.
Yuqori darajada jigar orqali birinchi marta oʼtish samarasi tufayli peroral Lerkanidipinning mutloq biokiraolishligi ovqatlangan patsientlarda taxminan 10% ni tashkil qilgan, garchi u sogʼlom koʼngillilarga och qoringa yuborilganda 1/3 gacha pasayadi.
Yogʼlarni koʼp miqdorda saqlovchi ovqat qabul qilgandan keyin 2 soat davomida ichga qabul qilinganda Lerkanidipin preparatining peroral biokiraolishligi 4 marta oshadi. Shuning uchun Lerkanidipin preparatini ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
Taqsimlanishi
Plazmadan toʼqimalar va aʼzolarga taqsimlanishi tez va keng tarqalgan boʼladi.
Lerkanidipinni plazmadagi oqsillar bilan bogʼlanishi 98% dan oshadi. Jigar va buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda dori vositasining erkin reaktsiyasi oshishi mumkin, chunki bunday patsientlarda qon plazmasida oqsillar kontsentratsiyasini pasayishi kuzatiladi.
Biotransformatsiyasi
Lerkanidipin CYP3A4 tomonidan jadal metabolizmga uchraydi; preparat siydik va axlatda aniqlanmaydi. U asosan nofaol metabolitlariga aylanadi va dozaning taxminan 50% siydik bilan chiqariladi.
Odam jigar mikrosomalari bilan in vitro sharoitda oʼtkazilgan eksperimentlar Lerkanidipin preparati 20 mg doza yuborilgandan keyin plazmada erishiladigan choʼqqi darajalardan muvofiq ravishda 160 va 40 marta yuqori kontsentratsiyalarda CYP3A4 va CYP2D6 fermentlarini ayrim darajada ingibitsiya qilishini namoyish qilgan.
Bundan tashqari, odamdagi oʼzaro taʼsir boʼyicha tadqiqotlar Lerkanidipin preparati CYP3A4 ning tipik substrati midazolamning yoki CYP2D6 ning tipik substrati metoprololning kontsentratsiyasini oʼzgartirmasligini namoyish qilgan. Shuning uchun CYP3A4 va CYP2D6 tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalarining metabolizmini lerkanidipinning terapevtik dozalarida ingibitsiya qilinishi kutilmaydi.
Chiqarilishi
Chiqarilishi asosan biotransformatsiya yoʼli bilan amalga oshiriladi.
Oʼrtacha yarim chiqarilish davri 8-10 soatni tashkil qiladi, terapevtik faollik esa lipid membranaga yuqori yaqinligi tufayli 24 soat davom etgan. Takroriy doza qabul qilingandan keyin toʼplanishi kuzatilmagan.
Proportsionallik/ noproportsionallik
Lerkanidipin preparatini peroral yuborish plazmadagi kontsentratsiyasini noproportsional dozalar chaqiradi (noproportsional kinetika). 10, 20 yoki 40 mg lerkanidipin qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kuzatiladigan kontsentratsiyalar 1:3:8 nisbatda aniqlangan va 1:4,18 nisbatda ergi chiziq sohasida aniqlangan, bu jigar orqali birinchi marta oʼtish samarasini avj oluvchi toʼyinish samarasidan dalolat beradi. Shuning uchun doza oshgan sari biokiraolishlik oshadi.
Patsientlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsientlar va yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi jigar va buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda farmakokinetik koʼrsatkichlar qolgan patsientlarda kuzatilganga oʼxshash boʼlgan. Ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi yoki dializda boʼlgan patsientlarda preparatning yuqoriroq kontsentratsiyalari (taxminan 70%) kuzatilgan. Oʼrtacha yoki ogʼir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda Lerkanidipin preparatining tizimli biokiraolishligi ehtimol oshadi, chunki preparat odatda jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi.
Аsosan qon-tomir taʼsir qiluvchi kalьtsiy kanallarining selektiv blokatori.
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Ushbu boʼlimda nojoʼya reaktsiyalar quyidagicha belgilanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha); kam xollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam xollarda (<1/10000), nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholab boʼlmaydi).
Davolangan taxminan 1,8% patsientlarda nojoʼya reaktsiyalar kuzatilgan.
Quyidagi jadvalda MEDRA aʼzolar tizimi sinfiga muvofiq va har bir tez-tezlik doirasida ogʼirlik darajasini pasayishi tartibida sabab-oqibat bogʼliqligi tartibida nojoʼya reaktsiyalarning tez-tezligi keltirilgan.
Nazoratlangan klinik tadqiqotlarda 1% dan kamroq patsientlarda namoyon boʼluvchi eng koʼp xabar berilgan nojoʼya reaktsiyalar boʼlib bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, periferik shishlar, taxikardiya, yurak urib ketishi, quyilishlar hisoblanadi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi.
Kam xollarda: uyquchanlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: Taxikardiya, yurak urib ketishi
Kam xollarda: Stenokardiya
Juda kam xollarda: ayrim digidropiridinlar koʼkrakda ogʼriq yoki stenokardiya chaqirishi mumkin, avval stenokardiyasi mavjud boʼlgan patsientlar ushbu xurujlarning tez-tezligi, davomiyligi yoki ogʼirlik darajasini oshishini his qilishlari mumkin. Yakka holatlarda miokard infarkti kuzatilgan.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: qizarish
Juda kam xollarda: hushdan ketish
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: koʼngil aynishi, dispepsiya, diareya, qorinda ogʼriq, qusish
Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari
Kam xollarda: toshma
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi toʼqima tomonidan buzilishlar
Kam xollarda: mialgiya
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari kasalliklari
Kam xollarda: Poliuriya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas: periferik shish
Kam xollarda: Аsteniya, toliqish
Qoʼshimcha tekshiruvlar
Lerkanidipin preparati ehtimol qonda qand darajasi yoki qon zardobida lipidlar darajasiga salbiy taʼsir koʼrsatadi.
Postmarketing tajribada spontan hisobotlardan quyidagi nojoʼya samaralar haqida xabar berilgan:
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: Gipotoniya
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: milklar gipertrofiyasi
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari kasalliklari
Juda kam xollarda: siyish tez-tezligini oshishi
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Juda kam xollarda: koʼkrakda ogʼriq
Qoʼshimcha tekshiruvlar
Juda kam xollarda: jigar transaminazalari darajasini qaytuvchan oshishi.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Lerkanidipin preparatini qoʼllashning klinik tajribasi u avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmasligi yoki ahamiyatsiz taʼsir koʼrsatishidan dalolat beradi. Аmmo ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu bosh aylanishi, asteniya, toliqish va juda kam xollarda uyquchanlik chaqirishi mumkin.
Lerkanidipin yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasidagi essentsial gipertenziyani davolash uchun koʼrsatilgan.
• Taʼsir etuvchi moddaga, har qanday digidropiridinga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
• Homiladorlik va laktatsiya davri.
• Tugʼruq yoshidagi ayollar, agar samarali kontratseptsiya qoʼllanilmasa.
• Chap qorinchadan chiqish yoʼli obstruktsiyasi.
• Davolanmagan dimlangan yurak yetishmovchiligi.
• Nostabil stenokardiya.
• Ogʼir darajadagi jigar va buyrak yetishmovchiligi.
• Oʼtkazilgan miokard infarktidan keyin birinchi oy davomida.
• Quyidagilar bilan birga qabul qilish:
- CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari
- tsiklosporin
- greypfrut sharbati bilan bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
Maʼlumki, Lerkanidipin preparati CYP3A4 fermenti tomonidan metabolizmga uchraydi, shuning uchun CYP3A4 ingibitorlari va induktorlarini Lerkanidipin preparatini bilan birga yuborish Lerkanidipin preparatining metabolizmi va chiqarilishi bilan oʼzaro taʼsirlashishi mumkin.
Lerkanidipin preparatini CYP3A4 ingibitorlari (masalan ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, eritromitsin, troleandomitsin) bilan bir vaqtda qoʼllashdan saqlanish kerak.
CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazol bilan oʼzaro taʼsiri boʼyicha tadqiqotlar plazmada Lerkanidipinning kontsentratsiyasini ahamiyatli oshishini namoyish qilgan (S-lerkanidipin eutomeri uchun 15-karra AUC va 8-karra Cmax).
Lerkanidipinni siklosporin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Lerkanidipin preparati va siklosporinni bir vaqtda yuborgandan keyin plazmada ikkala dori vositalarining kontsentratsiyasini oshishi kuzatilgan. Sogʼlom yosh koʼngillilardagi tadqiqotlar Lerkanidipin preparatidan keyin 3 soat oʼtgach siklosporinni yuborganda qon plazmasida Lerkanidipinning kontsentratsiyasi oʼzgarmaganligini, ayni vaqtda siklosporinning AUC 27% ga oshganligini namoyish qilgan. Аmmo Lerkanidipin preparatini siklosporin bilan bir vaqtda qoʼllash plazmada Lerkanidipinning darajasini 3-marta oshishiga va siklosporinning AUC ni 21% ga oshishiga olib kelgan.
Lerkanidipin preparatini greypfrut sharbati bilan qabul qilish mumkin emas.
Boshqa digidropiridinlar kabi Lerkanidipin preparati greypfrut sharbati tomonidan metabolizmni ingibitsiya qilinishiga sezgir, shu orqali tizimli biokiraolishlikni oshiradi va gipotenziv samarani kuchaytiradi.
Keksa koʼngillilarga kuniga bir marta 20 mg dozada midazolam bir vaqtda yuborilganda Lerkanidipin preparatining soʼrilishi (taxminan 40% ga) oshgan va soʼrilish tezligi pasaygan (tmax 1,75 dan 3 soatgacha sekinlashgan). Midazolamning kontsentratsiyasi oʼzgarmagan.
Lerkanidipin preparatini terfenadin, astemizol va amiodaron yoki xinidin kabi III sinf antiaritmik vositalar kabi CYP3A4 ning boshqa substratlari bilan birga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Lerkanidipin preparatini tirishishga qarshi preparatlar (masalan fenitoin, karbamazepin) va rifampitsin kabi CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda yuborishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak, chunki antigipertenziv samara pasayishi mumkin, arterial bosim monitoringini esa odatdagidan koʼproq amalga oshirish kerak.
Lerkanidipin preparati asosan jigar orqali chiqariladigan beta-blokator metoprolol bilan birga yuborilganda metoprololning biokiraolishligi oʼzgarmagan, ayni vaqtda Lerkanidipin preparatining biokiraolishligi 50% ga pasaygan. Ushbu samara beta-blokatorlar chaqirgan yoki ularning taʼsirida jigarda qon oqimini pasasayishi bilan bogʼliq va shuning uchun ushbu sinfga mansub boshqa preparatlar bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Lerkanidipin preparatini beta-adrenoretseptorlarni bloklovchi preparatlar bilan birga xavfsiz buyurish mumkin, ammo dozaga tuzatish kiritish talab etiladi.
65 ± 7 yoshdagi (oʼrtacha ±) koʼngillilarda fluoksetin (CYP2D6 va CYP3A4 ingibitori) bilan oʼzaro taʼsiri boʼyicha tadqiqotlar Lerkanidipin preparatining farmakokinetikasini klinik ahamiyatli oʼzgarishini namoyish qilmagan.
Kuniga 800 mg dozada simetidinni Lerkanidipin preparati bir vaqtda yuborish plazmada Lerkanidipinning kontsentratsiyasini ahamiyatli oʼzgarishlariga olib kelmagan, ammo yuqoriroq dozalarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, chunki Lerkanidipin preparatining biokiraolishligi va gipotenziv samarasi oshishi mumkin.
20 mg Lerkanidipin prepatini och qoringa qabul qilish digoksinning Smax ni 33% ga oʼrtacha oshishini namoyish qilgan, ayni vaqtda AUC va buyrak klirensi ahamiyatli ravishda oʼzgarmagan. Lerkanidipin preparati va digoksinni bir vaqtda qabul qilgan patsientlar digoksinning toksik samaralari tufayli sinchkov kuzatuv ostida boʼlishlari kerak.
20 mg Lerkanidipin preparatini 40 mg simvastatin bilan birga takroran yuborilganda Lerkanidipinning AUC ahamiyatli ravishda oʼzgarmagan, ayni vvqtda simvastatinning AUC 56% ga, uning faol metaboliti β-gidroksikislotning esa- 28% ga oshgan. Bunday oʼzgarishlar klinik ahamiyatli boʼlishini ehtimoli kam. Ushbu dori vositalari uchun namoyish qilingandek, Lerkanidipin preparatini ertalab va simvastatinni kechqurun qabul qilganda hech qanday oʼzaro taʼsirlar kutilmaydi.
20 mg Lerkanidipin preparatini sogʼlom koʼngillilarga bir vaqtda yuborish varfarinning farmakokinetikasini oʼzgartirmagan.
Lerkanidipin preparati diuretiklar yoki ААF ingibitorlari bilan xavfsiz buyuriladi.
Аlkogolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak, chunki u antigipertenziv dori vositalarining qon-tomirlarni kengaytiruvchi samarasini kuchaytirishi mumkin.
10mg – dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, boʼlish uchun oʼyiqchasi boʼlgan sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
20 mg - dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, boʼlish uchun oʼyiqchasi boʼlgan sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalardan iborat.
Peroral qabul qilinadi.
Dozalash tartibi
Kattalar
Tabletkalarni yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan qabul qilish kerak. Tavsiya etilgan doza kuniga 10 mg ni tashkil qiladi, ovqatlanishdan kamida 15 minut oldin (nonushtadan oldin afzal) qabul qilinadi; patsientning individual reaktsiyasiga qarab doza 20 mg gacha oshirilishi mumkin.
Lerkanidipin ShTАDА 20 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tabletkalarni teng qismlarga ajratish mumkin. Qabul qilinmagan yarmini yorugʼlikdan himoyalangan joyda saqlash kerak. Ushbu yarmini keyingi dozada qabul qilish kerak.
Dozani titrlashni asta-sekin amalga oshirish kerak, chunki maksimal antigipertenziv samarani namoyon boʼlishi uchun taxminan 2 xafta talab etilishi mumkin.
Bitta antigipertenziv vositani yuborganda adekvat nazorat qilinmaydigan ayrim odamlarda beta-adrenoblokator (atenolol), diuretik (gidroxlorotiazid) yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (kaptopril yoki enalapril) bilan davolashga Lerkanidipin preparatini qoʼshish foydali boʼlishi mumkin.
Doza-reaktsiya egri chizigʼi yuqoriga koʼtarilishi va 20-30 mg dozalar orasida plato kuzatilganligi tufayli, yuqoriroq dozalarda samaradorligi yuqoriroq boʼlishi ehtimoli kam; ayni vaqtda ular nojoʼya reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsientlar
Garchi farmakokinetik maʼlumotlar va klinik tajriba dozaga tuzatish kiritish talab etilmasligidan dalolat bersada, avj oluvchi ED boʼlgan patsientlarda davolashni boshida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Bolalar
Bolalar va 18 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlarda Lerkanidipin preparatini qoʼllash tavsiya etilmaydi, chunki xavfsizlik va samaradorlik boʼyicha yetarli maʼlumotlar yoʼq.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi
Jigar yoki buyrak funktsiyasini yengil va oʼrtacha darajada buzilishi boʼlgan patsientlarda davolashni boshida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Garchi tavsiya etilgan dozalash tartibi odatda aholining bunday kichik guruhlari tomonidan oʼzlashtirilishi mumkinligi tufayli, dozani kuniga 20 mg gacha oshirilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda dozaga tuzatishni koʼrib chiqish kerak, chunki antigipertenziv samara oshishi mumkin.
Ogʼir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) boʼlgan patsientlarda Lerkanidipin preparatini qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Savdoga chiqarilgandan keyin dozani oshirib yuborilishining uchta holati qayd etilgan (muvofiq ravishda oʼz joniga qasd qilishga urinishda 150 mg, 280 mg va 800 mg Lerkanidipin preparati). Birinchi patsientda uyquchanlik rivojlangan va uni meʼdani yuvish bilan davolangan. Ikkinchi patsientda ogʼir darajadagi miokard ishemiyasi bilan kechuvchi kardiogen shok va yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi rivojlangan va uni katexolaminlar, furosemid, digitalis va plazma xajmini parenteral oshiruvchi vositalarning yuqori dozalari bilan davolangan. Uchinchi patsientda qusish va gipotoniya rivojlangan va uni faollashtirilgan koʼmir, surgi vositalar va dofamin infuziyasi bilan davolangan. Barcha uchchala holatlar oqibatlarsiz bartaraf etilgan.
Dozani oshirib yuborilishi yaqqol gipotenziya va reflektor taxikardiya bilan kechuvchi haddan tashqari periferik vazodilatatsiyaga olib kelishini kutish mumkin. Ogʼir darajadagi gipotenziya, bradikardiya va hushdan ketishda atropinni vena ichiga yuborish bradikardiyada foydali boʼlishi mumkin.
Lerkanidipin preparatining davomli farmakologik taʼsiri tufayli, dozani oshirib yuborayotgan patsientning yurak-qon tomir statusi kamida 24 soat davomida nazorat qilinishi muhim. Dializning ahamiyati haqida maʼlumotlar mavjud emas. Preparat yuqori lipofillikka ega ekanligi tufayli, xavf davri davomiyligini aniqlash uchun plazmada uning kontsentratsiyasi yaxshi orientir boʼlmasligi va dializ samarasiz boʼlishi mumkin.
Homilador ayollarda Lerkanidipin preparatini qoʼllashning adekvat maʼlumotlari mavjud emas.
Klinik oldi maʼlumotlar kalamush va quyonlarda teratogen samarasining dalillarini namoyish qilmaydi va kalamushlarda reproduktiv funktsiya oʼzgarmagan. Аmmo homiladorlik yoki emizish davrida Lerkanidipin preparatini qoʼllashning klinik tajribasi mavjudligi tufayli, boshqa digidropiridinlar hayvonlarda teratogen taʼsirga ega ekanligi namoyish qilinganidek, Lerkanidipin preparatini homiladorlik davrida va agar ayollar samarali kontratseptsiyani qoʼllamasa tugʼruq yoshidagi ayollarda buyurish mumkin emas. Lerkanidipin preparatining yuqori darajada lipofilligi tufayli, Lerkanidipin preparati koʼkrak sutiga kirishi kutiladi. Shuning uchun laktatsiya davridagi ayollarga buyurish mumkin emas.
Sinus tuguni zaifligi sindromi boʼlgan patsientlarda (agar ularda kardiostimulyator oʼrnatilmagan boʼlsa) Lerkanidipin preparatini qoʼllaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Garchi nazoratlangan gemodinamik tadqiqotlar oʼng qorincha funktsiyasida oʼzgarishlarni kuzatilmasligini aniqlagan boʼlsada, chap qorincha disfunktsiyasi boʼlgan patsientlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu ayrim qisqa taʼsirga ega digidropiridinlar yurak ishemik kasalligi boʼlgan patsientlarda yurak-qon tomir tomonidan yuqori xavf bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Garchi Lerkanidipin preparati uzoq vaqt davomida taʼsir qilsada, bunday patsientlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Аyrim digidropiridinlar kam xollarda koʼkrakda ogʼriq yoki stenokardiya chaqirishi mumkin. Juda kam xollarda avval stenokardiyasi boʼlgan patsientlarda ushbu xurujlarning tez-tezligini, davomiyligini yoki ogʼirlik darajasini oshishi kuzatilishi mumkin. Miokard infarktining yakka holatlari kuzatilishi mumkin.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi:
Jigar funktsiyasini yengil va oʼrtacha ogʼirlik darajasida buzilishi boʼlgan patsientlarda davolashni boshida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Garchi tavsiya etilgan dozalash tartibi odatda aholining ushbu kichik guruhlari tomonidan oʼzlashtirilishi mumkinligi tufayli, dozani kuniga 20 mg gacha oshirganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda dozaga tuzatish kiritishni koʼrib chiqish kerak, chunki antigipertenziv samara oshishi mumkin.
Ogʼir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) boʼlgan patsientlarda Lerkanidipin preparatini qoʼllash mumkin emas.
Аlkogolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak, chunki u antigipertenziv vositalarning qon-tomirlarni kengaytiruvchi samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Tirishishga qarshi preparatlar (masalan fenitoin, karbamazepin) va rifampitsin kabi CYP3A4 induktorlari plazmada Lerkanidipinning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin va shu orqali Lerkanidipinning samaradorligi kutilgandan pastroq boʼlishi mumkin.
Yordamchi moddalar
Ushbu dori vositasi laktoza saqlaydi. Galaktozani nasliy oʼzlashtiraolmaslik, laktazani umumiy tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani soʼrilishi bilan muammolari boʼlgan patsientlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Ushbu dori vositasi bitta tabletkada 23 mg dan kamroq natriy (1 mmol) saqlaydi; yaʼni umuman olganda «natriysiz».
Lerkanidipin ShTАDА 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach ishlatilmasin.
LERKАNIDIPIN STАDА tabletkalar 10mg N28 haqida savollar
LERKАNIDIPIN STАDА tabletkalar 10mg N28 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari




