×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIGRAFEN KIDDO suspenziyasi 100 mg N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 1
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml preparat butilkada. 

1 butilka tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi va o'lchov qoshiq bilan birga karton qutiga joylangan.

  5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg ibuprofen;

yordamchi moddalar: sukroza, gliserol, natriy metilparaben, natriy propilparaben, limon kislotasi monogidrati, suyuq mevalar xushbo'yi Fls, suyuq yalpiz xushbo'yi, kaliy atsesulfam, sukraloza, suyuq banan xushbo'yi, sorbitol 70%, tozalangan suv, propilenglikol, ksantan saqichi, kremniy dioksid kolloidi, polisorbat -80.

Farmakodinamikasi

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) guruhiga mansub bo'lgan, propion kislotasining hosilasi ibuprofenning ta'sir mexanizmi og'riq, yallig'lanish va gipertermik reaktsiyaning mediatorlari – prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishiga bog'liqdir. Tsiklooksigenaza 1 (sog-1) va tsiklooksigenaza 2 (sog-2) tanlamay bloklaydi, buning oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Bundan tashqari, ibuprofen trombositlar agregasiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi. Og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Og'riq ta'siri yallig'lanish bilan kechuvchi og'riqlarda yaqqol ifodalangan. Preparatning ta'siri 8 soatgacha davom etadi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi - yuqori, me'da-ichak yo'llari (miy) dan tez va deyarli to'liq so'riladi (qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi – 90%). Preparatni och qoringa qabul qilingandan so'ng ibuprofen qon plazmasida 15 minutdan so'ng aniqlanadi, ibuprofenning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Smax) ga 60 minutdan keyin erishiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqtini (Tsmax) 1-2 soatgacha oshirishi mumkin. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat. Bo'g'imlar bo'shlig'iga sekin kiradi, plazmadagiga nisbatan yuqoriroq kontsentrasiyani hosil qilib, sinovial to'qimada tutib qolinadi. So'rilganidan so'ng farmakologik faol bo'lmagan R-shaklining taxminan 60% faol S-shakliga asta-sekin aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali (o'zgarmagan holda ko'pi bilan 1%) va kamroq darajada safro bilan chiqariladi.

Farmakodinamikasi

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) guruhiga mansub bo'lgan, propion kislotasining hosilasi ibuprofenning ta'sir mexanizmi og'riq, yallig'lanish va gipertermik reaktsiyaning mediatorlari – prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishiga bog'liqdir. Tsiklooksigenaza 1 (sog-1) va tsiklooksigenaza 2 (sog-2) tanlamay bloklaydi, buning oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Bundan tashqari, ibuprofen trombositlar agregasiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi. Og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Og'riq ta'siri yallig'lanish bilan kechuvchi og'riqlarda yaqqol ifodalangan. Preparatning ta'siri 8 soatgacha davom etadi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi - yuqori, me'da-ichak yo'llari (miy) dan tez va deyarli to'liq so'riladi (qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi – 90%). Preparatni och qoringa qabul qilingandan so'ng ibuprofen qon plazmasida 15 minutdan so'ng aniqlanadi, ibuprofenning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Smax) ga 60 minutdan keyin erishiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqtini (Tsmax) 1-2 soatgacha oshirishi mumkin. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat. Bo'g'imlar bo'shlig'iga sekin kiradi, plazmadagiga nisbatan yuqoriroq kontsentrasiyani hosil qilib, sinovial to'qimada tutib qolinadi. So'rilganidan so'ng farmakologik faol bo'lmagan R-shaklining taxminan 60% faol S-shakliga asta-sekin aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali (o'zgarmagan holda ko'pi bilan 1%) va kamroq darajada safro bilan chiqariladi.

Agar preparatni qisqa kurslarda, simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojo'ya samaralarni yuz berish xavfini minimumga etkazish mumkin.

Nojo'ya samaralar asosan dozaga bog'liqdir. Quyida sanab o'tilgan nojo'ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg dan oshmaydigan dozalarda qisqa muddat davomida qabul qilinganda aniqlangan. Surunkali holatlarni davolaganda va uzoq muddat qo'llanganda boshqa nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin

Nojo'ya reaktsiyalarni yuz berish tez-tezligini baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (tez-tezligini baholash bo'yicha ma'lumotlar yo'q).

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

· Juda kam hollarda: qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Bunday buzilishlarning birinchi belgilari bo'lib isitma, tomoqda og'riq, og'iz bo'shlig'ida yuza yaralar, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketish va teri osti qon quyilishlari, noma'lum etiologiyali qon ketishlari va noma'lum etiologiyali ko'karishlar hisoblanadi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

· Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – nospesifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, nafas olish yo'llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uni zo'rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe), teri reaktsiyalar (qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullez dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema), allergik rinit, eozinofiliya.

· Juda kam hollarda: yuqori sezuvchanlikning og'ir reaktsiyalari, shu jumladan yuz, til va hiqildoq shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og'ir anafilaktik shok).

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

· Tez-tez emas: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, dispepsiya.

· Kam hollarda: diareya, meteorizm, qabziyat, qusish.

· Juda kam hollarda: peptik yaralar, me'da-ichakdan qon ketishi yoki teshilishi, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, gastrit.

· Tez-tezligi noma'lum: kolitni zo'rayishi va Kron kasalligi

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

· Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

· Juda kam hollarda: o'tkir buyrak etishmovchiligi (kompensvasiyalangan va dekompensasiyalangan), ayniqsa qon plazmasida mochevina kontsentrasiyasini oshishi va shishlarni paydo bo'lishi bilan birga uzoq muddat qo'llanganda, papillyar nekroz.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

· Tez-tez emas: bosh og'rig'i.

· Juda kam hollarda: aseptik meningit (autoimmun kasalliklari bo'lgan pasientlarda).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

· Tez-tezligi noma'lum: yurak etishmovchiligi, periferik shish, uzoq muddat qo'llanganida trombotik asoratlar xavfini oshishi (masalan, miokard infarkti), arterial bosimni oshishi.

Nafas tizimi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

· Tez-tezligi noma'lum: bronxial astma, bronxospazm, hansirash.

Boshqalar

· Juda kam hollarda: shishlar, shu jumladan periferik shish.

Laboratoriya ko'rsatkichlari

· gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin)

· qon ketish vaqti (oshishi mumkin)

· qon plazmasida glyukozaning kontsentrasiyasi (pasayishi mumkin)

· kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)

· kreatininning plazma kontsentrasiyasi (oshishi mumkin)

· "jigar" transaminazalar faolligi (oshishi mumkin)

Nojo'ya samaralar paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Preparatni maksimal ravishda iloji boricha qisqa kurslarda va simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozada qabul qilish tavsiya etiladi.

Uzoq muddatli davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigar hamda buyrakning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Gastropatiya belgilari paydo bo'lganida ezofagogastroduodenoskopiya, qon umumiy tahlilini (gemoglobin miqdorini aniqlash), ahlatda yashirin qon borligi yuzasidan tahlilini o'z ichiga oluvchi sinchkov nazorat ko'rsatilgan. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati tug'ilganida, tekshirishdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak. Davolanish davrida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat tarkibida maltitol bo'lganligi sababli fruktozani o'zlashtiraolmasligi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Migrafen preparatni qandli diabeti bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin, chunki preparat qand saqlamaydi. Bo'yovchilar saqlamaydi.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki buyrakning funktsional holatini yomonlashish xavfi mavjud bo'ladi.

Gipertoniyasi, shu jumladan anamnezida gipertoniyasi va/yoki surunkali yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki preparat organizmda suyuqlikni tutilishini, arterial bosimni oshishini va shishlarni chaqirishi mumkin.

Suvchechak bilan kasallangan pasientlarga NYAQP qo'llash teri va teri osti yog'klechatkasining infektsion-yallig'lanish kasalliklarini (masalan, nekrozga olib keluvchi fassit) og'ir kechuvchi yiringli asoratlarini rivojlanish xavfini oshishi bilan bog'liq mumkin. Shu bois suvchechakda preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi

Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning I-II uch oyliklarida yoki emizish davrida qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Ibuprofen oz miqdorda ko'krak sutiga o'tishi to'g'risida ma'lumotlar bor, bu emizikli bolaning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Transportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ibuprofenni qabul qilganda bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanish yoki ko'rishni buzilishini his etuvchi pasientlar avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishlari lozim.

Migrafen suspenziyasi 3 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda

- o'tkir respirator kasalliklarda (shu jumladan grippda) 

- isitma tushiruvchi vosita sifatida, bolalardagi infektsiyalarda, 

- tana haroratini oshishi bilan kechuvchi boshqa 

- infektsion-yallig'lanish kasalliklarida va 

- emlashdan keyingi reaktsiyalarda simptomatik davolash uchun qo'llanadi.

Preparat kuchsiz va o'rtacha og'irlikdagi og'riq sindromida simptomatik og'riq qoldiruvchi vosita sifatida:

- tish og'rig'i, 

- bosh og'rig'i, 

- migren, 

- nevralgiyalar, 

- quloqlardagi og'riq, 

- tomoqdagi og'riq, 

- pay cho'zilishidagi og'riqlar, 

- mushak og'riqlari, 

- revmatik og'riqlar, 

- bo'g'imlardagi og'riqlarda qo'llanadi.

Preparat og'riqni kamaytirish va qo'llash vaqtidagi yallig'lanishni simptomatik davolash uchun mo'ljallangan, kasallikni rivojlanishga ta'sir qilmaydi.

Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llashga yo'l qo'ymaslik kerak:

· Atsetilsalisil kislotasi: shifokor tomonidan buyurilgan atsetilsalisil kislotasining past dozalari (ko'pi bilan sutkada 75 mg) dan tashqari, chunki birga qo'llash nojo'ya samaralarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo'llanganda ibuprofen atsetilsalisil kislotasining yallig'lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini pasaytiradi (antiagregant vosita sifatida atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda, ibuprofenni qabul qilish boshlangandan keyin o'tkir koronar etishmovchilikni rivojlanish tezligi oshishi mumkin).

· Boshqa NYAQP, shu jumladan sog-2 ning selektiv ingibitorlari: NYAQP guruhiga mansub ikki va undan ortiq preparatlarni bir vaqtda qo'llashdan, nojo'ya samaralarni yuz berish xavfi oshishi mumkinligi tufayli bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak:

· Antikoagulyantlar va trombolitik preparatlar: NYAQP antikoagulyantlarning, xususan, varfarinning va trombolitik preparatlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.

· Gipotenziv vositalar (AAF ingibitorlari va angiotenzia II antagonistlari) va diuretiklar: NYAQP bu guruh preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Diuretiklar va AAF ingibitorlari NYAQP ning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.

· Glyukokortikosteroidlar: miy da yaralarni hosil bo'lish va me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlari xavfi oshadi.

· Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlarini yuz berish xavfi oshadi.

· Yurak glikozidlari: NYAQP va yurak glikozidlarini bir vaqtda buyurilishi yurak etishmovchiligini og'irlashishiga, buyrak kalavalari filtrasiyasi tezligini pasayishiga va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

· Litiy preparatlari: NYAQP ni qo'llash fonida qon plazmasida litiyning kontsentrasiyasini oshish ehtimoli to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

· Metotreksat: NYAQP ni qo'llash fonida qon plazmasida metotreksatatning kontsentrasiyasini oshish ehtimoli to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

· Tsiklosporin: NYAQP va tsiklosporinni bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshadi.

· Mifepriston: NYAQP ni qabul qilishni, mifepriston qabul qilingandan keyin kamida 8-12 kundan so'ng boshlash lozim, chunki NYAQP mifepristonning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

· Takrolimus: NYAQP va takrolimus bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.

· Zidovudin: NYAQP va zidovudinni bir vaqtda qo'llanishi gepatotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofenni birga qo'llab davolangan gemofiliyasi bo'lgan, OITV-musbat pasientlarda gemartroz va gematomalarni yuz berishining yuqori xavfi to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

· Xinolon qatori antibiotiklari: NYAQP va xinolon qatori antibiotiklarini birga qabul qilayotgan pasientlarda tirishishlarni yuz berish xavfi oshishi mumkin.

Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati-3 yil. 

Ochilgan flakonni 6 oy davomida iste'mol qilinishi kerak. 

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

oq yoki deyarli oq rangli siropsimon konsistentsiyali, xushbo'y hidli, suspenziya.
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. 

5 ml suspenziya soderjit 100 mg ibuprofen saqlaydi.

Me'dani yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Preparat dozasini aniq o'lchash uchun qulay bo'lgan dozator (qoshiq) ilova qilinadi. Faqat qisqa muddat qo'llash uchun. Preparatni qabul qilishdan oldin yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing. 

Iste'mol qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating. 

Isitma va og'riq:

Bolalar uchun dozalash bolaning yoshi va tana vazniga bog'liq.

Maksimal sutkalik doza preparatni qabul qilish orasidagi interval 6-8 soat bo'lib, bola tana vazniga 30 mg/kg dan oshmasligi kerak.

3-6 oylik bolalar (bola vazni 5 kg dan 7,6 kg gacha): 24 soat davomida 3 marta 2,5 ml (50 mg) dan, lekin sutkada 7,5 ml (150 mg) dan ortiq emas.

6-12 oylik bolalar (bola vazni 7,7-9 kg): 24 soat davomida 3-4 marta 2,5 ml (50 mg) dan, lekin sutkada 10 ml (200 mg) dan ortiq emas.

1-3 yoshli bolalar (bola vazni 10-16 kg): 24 soat davomida 3 marta 5,0 ml (100 mg) dan, lekin sutkada 15 ml (300 mg) dan ortiq emas.

4-6 yoshli bolalar (bola vazni 17-20 kg): 24 soat davomida 3 marta 7,5 ml (150 mg) dan, lekin sutkada 22,5 ml (450 mg) dan ortiq emas.

7-9 yoshli bolalar (bola vazni 21-30 kg): 24 soat davomida 3 marta 10 ml (200 mg) dan, lekin sutkada 30 ml (600 mg) dan ortiq emas.

10-12 yoshli bolalar (bola vazni 31-40 kg): 24 soat davomida 3 marta 15 ml (300 mg) dan, lekin sutkada 45 ml (900 mg) dan ortiq emas.

Davolash davomiyligi – 3 kundan ortiq emas. Ko'rsatilgan dozani oshirmang.

Agar preparat qabul qilingandan keyin 24 soat davomida (3-5 oylik bolalarda) yoki 3 kun davomida (6 oylik va undan katta bolalarda) simptomlar saqlansa yoki kuchaysa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.

Postimmunizasion isitma:

6 oylikkacha bo'lgan bolalarga: 2,5 ml (50 mg) dan preparat. Zarurati bo'lganida 6 soatdan keyin yana 2,5 ml (50 mg). 24 soat davomida 5 ml (100 mg) dan ortiq qabul qilmang.

Bolalarda dozani oshirib yuborish simptomlari tana vazniga 400 mg/kg dan ortiq dozani qabul qilgandan keyin yuz berishi mumkin. Kattalarda dozani oshirib yuborish simptomlarini dozaga bog'liqligi kamroq namoyon bo'ladi. Doza oshirib yuborilganda preparatni yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatni tashkil etadi.

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq, kamroq hollarda – diareya, quloqni shang'illashi, bosh og'rig'i, me'da-ichakdan qon ketishi. Og'irroq hollarda Markaziy nerv tizimi tomonidan ko'rinishlar: uyquchanlik, kam hollarda - qo'zg'alish, tirishishlar, dezorientasiya, koma kuzatiladi. Og'ir zaharlanish hollarida metabolik asidoz va protrombin vaqtini oshishi, buyrak etishmovchiligi, jigar to'qimasini shikastlanishi, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi va tsianoz rivojlanishi mumkin. Bronxial astmasi bo'lgan pasientlarda bu kasallik zo'rayishi mumkin.

Davolash: nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash sharti, EKG va hayot faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini pasientning holati normallashguniga qadar monitoringini o'tkazish bilan simptomatik bo'lishi kerak. Faollashtirilgan ko'mirni peroral qo'llash yoki ibuprofenning potentsial toksik dozasi qabul qilingandan keyin 1 soatdan so'ng me'dani yuvish tavsiya etiladi. Agar ibuprofen so'rilib bo'lgan bo'lsa, ibuprofenning kislotali hosilasini buyrak orqali chiqarish maqsadida ishqoriy suyuqliklarni ichish, jadallashtirilgan diurez buyurilishi mumkin. Tez-tez kuzatiladigan yoki davomli tirishishlarni diazepam yoki lorazepamni vena ichiga yuborib bartaraf etish kerak. Bronxial astmani kechishi yomonlashganda bronxodilatatorlarni qo'llash tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIGRAFEN KIDDO suspenziyasi 100 mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIGRAFEN KIDDO suspenziyasi 100 mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIGRAFEN KIDDO suspenziyasi 100 mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare (UK) Limited, Великобритания произведено: Patheon Softgels B.V.
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare International Ltd, Великобритания произведено: Reckitt Benckiser Healthcare India Private Limited
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9