MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60




магний препарати.
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60 qo'llanmasi
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Tabletka yadrosi:
faol moddalar: magniy laktat digidrati* – 470 mg; piridoksin gidroxloridi – 5 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza – 115,6 mg, og‘ir kaolin – 40,0 mg, akatsiya yelimi – 20,0 mg, karboksipolimetilen 934 – 10,0 mg, talьk (magniy gidrosilikati) – 42,7 mg, magniy stearati – 6.7 mg.
Tabletka qobig‘i: akatsiya yelimi – 3, 615 mg, saxaroza - 214,969 mg, titan dioksidi - 1,416 mg, talьk (magniy gidrosilikati) - qoldiqlar, karnaub mumi (kukun) - qoldiqlar.
* - saqlash bo‘yicha 48 mg magniy (Mg++) ga ekvivalent.
Chiqarilish shakli20 tabletkadan PVX/alyumin folьgali blisterlarda.
3 blisterdan 20 tabletkadan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Magniy hayotiy muhim elementdir, u hujayralarning me'yoriy faoliyati uchun zarur bo‘lib, ko‘pgina moddalar almashinuvi rektsiyalarida ishtirok etadi.
Qisman, u nerv impulьslarining o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Organizmdagi magniyning 1/3 qismi suyak to‘qimalarida to‘planadi. Organizmga magniy ovqat bilan birga tushadi. Magniy yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga talab oshganda (yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda, stress, homiladorlik va diuretiklar qo‘llanilgan holatlarda) kuzatiladi.
Piridoksin (vitamin V6) ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, u magniyning me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi.
Qon zardobidagi magniy miqdorlari:
- 12 va 17 mg/l orasida (1 – 1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmolь/l): magniyning mo‘'tadil miqdordagi yetishmovchiligini ko‘rsatadi;
- 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki 0,5 mmolь/l): magniyning og‘ir tanqisligini ko‘rsatadi.
Oshqozon-ichak traktida magniyning so‘rilishi og‘iz orqali qabul qilingan dozaning 50% dan ko‘p emas. Tanadagi magniyning 99% xujayralar ichida joylashgan. Xujayra ichidagi magniyning tahmiman 2/3 qismi suyak to‘qimasida, qolgan 1/3 qismi esa silliq va chiziqli mushak to‘qimalarida tarqalgan. Magniy asosan siydik bilan chiqariladi. Magniyning qabul qilingan dozasining kamida 1/3 qismi siydik bilan chiqariladi.
магний препарати.
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda (<0,01%): allergik reaktsiyalar, jumladan teri reaktsiyalari;
Me'da-ichak tizimi tomonidan:
Tez-tezligi noma'lum (yuzaga chiqish tezligini baholash mavjud ma'lumotlarga ko‘ra mumkin emas): diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm kuzatilishi mumkin.
Tabletkalar faqat kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.
Qandli diabeti bor bemorlar uchun ma'lumot: qobiq bilan qoplangan tabletkalar yordamchi modda sifatida saxaroza saqlaydi.
Og‘ir darajadagi magniy tanqisligi yoki malьabsorbtsiya sindromi holatlarida davolanishni magniyni vena ichiga yuborish yo‘li bilan boshlash zarur.
Kalьtsiy va magniyning bir vaqtdagi tanqisligi holatida magniy tanqisligini kalьtsiy preparati va kalьtsiy saqlovchi ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qilishdan avval to‘ldirish tavsiya etiladi.
Organizmda magniy tanqisligiga olib keluvchi ich yurgizuvchi dori vositalarini, alkogolni tez-tez qo‘llash holatlarida, og‘ir jismoniy va ruhiy yuklamalar vaqtida magniyga muhtojlik ortib boradi. Uzoq vaqt davomida (bir necha oy yoki ayrim holatlarda - yillar) piridoksinni yuqori dozalarda (kuniga 200 mg dan ko‘p) qabul qilish tufayli uvishish va propriotsekptiv sezuvchanlikniing buzilishi, oyoq-qo‘llarning distal qisimlarida tremor va sekin-asta rivojlanuvchi sensor ataksiya (harakat koordinatsiyasining buzilishi) kabi simptomlar bilan kechuvchi sensor aksonal neyropatiya rivojlanishi mumkin. Bu o‘zgarishlar asosan o‘tkinchi bo‘lib, vitamin V6 vitaminini qabul qilish to‘xtatilishi bilan o‘tib ketadi.
Alohida yoki boshqa defitsitli holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, qo‘yidagi belgilar bilan kechuvchi holatlar: yuqori ta'sirchanlik, uyquning biroz buzilishi, me'da-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish hissi kuzatilganda.
Agar bir oy ichidagi davolanish vaqtida ko‘rsatilgan belgilarning kamayishi kuzatilmasa, davolanishni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
- Preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam);
- Fenilkentonuriya;
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
- Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malьabsorbtsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli);
- Bir vaqtning o‘zida levodopa bilan birgalikda qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” ga qarang)mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (gipermagniyemiya rivojlanish xavfi).
Mumkin bo‘lmagan kombinatsiyalar
Levodopa bilan: levodopa faolligi piridoksin yordamida ingibirlanadi (agarda bu preparat aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa). Shuning uchun levodopa preparati aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilinmasa, shu vaqtda har qanday miqdordagi piridoksinni qabul qilishdan saqlaning.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Birgalikda qabul qilingan fosfat yoki kalьtsiy tuzlarini saqlovchi dori vositalari qabul qilingan magniyning ichak orqali so‘rilishini susaytiradi.
E'tiborga olish kerak bo‘lgan kombinatsiyalar
Tetratsiklinlarni ichga qabul qilish buyurilganda tetratsiklin va MAGNE V6® preparati orasida 3 soatlik intervalni saqlash lozim, chunki magniy preparatlari tetratsiklinlar so‘rilishini kamaytiradi.
oq rangli qobiq bilan qoplangan oval ikki yoqlama qavariq silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.
Tabletkalarni butunligicha, 1 stakan suv bilan ichish lozim.
Kattalar uchun: sutkasiga 2-3 qabulga bo‘lingan 3-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
6 yoshdan oshgan bolalar uchun (20 kg vazn atrofida):
10-30 mg/kg sutkasiga, ya'ni 6 yoshdan katta bolalar uchun (vazni 20 kg atrofida bo‘lgan) sutkasiga 2-3 qabulga bo‘lingan 2-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
Odatda davolanish davomiyligi bir oyni tashkil etadi.
Simptomlari
Buyraklarning me'yordagi faoliyati vaqtida magniyning ichga qabul qilinishi vaqtida dozaning oshirib yuborilishi toksik reaktsiyalarning yuzaga kelishiga olib kelmaydi. Ammo buraklarning yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish yuzaga kelishi mumkin. Dozaning oshirib yuborilgan belgilarining namoyon bo‘lishi magniyning qondagi kontsentratsiyasiga bog‘liq: arterial bosimning tushib ketishi; ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy asab tizimining bostirilishi, reflekslarning pasayishi; elektrokardiogrammada o‘zgarishlar kuzatilishi; nafas olishning bostirilishi, koma, yurakning to‘xtab qolishi va nafas olishning falajlanishi; anurik sindrom.
Davolash
Regidratatsiya, kuchaytirilagn diurez. Buyraklar yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ muhim.
Homiladorlik
Yetarli miqdordagi homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning homila rivojlanishidagi nuqsonlar kelib chiqishiga nojo‘ya ta'siri yoki fetotoksik ta'sirini aniqlanmadi.
MAGNE V6® preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi bilan zaruriy holatlarda qo‘llanilishi mumkin.
Emizish davri
Magniyning ona sutiga kirishini hisobga olib, preparatni qabul qilish zaruriyati vaqtida emizish to‘xtatish tavsiya etiladi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir etmaydi. Alohida ko‘rsatmalar yo‘q.
Ehtiyotkorlik bilan
Retseptsiz.
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60 boshqa chiqarish shakllari


MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60 savollari
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar




