NUTRISIT, eritma dlya priema vnutr 30ml

NUTRISIT, eritma dlya priema vnutr 30ml qo'llanmasi
Faol moddalar:
Kuk choy ekstrakti - 2 mg
Tsitikolin natriy 90,0 mg (86,0 mg tsitikolinga ekvivalent)
Yordamchi moddalar: tozalangan suv va boshqalar.
Сhiqarilish shakli:
30 ml PET flakonlarda. 1 flakon qoshiq bilan yoki qoshiqsiz qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Ko'k choy ekstrakti katexolamin, tanin, polifenollar, aminokislotalar, mikroelementlar va vitaminlarni saqlaydi. Сhoy tarkibidagi komponentlar moddalar almashinuviga, diurezga, yurak - tomir va nerv tizimlariga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, tomirlarning tuzilishi va vazifasini yaxshilaydi, shishish, vena va kapillyarlarning yallig'lanishini oldini oladi, qon tomirlarining devorlarini mustahkamlaydi va trombotsitlaring agregatsiya xolatini oldini oladi
Tsitikolin tabiiy birikma bo'lib, bosh miyaning turli tuzilmalariga teng ravishda taqsimlanadi, xujayraning mitoxondriyasiga va tsitoplazmaning membranalariga faol joylashadi.
Antioksidant sifatida, erkin radikallarning ortiqcha shakllanishiga xalaqit beradi, asab hujayralarining umrini sezilarli darajada uzaytiradi.
Engil allergik reaktsiyalar va dispeptik namoyishlar bo'lishi mumkin.
Bu xodisalar yuz berganda yoki xar qanday g'ayrioddiy xissiyotlar kuzatilganda qabul qilish kursi to'xtatiladi va shifokorga murojaat qilinadi.
Preparat faqat tavsiya etilgan dozalarda qo'llash kerak.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslaxatlashiladi.
Ko'k choyning fitobirikmalari tsitikolin bilan jamlamasi, sinergik ta'sir ko'rsatadi, biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi, modda almashinuvi, trofika, nerv tizimining xususiyati, yurak – tomir tizimi va boshqa organlar faoliyatini yaxshilaydi,
Shu munosabat bilan NUTRITSIT quyidagi xolatlarda tavsiya qilinadi:
- Organizm uchun zarur bo'lgan mikronutrientlar va o'simliklaring faol moddalarining qo'shimcha manbai sifatida, ayniqsa ularning tanaga yetarli darajada qabul qilinmagan bo'lsa, xamda ular yuqori talab bo'lgan xolatda adekvat darajada saqlab turish.
- Miyaning metabolik jarayonlarini yaxshilash, qon aylanishini va miya to'qimalarini oziq moddalar va kislorod bilan boyitish. Miyada axborotni saqlash, xarakatlarni muvofiqlashtirish, diqqatni jamlash, yuksak intellektual jarayonlariga moslashish kabi fiziolgik xususiyatlarni mustahkamlaydi.
- Immunitetni mustaxkamlash, qon tomir, nerv tizimlari va butun organizimning barcha noqulay omillariga (stress, charchoq, asab) barqarorligini oshirish, organizmning jismoniy faoliyati va organizmning chidamiyligini oshirish.
- NUTRITSIT qabul qilish jarayonida foydali xolesterin va lipoprotein balansini, qon tomirlarning xolatini va yurak faoliyatini yaxshilashga olib keladi.
Shu bilan birga ovqat xazm qilish va ishtaxani yaxshilash jarayonida ishtirok etadi.
Doriga yuqori sezuvchanlik, xomilador va emizikli ayollar.
Bolalarga 1 oylikdan boshlab 1 ml dan 2 maxal;
12 yoshdan katta bo'lgan bolalar va kattalar kuniga 1-2 maxal 1 choy qoshiqdan ovqatdan oldin yoki ovqat paytida choy, kompot, sok bilan 30-35 kun mobaynida qabul qilinadi. Mutaxassis maslaxati bilan davolash kursini takrorlash mumkin.

