Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10

MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Makrogol
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
Teglar:Ich suradigan dorilar
ATX kodi:А06АD15
Barcha MAKRO-DJI dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 61 100 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: makrogol 4000 – 10 g; 

yordamchi moddalar: natriy saxarinati, natriy xloridi, natriy bikarbonati, kaliy xloridi, quruq apel'sin essentsiyasi. 

Сhiqarilish shakli 

Kukun 10,741 g dan har ikkala tomonidan alyumin fol'ga bilan bosilgan paketchada. 10 paketchadan tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Makrogol – osmotik surgi vositasi. Preparatning faol moddasining molekulasi etilenning yuqori molekulali oksidi bo'lib, u ichak bo'shlig'ida suv molekulalari bilan vodorod bog'larini hosil qiladi. Buning hisobiga makrogol ximusda suyuqlikning miqdorini oshiradi, uning konsistentsiyasini yumshatadi va ichakning peristaltikasini kuchaytirib, ich kelishini engillashtiradi. Ichakning shilliq qavatiga qo'zg'atuvchi ta'sirga ega emas, ximusning rn ni o'zgartirmaydi, ichakdan evakuasiya refleksini tiklaydi, suv-elektrolit balansining buzilishiga to'sqinlik qiladi. Preparat qabul qilingandan keyin surgi ta'siri 24-48 soat o'tgach yuz beradi.

Farmakokinetikasi

 Me'da-ichak yo'llaridan so'rilmaydi va metabolizmga uchramaydi.

Dori shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Nojo'ya samaralari

Tavsiya qilingan dozalarga rioya qilinganida preparat yaxshi o'zlashtiriladi, lekin quyidagilar kuzatilishi mumkin:

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya.

Allergik reaktsiyalar: toshma, terini qichishishi, teri va/yoki teri osti kletchatkasini shishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qabziyatlarni davolash uchun preparatni buyurish quyidagi umumiy gigienik choralar va dietoterapiyaga qo'shimchadir: o'simlik kletchatkasiga boy ovqat va katta miqdordagi suyuqlik iste'mol qilish, jismoniy faollik va ich kelishining muntazam refleksini tiklanishi.

Preparat saxaroza saqlamasligi tufayli, u qandli diabeti bo'lgan bemorlarga, shuningdek rasionidan glyukozani istisno qilish talab qilinadigan pasientlarga ham buyurilishi mumkin.

Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o'tgan bo'lsa – uni oqava suvlarga yoki ko'chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi!

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni oldindan shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo'llash mumkin.

Qo'llanilishi

 Kattalarda qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

degidratasiya; 

surunkali yurak etishmovchiligi; 

yo'g'on ichakning shilliq qavatini eroziv-yarali shikastlanishlari (yarali kolit, Kron kasalligi); 

ichak tutilishi (shu jumladan spastik, obturasion); 

noma'lum etiologiyali qorin og'riqlari; 

bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Makrogol va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak, chunki makrogol bir vaqtda qabul qilinayotgan dori preparatlarining so'rilishini sekinlashtiradi.

Ta'rifi

 oq rangdan deyarli oq ranggacha bo'lgan kukun.

Dozirovkasi

Ichga, 1-2 paketchadan (ertalab bir marta qabul qilish avzalroq) ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Paketchaning ichidagisi oldindan bir stakan suvda eritiladi. Vaqtinchalik (shu jumladan operativ aralashuvlar yoki sayohat bilan bog'liq bo'lgan) qabziyatlarda preparatni qisqa vaqt qabul qilish tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya (preparatni qabul qilish to'xtatilganidan keyin 24-48 soat davomida o'tib ketadi).

Davolash: vaqtinchalik preparatni bekor qilish. Diareya to'xtaganidan keyin preparatni qabul qilish pastroq dozada davom ettirilishi mumkin.

Xususiyatlar MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10

MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10 savollari

MAKRO DJI poroshok so vkusom apelsina 10g N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil