Agar preparatni qisqa kurslarda, simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojo'ya samaralarni yuz berish xavfini minimumga etkazish mumkin.
Nojo'ya samaralar asosan dozaga bog'liqdir. Quyida sanab o'tilgan nojo'ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg dan oshmaydigan dozalarda qisqa muddat davomida qabul qilinganda aniqlangan. Surunkali holatlarni davolaganda va uzoq muddat qo'llanganda boshqa nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin
Nojo'ya reaktsiyalarni yuz berish tez-tezligini baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (tez-tezligini baholash bo'yicha ma'lumotlar yo'q).
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
· Juda kam hollarda: qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Bunday buzilishlarning birinchi belgilari bo'lib isitma, tomoqda og'riq, og'iz bo'shlig'ida yuza yaralar, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketish va teri osti qon quyilishlari, noma'lum etiologiyali qon ketishlari va noma'lum etiologiyali ko'karishlar hisoblanadi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
· Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – nospesifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, nafas olish yo'llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uni zo'rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe), teri reaktsiyalar (qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullez dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema), allergik rinit, eozinofiliya.
· Juda kam hollarda: yuqori sezuvchanlikning og'ir reaktsiyalari, shu jumladan yuz, til va hiqildoq shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og'ir anafilaktik shok).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
· Tez-tez emas: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, dispepsiya.
· Kam hollarda: diareya, meteorizm, qabziyat, qusish.
· Juda kam hollarda: peptik yaralar, me'da-ichakdan qon ketishi yoki teshilishi, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, gastrit.
· Tez-tezligi noma'lum: kolitni zo'rayishi va Kron kasalligi
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
· Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
· Juda kam hollarda: o'tkir buyrak etishmovchiligi (kompensvasiyalangan va dekompensasiyalangan), ayniqsa qon plazmasida mochevina kontsentrasiyasini oshishi va shishlarni paydo bo'lishi bilan birga uzoq muddat qo'llanganda, papillyar nekroz.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
· Tez-tez emas: bosh og'rig'i.
· Juda kam hollarda: aseptik meningit (autoimmun kasalliklari bo'lgan pasientlarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
· Tez-tezligi noma'lum: yurak etishmovchiligi, periferik shish, uzoq muddat qo'llanganida trombotik asoratlar xavfini oshishi (masalan, miokard infarkti), arterial bosimni oshishi.
Nafas tizimi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar
· Tez-tezligi noma'lum: bronxial astma, bronxospazm, hansirash.
Boshqalar
· Juda kam hollarda: shishlar, shu jumladan periferik shish.
Laboratoriya ko'rsatkichlari
· gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin)
· qon ketish vaqti (oshishi mumkin)
· qon plazmasida glyukozaning kontsentrasiyasi (pasayishi mumkin)
· kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)
· kreatininning plazma kontsentrasiyasi (oshishi mumkin)
· "jigar" transaminazalar faolligi (oshishi mumkin)
Nojo'ya samaralar paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.